Microsoft Word àñîñèéòåõ10. doc



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/206
Sana18.08.2021
Hajmi2,15 Mb.
#150277
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   206
Bog'liq
ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYONLAR VA QURILMALAR

Kolonnali ekstraktorlar.
 "Suyuqlik-suyuqlik" sistemasiga mo׳ljallangan kolonnali ekstraktorlar o׳z 
navbatida ikki turga bo׳linadi: 
1) qo׳shimcha energiya berilmaydigan qurilmalar; 
2) tashqaridan qo׳shimcha energiya beriladigan qurilmalar. 
Birinchi turga sochib beruvchi, nasadkali va g`alvirsimon ekstraktorlar, ikkinchi turga esa rotorli, 
pulsasion, vibrasion va boshqa ekstraktorlar kiradi. 
Suyuqlikni sochib beruvchi ekstraktorlar ichi bo׳sh silindrsimon kolonnadan iborat, bunda fazalardan 
bittasi yaxlit oqim bilan, ikkinchi faza esa qarama-qarshi yunalishda mayda tomchilar holatida harakat 
qiladi. Bunday qurilmalar oddiy tuzilishga ega, biroq ularning samaradorligi juda kam. Nasadkali 
ekstraktorlarning tuzilishi absorbsiya va rektifikatsiya uchun ishlatiladigan shunga o׳xshash 
qurilmalardan farq qilmaydi. 
Sanoatda ko׳pincha g`alvirsimon tarelkali ekstraktorlar keng ishlatiladi (28.5-rasm). Bunday ekstraktor 
vertikal silindrsimon qobiq 7 va quyilish moslamalari 3 bo׳lgan g`alvirsimon tarelkalar 2 ga ega. 
Kolonnaning ishlashi quyidagicha boradi. Og`ir faza (OF) shtutser 4 orqali kolonnaga uzluksiz 


 
125
 
 
28.5-rasm. G`alvirsimon ekstraksion kolonna: 
1  —  vertikal  silindrsimon  qobiq; 2 — g`alvirsimon tarelkalar; 3 — quyilish moslamalari; 4, 6 — 
og`ir va yengil fazalar kiradigan shtutserlar;7-og`ir faza chiqadigan shutser; a — fazalarni ajratuvchi 
sath. 
 
beriladi, yaxlit oqim bilan pastga harakat qiladi va shtutser 7 orqali tashqariga chiqadi. Yengil faza (EF) 
uzluksiz ravishda shtutser 6 orqali kolonnadagi pastki tarelka 2 ning ostki qismiga beriladi. Ushbu faza 
tarelkadagi teshiklar orqali o׳tganida mayda tomchilarga ajraladi. Tomchilar yaxlit faza ichida yuqoriga 
harakat qiladi va tarelka zonasiga etganida o׳zaro qo׳shilib, suyuqlik qatlamini hosil qiladi. Bu qatlam 
tirgovich qatlam deb yuritiladi. Bu qatlamdagi suyuqlik tarelkaning teshiklari orqali o׳tib yana tomchilar 
hosil qiladi. Ekstraktorda yaxlit faza bitta tarelkadan ikkinchisiga quyilish moslamalari 3 yordamida 
o׳tadi. 
Shunday qilib, bitta kolonnada ko׳p marotaba suyuqlikning mayda tomchilarga parchalanishi va ular 
qo׳shilib, suyuqlikning tirgovich qatlamini hosil qilishi yuz beradi.eng yuqorigi tarelkadan chiqayotgan 
tomchilar,engil suyuqlik qatlami-ekstrakt (EF) ni hosil qilib, fazalarni ajratuvchi sath a ga ega bo׳ladi va 
qurilmadan shtutser 5 orqali tashqariga chiqariladi. Og`ir faza (rafinat) qurilmaning pastki qismiga 
joylashgan shtutser 7 yordamida tashqariga uzatiladi. 
Tarelka teshiklaridan chiqayotgan tomchilarning tezligiga ko׳ra, tomchi hosil qilishning uch xil rejimi 
bor: 
1) notekis tomchi hosil bo׳lishi (kichik tezliklarda); 
2) bir tekis tomchi hosil bo׳lishi (o׳rtacha tezliklarda); 
3) suyuqlikning kichik oqimlar bilan chiqishi (katta tezliklarda), 
Tajribalarning ko׳rsatishicha, g`alvirsimon tarelkalarning eng samarali ishlashi uchun dispers fazaning 
teshiklardan o׳tish tezligi 0,15-0,30 m/s bo׳lishi kerak ekan. Bunday tezlikda suyuqlikning kichik 
oqimlar hosil qilish rejimi mavjud bo׳ladi. Tarelkalar oralig`idagi masofa 0,25-0,60 m qilib olinishi 
mumkin. Yaxlit fazaning tarelka ustidagi balandligi 0,2 m atrofida bo׳lsa, modda o׳tkazish jarayoni tez 
ketadi. Tarelkadagi teshiklarning diametri odatda 3-6 mm bo׳ladi. 
Agar dastlabki eritma va erituvchi zichliklari oralig`idagi farq 100 kg/m
3
 dan kam va fazalar o׳rtasidagi 
sirt taranglik kuchi katta qiymatga ega bo׳lsa, bunda kontakt yuzasini ancha oshirish uchun tashqaridan 
energiya beriladigan, ya’ni mexanik aralashtirgich bilan jihozlangan ekstraktorlar ishlatiladi. 
Tashqaridan energiya beriladigan ekstraktorlar qatoriga birinchi navbatda rotorli ekstraktorlar kiradi. Bu 
turdagi ekstraktorlarning dastlabki variantlaridan biri Shaybel 


 
126
 
 
28.6-rasm. Shaybel ekstraksiya kolonnasi: 
1— aralashtirish seksiyalari; 2 — tindirish seksiyalari; 3 — aralashtirgichlar

 
kolonnasi hisoblanadi (28.6-rasm). Bu kolonna ketma-ket joylashgan aralashtirish 1 va tindirish 2 
seksiyalaridan tashkil topgan. Aralashtirish seksiyalarida valga biriktirilgan aralashtirgichlar 3 
o׳rnatilgan. Tindirish seksiyalari nasadkalar (masalan, katta katakli qilib to׳qilgan to׳rlar) bilan 
to׳ldiriladi. 
Pulsasiyali ekstraktorlarda ham ikki fazali oqimga qo׳shimcha energiya beriladi. Bunda ekstraktorning 
ichidagi suyuqlikka pulsatorlar yordamida qaytarma-ilgarilama harakat beriladi. Pulsasiya tebranishlari 
ta’sirida oqimning turbulentligi va fazalarning tomchilarga aylanish darajasi ortadi, natijada nasadkali 
va g`alvirsimon tarelkali kolonnalardagi modda o׳tkazish jarayonining samaradorligi ko׳payadi. 
Sanoatda pulsatorlar sifatida porshenli, plunjerli, membranali nasoslar yoki maxsus pnevmatik 
qurilmalar ishlatiladi. 28.7-rasmda pnevmatik pulsasiya tizimi bo׳lgan ekstraksiya qurilmasi 
ko׳rsatilgan. Havo yoki inert gaz kompressor 2 yordamida resiver 5 va zolotnikli tarqatuvchi mexanizm 
3
 orqali ekstarksiya kolonnasining pulsasiya kamerasi 7 ga yuboriladi. To׳g`ri impuls paytida 
kameradagi suyuqlikning sathi pasayadi, natijada kolonnadagi suyuqlikning sathi ko׳tariladi. Teskari 
impuls paytida kamera atmosfera bilan birlashadi, kolonnadagi suyuqlikning sathi esa pasayadi. Bunday 
kolonnada quyilish moslamalariga ehtiyoj qolmaydi, chunki kolonnadagi suyuqlik ustuni ko׳tarilganda 
tarelkadagi teshiklar orqali yengil faza EF o׳tadi, suyuqlik ustuni pastga tushganda esa og`ir faza OF ga 
o׳tadi. 
 
28.7-rasm. Pnevmatik pulsatsiyali ekstraksiya qurilmasi: 
1 — pulsasiya kamerasi; 2 — kompressor; 3 — zolotnikli tarqatuvchi mexanizm; 4 — ekstraktor; 5 — 
resiver. 


 
127
 
  
     Pulsasiyali ekstraktorlarda odatda g`alvirsimon hamda KRIMZ turidagi tarelkalar ishlatiladi. 
G`alvirsimon tarelka teshiklarining diametri 3-5 mm, tarelkadagi hamma teshiklarning yuzasi esa 
kolonna ko׳ndalang kesimi yuzasining 20-25% ini tashkil etadi. Tarelkalar orasidagi masofa 50 mm. 
Pulsasiyali ekstraktorlarning diametri chegaralangan bo׳ladi (eng ko׳pi bilan 600; 800 mm). 
Ekstraktorning samaradorligi pulsator tebranishining chastotasi va amplitudasiga bog`liq. 
Pulsatorlarning ko׳pincha maqbul tebranishlar soni minutiga 200-300 ni tashkil qiladi, bunda amplituda 
1-2 mm ga teng bo׳lishi kerak. 

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish