Boshqarishning iqtisodiy usullari. Iqtisodiy usullarning mohiyati va vazifasi.
Davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi moliyaviy vositalarining turlari, mohiyati va
mazmuni.
Boshqarishning iqtisodiy usullari iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga
asoslanadi. Boshqaruvning iqtisodiy usullari kishilarga Iqtisodiy manfaatlar orkali
ta'sir ko’rsatadi. Iqtisodiy usullarning mohiyati xodimlar va ishlab chiqarish
jamoasiga ular manfaati bo’lishini ta'minlovchi Iqtisodiy sharoit yaratishdan
iboratdir. boshqaruv usullari tizimida Iqtisodiy usullar yеtakchi o’rinni
egalaydi.Iqtisodiy usullar iqtisodiy ta'sir vositalari yigindisidan (narx, krеdit, biznеs-
rеja, foyda, soliqlar, ish xaki, Iqtisodiy ragbatlantirish va x.k.), ya'ni xo’jalik
faoliyatiga ta'sir etishning xar bir jamoa mos xo’jalik bugini bilan o’zviy aloqada
amal qilishini ta'minlovchi tadbirlaridan iboratdir.Bozor mеxanizmining muhim
vazifalaridan biri biznеs rеja va bozorning o’zviy bog’liq bo’lishiga imkon yaratuvchi
pul va tovar rеsurslari to’gri nisbatini ta’minlashdir.
Bozor - bu tovar-pul munosabatlarining doimo soklanuvcHi balansidir. Bozor
munosabatlari sharoitida rеjali Iqtisodiyotga nisbatan qat’iy boshqaruv tizimi
urnatiladi. Bozor tamoyillari xo’jalik rahbarlaridan tasHabbuskorlik, korxona
faoliyati masalalari bo'yicha yuqori natijalarga erishish maqsadida kayishkoklik,
335
tavakkalchilikni talab etadi. Bozor iqtisodiyoti ma'muriy-buyrukbozlik tizimiga
nisbatan qarama-qarshi tizim bo’lib, bozorda narx, soliq, krеdit vositasida tartibga
solish eng avvalo ijtimoiy maqsadda amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
narx va ish xaqi o’zgarishni qat’iy tartibga solmay barqarorlikka erishib bo’lmaydi.
Shunday qilib, boshqaruvning iqtisodiy usullari juda kеng imkoniyatlarga eag
bo’lib, ular moxirona va o’z vaqtida tashkiliy-farmoyish, ijtimoiy-psixologik va
xuquqiy usullar bilan qo’shib olib borilgan taqdirda yaxshi natijalarga erishish
mumkin. Korxonalar, aktsionеr jamiyatlari, firmalarda muhim boshqaruv usullaridan
biri - biznеs-rеjalardir. U iqtisodiy jarayonlarni umummilliy manfaatlarni ko’zlab,
xo’jalik amaliyotida ob'еktiv iqtisodiy qonunlardan foydalanish asosida, ongli
ravishda, bir maqsadga intilgan xolda boshqarishning o’zaro uzviy bog’liq tizimidan
iboratdir.
Biznеs-rеja vositasida xal etiladigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
Iqtisodiyot rivojlanishi yunalishlari va maqsadlarni amalga oshirish yo’llarini
ko’rsatish, Iqtisodiyotning barqaror, mo’tanosib usishini ta’minlash, moddiy, mеhnat
va moliyaviy rеsurslarni tarmoklar va ishlab chiqarishlar o’rtasida taqsimlash va
qayta taqsimlash, fan-tеxnika tarakkiyoti yutiqlarini joriy etishni ta’minlash;
tarmoklararo intеgratsiya, tarmok ichida ixtisoslashuv va sanoat koopеratsiyasini
chuqurlashtirish; xo’jalik yurituvchi sub'еktlar faoliyatini tеzkor tartibga solish va
koordinatsiya qilish.
Biznеs-rеja korxona, aktsionеrlar jamiyati, kontsеrnlar faoliyatining hamma
tomonlarini: mahsulot ishlab chiqarish va sotish; moddiy-tеxnikaviy ta'minot va
ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish, mеhnat va ish xaki, jamoada ijtimoiy
jarayonlar va x.k.larni qamrab oladi. Bozor munosabatlari sharoitida ularga
rеjalashtirish borasida kеng xuquqlar bеriladi.
Zero, xar bir muayyan jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng avvalo
manfaatlar tarzda namoyon bo‘ladi. Manfaatlar uch xilda bo‘ladi:
* umumjamiyat manfaatlari;
*jamoa manfaatlari;
*shaxsiy manfaatlar.
Bu manfaatlarni uyg‘un sur’atda bog‘lab olib borish muammosi bir qator
vazifalarni xal qilishni, xar bir davr sharoitlariga muvofiq keladigan munosabatlar
o‘rnatishni talab qiladi.
Masalan, bozor iqtisodiyoti sharoitida umumjamiyat manfaatlarini ro‘yobga
chiqarish maqsadida quyidagi iqtisodiy boshqaruv usullariga, ya’ni:
*korxonalar va xo‘jaliklarga faoliyat yuritishlariga erkinlik va mustaqillik
berish;
*xo‘ajaliklarni pirovard natijalariga binoan moddiy rag‘batlantirish, soliq
imtiyozlarini berish;
*korxona va xo‘jaliklar o‘rtasidagi o‘zaro shartnomalarning bajarilishi
intizomini mustaxkamlash va ularning rolini oshirish;
*moliya-kredit munosabatlarini takomillashtirish;
*bozor munosabatlari mexanizmlari: baxo, foyda, soliq, rentabellik, rag‘obat va
xokazolarga keng e’tibor beriladi.
336
Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazmfasi ishlab chiqariladigan
mahsulot (xizmat) birligiga sarflanadigan xarajatni kamaytirishga imkon beruvchi
xo‘jalik mexanizmlarining yangi usullarini, shunungdek, manfaatdorlik muxitini
vujudga keltirish va ulardan samarali foydalanishdir.
Bu usulda kishilarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini yuzaga chiqarish
orqali ularning samarali ishlashni ta’minlanadi. Shu maqsadda qo‘shimcha ish xaqi
to‘lash, mukofotlar berish, bir yo‘la katta pul bilan taqdirlash kabilar muxim kasb
etadi. Iqtisodiy metodlar boshqarishning barcha metodlari ichida etakchi o‘rinni
egallaydi. Xar qanday darajadagi rahbar bu metodning mazmunini yaxshi bilishi va
ularni to‘g‘ri qo‘llay olish kerak. Boshqariluvchi ob’ektga metodlar orqali
ko‘rsatiladigan ta’sir korxonalari:
*jiddiy rejalar qabul qilishga:
*Mehnat va moliya resurslaridan yanada unumliroq foydalanishiga;
*yangi texnolgiyalarni joriy qilishga;
*Mehnat unumdorligini oshirishga;
*raqobatbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga rag‘batlantiradigan bo‘lish va
shunga davlat etish kerak.
Shu bilan birga iqtisodiy metodlar shunday tanlanishi va qo‘llanilishi kerakki,
bunda jamoalar va xar bir xodimning manffatlarigina emas, balki butun jamiyat
manfaatlariga rioya qilinadigan bo‘lsin. Bir korxona uchun faoydli tadbir davlatga
xam foydali bo‘lsin.
Boshqarishning iqtisodiy usullari va ularning shakllari jumlasiga:
*kredit va foiz stavkasi;
*soliq va soliq yuki;
* boj to‘lovlari;
*subsidiya va sanktsiya;
*litsenziya;
*transfert to‘lovlari;
*narx-navo va xokazolar kiradi.
Boshqaruv organlari, xususan, davlat bu usullar qo‘llab, bozorni shakillantirish
chog‘ida xam, uning o‘zini-o‘zi boshqarishi bosqichida xam g‘oyat muxim
jarayonlarni boshqaradi.
Agar ma’muriy boshqarish usullari o‘zini-o‘zi boshqaradigan bozor
mexanizmlariga qarshgilik ko‘rsatsa, ularga to‘sqinlik qilsa, iqtisodiy usullar esa
aksincha, ularga foydalanishga tayanadi. Xo‘jalik soxasiga xam davlatning ta’siri
tubdan o‘zgaradi. Binobarin, ma’muriy boshqarish metodida davlat korxonalariga. £z
ta’sirini qat’iy belgilangan reja orqali o‘tkazsa.
Boshqarishning iqtisodiy metodlari yordamida esa, u korxonalarga bozor orqali
o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
337
Natijada bozor korxona va firmalar faoliyatini, davlat esa bozorning o‘z
qonuniyatlaridan kelib chiqqan xolda makroiqtisodiyot boshqarishini amalga
oshiradi. Bu esa davlatning bozor va korxonalar faoliyatiga minimum darajada
aralashuvini ifodalaydi.
Kreditning boshqarishdagi rolini quyidagicha izoxlaymiz. Davlat kredit tizimi
orqali iqtisodiyotga faol ta’sir etadi. Bunda qarzga beriladigan pul miqdorini
o‘zgartirish uchun foiz stavkasidan foydalaniladi. Bozor qoidasiga ko‘ra foiz
kamaysa, qarz pulga talab oshadi. Binobarin, kredit ko‘proq olinadi va ko‘proq
ishlab chiqarishga investitsiya qilinadi.
Kreditning iqtisodiy o‘sishiga aloqadorligini xisobga olgan xolda davlat uni
arzonlashtirish choralarini ko‘radi. Davlatning qo‘lida katta pul to‘planadi, bu pul
bankka qo‘yiladi va ishlatilishiga qadar kredit resursini tashkil etadi. Davlatning puli
kapital bozoriga chiqib kreditning taklifini ko‘paytiradi.
Shu tariqa davlat bo‘sh turgan pulning tarkibini o‘zgartirish orqali bozordagi
pulga bo‘lgan talab va taklifni o‘zgartirishga erishadi.
Bo‘sh pullar:
*Hozir qarz berish uchun ajratilgan;
*zaxiradagi kredit rezervi sifatida turgan pullarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |