Zaxiradagi rezerv pulning kamayishi taklif etilgan pulning ko‘payishini bildiradi
va aksincha, uning ko‘payishi pul taklifini qisqartiradi. Odatda kredit resursining 20
foizi zaxirada bo‘lsa, 80 foizi bevosita kredit ishiga ajratiladi, ya’ni sotishga
qo‘yiladi.
Davlat bosh boshqaruvchi sifatida shu nisbatni o‘zgartiradi. U pul rezervini
qisqartirish xisobidan uning kredit sifatida taklifini ko‘paytiradi. Natijada foiz
pasayadi, binobarin kredit arzonlashganidan uni ko‘prog‘ olib, investittsiya uchun
ishlatish qulay bo‘ladi, iqtisodiy o‘sishga asos yaratiladi. Foizning ortishi kredit
kreditni qimmatlashtirib, unga kamroq undaydi, binobarin, investitsiya qisqaradi,
iqtisodiy o‘sish sustlashadi.
Soliqning boshqarishdagi roli sezilarli darajadadir. Chunki, davlat soliq tizimi
orqali iqtisodiyotga ta’sir o‘tkazadi va boshqarish jarayoniga qatnashadi. Soliqlar
xamma mamlakatlarda mavjud bo‘lib, majburiy to‘lov shaklida firmalar, tashkilotlar
va axoli tomonidan faqat davlatga to‘lanadi. Davlat jamiyat f’zolariga, ular kim
bo‘lishidan qat’iy nazar, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadi. Bu xizmatlar jumlasiga:
*mudofa;
*tinchlik va xotirjamlikni, ijtimoiy tartibni ta’minlash;
*obodonchilik va sanitariya-gigena ishlarini bajarish;
*davlatni idora qilish;
*turmush xavfsizligini ta’minlash;
*ekologik muxitni asrash;
*tabiiy boyliklarni ximoya qilish;
*ommaviy savodxonlikni ta’minlash;
*nochorlarga yordam berish, ularni sotsial ximoya qilish kabi ishlar kiradi.
Bularni faqat birgalikda iste’mol etish mumkin, ularni ayrim kishilar sotib
ololmaydi. Bu ishlarga faqat davlat qodir.
338
Shunday qilib, soliqlar davlatning ijtimoiy xizmatlari g‘aqi bo‘lib, uni firmalar,
xar xil kompaniyalar, jamoat tashkilotlari va axoli to‘laydi. Demak, soliqlar tekinga
berilmaydi., ular davlat ko‘rsatgan xizmatlar sarf-xarajatini qoplash uchun to‘lanadi.
Soliqlar boshqarish jarayoniga quyidagi uch vazifani bajarish orqali o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi:
*fiskal vazifa, ya’ni davlat xazinasi (byudjeti)ga pul tushirish;
*iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish;
*axolining ayrim toifalariga imtiyoz berib, ularni sotsial ximoyalash.
Undiriladigan soliq summasining soliq ob’ekti summasi (xajmi)ga nisbatan
xisoblangan miqdori soliq yuki (stavkasi) deyiladi. qat’iy, progressiv, regressiv,
prportsional (mutanosib) soliq stavkalari mavjud. Undiriladigan soliq stavkasining
me’yori bor. Shu sababli uni cheksiz oshirib bo‘lmaydi.
Masalan, optimal variantga muvofiq bo‘lmagan progressiv soliqqa tortish:
*yuqori daromad olishga qiziqishni;
*yuqori su’atdaunum bilan Mehnat qilish;
*ivestitsiyalarga bo‘lgan initilishni yo‘qqa chiqaradi.
Daromadlarni soliqlardan yashirish usullarni izlash yo‘llari muqarrar sura’tda
paydo bo‘lib, bunday vaziyatda ular jamiyatda salbiy baxolanmaydi.
Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, iqtisodiyoti bozorga
yo‘naltirilgan davlatlarda daromadlar xadddan tashqari yuqori progresiv soliqqa
tortilishi bilan kapitallar chet elga chiqib keta boshlaydi.
Soxibqiron Amir Temur o‘z davrida soliq undirishda adolatni talab qilgan,
chunki, uning kelajakka ta’sirini ko‘ra bilagan. Uning yozishicha:
“Raiyatdan (axolidan) mol-xiroj (soliq) yig‘ishda ularni og‘ir avxolga solishdan
saqlanish kerak. Negaki, raiyatni xonavayron qilish davlat xaziniasining
kambag‘allashishiga olib keladi”
6
Xaddan tashqari katta soliq olish soliq tuo‘lovchini og‘ir avxolga soliadi,
natijada u bo‘lg‘usi soliqni to‘lay olmay qoladi. Natijada byudjaetga pul tushishi
qisqaradi.
Iqtisodiyot bir me’yorda rivojlanib borishi uchun soliqlar firma topgan
foydaning 40 foizidan oshmasligi kerak. Aks xolda firma rivojlana olmaydi.
Subsidiya va sanatsiya davlatning iqtisodiyotini boshqarishdagi kuchli
moliyaviy vositalaridan xisoblanadi.
Subsidiyalar:
*iqtisodiyotni diversifikatsiyalash (tartiban o‘zgartirish);
*eksport-import muvozanatlashtirib turish;
novatsiya (yangilikni o‘zlashtirish) ishlarini yo‘lga qo‘yish;
*ayrim xududlarga yordam berish;
*konversiya (xarbiy ishlab chiqarishdan xalqqa kerakli tovar ishlab chiqarishga
o‘tish) maqsadida ajartiladi. ¡ayd qilingan ishlar serxarajat bo‘lganidan subsidiya
xarajatlari butunlay yoki qisman qoplash uchun beriladi. Subsidiya davlatning
moliyaviy yordami bo‘lib, byudjetga qaytarib berilmaydi.
6 Amir Temur tuzuklari. Toshkent, 1991, 98 bet.
339
Subsidiya:
*jaxon bozorida milliy manfaatini ximoya qilish;
*dunyo bozorida narx pasaygan sharoitda tovar ekspertini to‘xtatib turgan
firmalarga madad berish;
*zarur ish bilan shug‘ullanuvchi, lekin yangi, xali moliyaviy zaif firmalarini
qo‘llab-quvvatlash;
*davlat dasturlari va tavsiyalariga binoan ish tutayotgan firmalarni siylash
uchun beriladi.
Davlat tomondan iqtisodiyotni boshqarishning, tratiblashning yana bir muxim
vositasi-bu moliyaviy sanatsiya (sog‘lomlashtirish) dir.
Santsiya-iqtisodiyot uchun ahamiyati katta korxonalarni teng holatidan chiqarib,
ularning normal ishlab turishini ta’minlash xamda korxonalarni ommaviy bakrot
bo‘lishiga yo‘l bermasdan, rag‘obatchi korxonalar soni kerakli me’yorda saqlab
turish maqsadlarida amalga oshiriladi.
anktsiyalash quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
*korxona qarzini kechib yuborish yoki uni o‘zgalar xisobidan to‘lash;
*qarzni to‘lash muddatini kechiktirish;
*qarz uchun beriladigan foizni kamaytirish yoki umuman olmaslik;
*korxonaga soliqdan engillik berish;
*soliqni kreditga aylantirish;
*korxonaga byurtma berib, uning xaqini oldindan to‘lash;
*subsidiya ajratish;
*korxonaga eksport yuzasidan imtiyozlar berish.
Davlatning santsiyadagi ishtiroki ikki shartni xisobga oladi. Birinchi-
korxonaning milliy yoki xududiy iqtisodiyot uchun ahamiyati katta bo‘lishi kerak,
ikkinchi-korxonaning tang axvolga tushib qolishga uning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan
boshqa ob’ekti sabablar bo‘lishi lozim.
Davlatning korxonaga yordami bozor talabiga zid kelmagan tao‘dirdagina unga
qo‘l uriladi. Yomon ishlagan, bozor talabiga moslasha olmasdan moliyaviy
inqirozga yuz tutgan korxonaga davlat yordam bermaydi, chunki bu bozor
qoidalariga zid keladi.
Transfert to‘lovlarining boshqarishdagi ahamiyati kattadir. Chunki, bozor
iqtisodiyotiga o‘tish daromadlarning keskin farqlanishi, axolning turmush darajasi
bo‘yicha tabaqalashuvi bilan birga yuz beradi. Jamiyatning xaddan tashqari boylar va
xaddan tashqari kambag‘allardan iborat qutblarga ajratilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun
davlat daromadlarni qayta taqsimlash vazifasini o‘z zimmasiga olishga majbur
bo‘ladi.
Bunday taksimlash shaxsiy daromadlarni progressiv solikka tortishi va transfert
tulovlari orkali amalga oshiriladi.
Bu to‘lovlar:
xususiy tadbirkorlarga subsidiyalar berish;
davlat qarzlari bo‘yicha foiz to‘lovlari;
ijtimoiy extiyojlarga davlat tomonidan to‘lanadigan pul mablag‘lari ko‘rinishda bo‘lishi
mumkin;
340
Ijtimoiy extiyojlarga ajratilgan transfert to‘lovlarni kam ta’minlangan axoli
guruxlariga, nogironlarga, qariyalar va boquvdagi kishilarga xamda ishsizlarga
nafaqalarni to‘lash ko‘rinishida bo‘ladi.
Transfert to‘lovlarni to‘lashning xam optimal chegaralari mavjud. Gap faqat
ushbu maqsadlar yo‘lida foydalanishi mumkin bo‘lgan byudjet mablag‘larining
mavjudligida emas.
Agar jamiyatda o‘rtaxollar qatlami juda yupqa bo‘lsa, u uncha katta bo‘lmagan
g‘oyat badavlat kishilar guruxiga ajralgan bo‘lsa, salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar
yuz berishi xam muqarrardir. Davlat bunday tabaqalanishga qarshi transfert ko‘rishi
zarurdir.
Ikkinchi tomondan, nafaqalarning axolining ko‘p sonli toifalarga yashash
imkoniyatini beradigan darajada katta miqdorda va xilma-xil bo‘lishi bozor
iqtisodiyotiga xos bo‘lgan Mehnat qilishga undashni barbod etishga, oldingi davlat-
tekischilik taqsimotidan qolib kelayotgan tayyorga ayyorlik psixologiyasini
mustaxkamlab, uni yangi bozor sharoitlariga maslashtirishga qodir.
Shunday qilib, bu o‘rinda xam transfert boshqaruvi amalga oshiralayotgan
konkret sharoitlarni xisobga olgan xolda transfert boshqaruvning optimal varianti
izlash zarur.
Boshqarishning ko‘rib chiqilgan iqtisodiy usullari o‘zaro bog‘liq qismlar
tizimdir. Xo‘jalik mexanizm optimal ishlashi uchun bu qismlarning boshqaruv
ob’ektiga ta’siri doim oshib borishi va faollashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |