Issiqlik nurlanishi.
Nurlanish yordamida issiqlik almashinish jism ichki energiyasini elektromagnit
to׳lqinlari orqali tarqalishga asoslangan. Nurlanayotgan jismdan ajralgan elektromagnit to׳lqinlarining
vakuumdagi tezligi nurning tezligiga tengdir
с
м
S
/
10
3
8
⋅
=
. Elektromagnit to׳lqinlari boshqa biror
jismda yutilganida qaytadan molekulalarning issiqlik harakati energiyasiga aylanadi. Issiqlik
nurlanishining to׳lqin uzunligi
5
10
4
700
⋅
÷
nm chegarasida o׳zgaradi. Nurlanish tezligi haroratining
oshishi bilan ko׳payadi. Yuqori haroratlarda (masalan,
C
t
0
600
≥
bo׳lganda) qattiq jismlar va gazlar
o׳rtasidagi issiqlik almashinishida nurlanish yo׳li bilan issiqlikning tarqalishi hal qiluvchi ahamiyatga
ega bo׳ladi.
Agar jismning yuzasiga
H
Q
miqdorida nurlangan issiqlik tushsa, uning faqat bir ulushi
A
Q
jism
tomonidan yutiladi va issiqlik energiyasiga aylanadi, boshqa ulushi
R
Q
jismning yuzasidan qaytariladi,
energiyaning qolgan ulushi
D
Q
esa jism orqali o׳tib ketadi. Demak,
D
R
A
H
Q
Q
Q
Q
+
+
=
(19.19)
yoki
1
=
+
+
H
D
H
R
H
A
Q
Q
Q
Q
Q
Q
(19.20)
(7.20) tenglamadagi birinchi bo׳linma jismning nurlangan issiqlikni yutish qobiliyatini, ikkinchi
bo׳linma qaytarish qobiliyatini, uchinchi bo׳linma esa jismning o׳zidan nurlangan issiqlikni o׳tkazib
yuborish qobiliyatini bildiradi. Agar
D
Q
Q
R
Q
Q
A
Q
Q
H
D
H
R
H
A
=
=
=
,
,
bo׳lsa,
demak, quyidagiga ega bo׳lamiz:
A+R+D=1 (19.21)
A, R va D ning son qiymatlarga ko׳ra, jismlar quyidagi turlarga bo׳linadi:
1) agar
A = 1 (R = D = 0) bo׳lsa, u holda jismga tushayotgan nurlangan energiyaning hammasi yutiladi.
Bunday jism
absolyut qora jism deb ataladi;
2) agar R = 1
(A = D = 0) bo׳lsa, jismga tushayotgan nurlangan energiyaning hammasi qaytariladi.
Bunday jism
absolyut oq jism deb yuritiladi.
3) agar D = 1
(A = R = 0) bo׳lsa, jismning yuzasiga tushayotgan nurlangan energiyaning hammasi
jismdan o׳tib ketadi. Bunday jism
diatermik jism deb ataladi.
Tabiatda absolyut qora yoki absolyut oq, diatermik jismlar yo׳q. A
, R va D o׳rtasidagi bog`liqlik
jismning tabiatiga, yuzasining tuzilishiga va uning haroratiga bog`liq. Odatda qattiq jismlar va
suyuqliklar uchun D
=0 va A+R=1 bo׳ladi. Gazlar esa asosan diatermik jismlar qatoriga kiradi. Real
sharoitda jismlar yuzasiga nur holida tushgan energiyaning bir ulushi yutiladi, yana bir ulushi
qaytariladi, qolgan qismini esa jism o׳zidan o׳tkazib yuboradi. Bunday jismlar odatda
kulrang jismlar
deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |