etishini ko`rsatadi. Regeneratsiya chastotasi gerslarda (Гц) o`lchanadi. Chastota qancha katta
bo`lsa, shuncha ko`p ishlash mumkin va ko`z kam charchaydi. Bu parametr videoadapter
Monitorning ishini maxsus plata boshqarib, uni videoadapter yoki videokarta deb ataydilar.
Birinchi kompyuterlarda videokarta bo`lmagan. Tezkor xotirada ekran uchun xotiradan joy
ajratilib, unga protsessor tasvir haqida ma’lumot kiritgan. Monoxrom monitorlardan rangli
monitorga o`tgandan va ekran imkoniyatlari ortgandan so`ng, grafik ma’lumotlarga
videoxotiradan joy yetmay qoldi, protsessor esa tasvirlarni qayta ishlashga ulgirmadi. Ekranni
boshqarishga taaluqli barcha operatsiyalar alohida bir blokka o`tkazildi – bu videoadapterdir.
Videoadapter alohida plat ko`rinishida bo`lib, sistema plataning ma’lum bir slotiga
o`rnatiladi (hozirgi zamon ShK bu AGP slotidir). Videoadapter videokontrollyor, videoprotsessor
va videoxotira funksiyalarini bajaradi.
ShK lar paydo bo`lgandan boshlab videoadapterlar o`zgarib bordi:
MDA (Monochrom Display Adapter) – monoxrom,
CGA (Color Graphics Adapter) – 4 xil rangli,
EGA (Enchanced Graphics Adapter) – 16 xil rangli,
VGA (Video Graphics Array) – 256 xil rangli,
SVGA (Super VGA) – 16,7 mln. xil ranggacha.
Hozirgi kunda IBM PC kompyuterlari asosan SVGA monitorlari bilan, NOTEBOOK lar esa
suyuqkristalli monitorlar bilan ta’minlangan.
Klaviatura – bu kiritish qurilmasi bo`lib, matnli, raqamli, simvolli ma’lumotlarni hamda
boshqaruv buyruqlarini kiritish uchun xizmat qiladi. Monitor va klaviatura foydalanuvchining
oddiy interfeys kombinatsiyasini ta’minlaydi: klaviatura yordamida kompyuter tizimi
boshqariladi, monitor yordamida esa natijalar olinadi.
Klaviatura ShK ning asosiy standart qurilmasi bo`lgani uchun uning asosiy funksiyalarini
boshqaruvchi maxsus tizim dasturlar (drayverlar) talab qilinmaydi. Klaviatura bilan ishlashga
kerak bo`lgan dasturiy ta’minot doimiy xotiraning mikro sixemasida joylashgan. Shuning uchun
ham, ShK ishga tushirilishi bilan klavish bosilsa tasir etadi. Klaviaturasiz kompyuterda xususan,
operatsion sistemasida ishlab bo`lmaydi. Ular yordamida operatsion sistemaga va uning
boshqaruvi ostida ishlaydigan dasturlarga buyruqlar, shuningdek, bu dasturlarga kerak bo`lgan
ma’lumotlar kiritiladi. Standart ShK larda klaviatura alohida bir konstruktiv blokdir, prototip ShK
larda esa korpusning bir qismidir.
Klaviatura tugmachalar soni va joylashishiga ko`ra turli xil kompyuterlarda har xil bo`lishi
mumkin, lekin ularning vazifasi o`zgarmaydi. IBM PC klaviaturalari ikki xilda ishlab chiqariladi:
101 va 105 klavishli. Hozirgi paytda klaviaturalarning quyidagi turlari ishlab chiqarilmoqda:
Do'stlaringiz bilan baham: