Xodimlarni boshqarishning zamonaviy nazariyasi va amaliyotida, industrial
taraqqiy etgan mamlakatlarning firmalarida bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan 2 xil
yondashuvni ko’rish mumkin (1-jadval).
“Amerikacha” yoki “bozor” yondashuvida xodimlarini boshqarish asosan tashqi
mehnat bozori, iqtisodiyot holati, ma’lum tovarga bo’lgan talab va taklifga qarab
tashkil etiladi. Bu yondashuv ishchi kuchi ortiqchaligi va ishsizlik yuqori bo’lgan,
xukumatning ijtimoiy ta’minot dasturi ishdan bo’shaganlarni himoya qiladigan va
ijtimoiy keskinlikni pasaytiradigan sharoitda vujudga keldi. Bu sharoitda ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida xodimlar bilan ishlash texnologiyasi
doimiy ravishda takomillashtirib borilardi va shunga muvofiq ravishda xodimlarni
boshqarishning tamoyillari ishlab chiqarilardi.
1– jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |