1. Siz O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sud sud`yasi bo'lganingizda 2019
yil 15 may kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan
o'zgartish kiritishni nazarda tutuvchi qonunni O'zbekiston Respublikasining
Respublikasining Konstitutsiyasining tegishli normalarini sharhlash lozim. Bunda
Javob.
Barchamizga ma’lumki, bugun mamlakatimizda olib borilayotgan barcha
ijtimoiy islohotlarning tub negizidagi asosiy g`oya xalq faravonligi va yurt
tinchligini ta`minlashdir. Xalq faravonligi inson huquq va erkinliklarining
kafolatlanishi bilan bevosita bog`liqdir. Albatta, bunday kafolatlar mustaqil
O`zbekistonning 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan birinchi Konstitutsiyasida
mustahkamklab qo`yilgan. Shuning uchun ham, bugun har bir shaxs
konstitutsiyani, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini bilishi muhim hisoblanadi.
Bugun biz o`rganayotgan konstitutsiyaviy huquq fani ham bir qator muhim
masalalarni qamrab olgan. Xususan, shaxsning huquq va erkinliklari masalasi
konstitutsiyaviy huquqning markaziy masalalaridan biridir. Shaxsning huquq va
erkinliklari - shaxsning tabiiy ajralmas huquqi bo'lib shaxs erkinligini ta'minlovchi
asosiy kafolat bo'lib hisoblanadi. Shaxsiy huquq va erkinliklar nafaqat bir
mamlakat fuqarolariga balki shu mamlakat hududidagi barcha fuqarolarga ya'ni
chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga ham tegishlidir.
1
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-bobida shaxsiy huquq va
erkinliklar belgilab qo'yilgan. Jumladan, Respublika hududida bir joydan ikkinchi
joyga ko'chish, O‘zbekiston Respublikasiga kelish va chiqib ketish huquqi.
Aynan inson huquq va erkinliklari bilan bog`liq va konstitutsiyaviy huquq
fanining predmetiga taalluqli bo`lgan bizga berilgan ushbu muammoli vaziyatni
IRAC uslida tahlil qilamiz. Xo’sh, IRAC qanday usul? IRAC – Issues, Rules,
Application, Conclusion ya’ni muammo, qonun, uni tatbiq qilish va xulosa
qismlardan iborat.
Bevosita vaziyatga e’tibor qaratadigan bo`lsak, 2019-yil 1-iyun kuni kechki
soat 21.00 da oilaviy janjal sababli uydan asabiy holda chiqqan T.Vahobov Amir
Temur hiyobonida sayr qilib yurar edi. Unga xotini qo'ng'iroq qilganda telefonda u
bilan baland ovozda janjallashib ketdi. So'ng o'rtog'iga qo'ng'iroq qilib Amir
Temur hiyoboniga kelishini va u bilan gaplashadigan gapi borligini aytdi. O'rtog'i
Husanov O.T. Ko11stitutsiyaviy huquq. Darslik. - Toslikrnt:
H-89 Adolat. 2013.153.b.
R.Mansurov aytgan joyga yetib keldi. Ushbu holatni boshidan kuzatib turgan ichki
ishlar organi xodimi ularni jinoyat sodir etishga moyil shaxslar deb topdi va
ularning yoniga kelib tarqalishlarini buyurdi. T.Vahobov bunga qarshilik ko'rsatdi.
Shunda ichki ishlar organi xodimi tomonidan unga O'zbekiston Respublikasining
Ma'muriy javobgarlik kodeksida ko'rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgani uchun
bayonnoma rasmiylashtirdi. Keyinchalik T.Vahobov O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qildi. Murojaatda 2019-yil 15-mayda qabul
qilingan qonun insonning respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko'chish,
shuningdek erkinlik va shaxsiy daxlsizlik singari konstitutsiyaviy huquqlarini
poymol
etgani
sababli
mazkur
qonunni
O'zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasiga zid deb topishni so'radi. Mazkur kazusda muammo sifatida
quyidagilarni ko`rsatishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: