Oqimli printerlar Birinchi oqimli printerlar Hewlett Packard firmasi tomonidan ishlab
chiqarilgan. Oqimli printerlarning ishlash qoidasi matritsali printerlarnikiga o`xshab ketadi, lekin
yozish boshchasida ignalar o`rnida siyoh tomchilarni purkalaydigan maxsus qurilma va siyohdon
joylashgan. Bu printerlar maxsus (rangli va rangsiz) siyohlarni purkash yo`li bilan chop qilganligi
uchun ular oqimli printerlar deb ataladi. Siyohdan alohida joylashgan yoki yozish boshchasiga
o`rnatilgan bo`lishi mumkin. Yozish boshchasida joylashgan siyohdon alohida bir qurilma bo`lib,
u kartridj deb ham ataladi. Uni almashtirish oson. Ko`pchilik zamonaviy oqimli printerlarda
kartridjlar ishlatiladi. Oqimli printerlar shovqinsiz ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |