Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 6,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/481
Sana17.08.2021
Hajmi6,17 Mb.
#149911
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   481
Bog'liq
Menejment uzb

Korxonaning maqsad va vazifalari 

Mehnat taqsimoti va 

kooperatsiyasi 

Tashkiliy tuzilma yaratish 

Korxonaning faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash 

Mehnatning buyumli elementlarini tashkil 

etish 

Mehnatning shaxsga oid elementlarini  

tashkil etish 

Xodimlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash 

Tashkiliy             elementlar 

Tuz


il

maviy b


o’

li

nma doir



asida me

h

na



ta

q



sim

oti


 

Mehn


at j

ara


yonl

arini tas

hkil

 e

ti



sh

 

Ish joylar



ini

 tashkil


 e

ti

sh



 

Mehn


atni

 me’


yorla

sh

 



Mehn

at shar


oit

lar


ini

 ya


ra

ti

sh



 

Mehn


at va da

m ol


ish 

 

tar



ti

blar


ini

 ishl


ab c

hiqi


sh

 

Xodiml



arni ta

nlash, 


tayy

or

lash va



 mala

k

asini



 

oshi


rish

 

Mehn



atni

 moddi


y ra

g’

ba



tlantirish

 

Ijtim



oiy

-mehna


 

munos



aba

tl

arini tashkil



 e

ti

sh



 

Mehn


at i

nti


zomi

 

Xodimlarni shakllantirish 




533 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

4-rasm. Korxona faoliyati tizimida xodimlarning mehnat faoliyatini tashkiliy 

jihatdan ta’minlash

36

 

 

Ish o‘rnini oqilona rejalashgirishni ta’minlash uchun quyidagi tamoyillarga rioya 



qilish zarur: 

—  ish  makoni  eng  kichik  bo‘lishi,  lekin  ish  holatlarida  antropometrik 

ko‘rsatkichlarni  hisobga  olgan  holda  barcha  mehnat  harakatlarining  erkin  amalga 

oshirilishi uchun etarli bo‘lishi lozim; 

—  asbob-uskunalarning joylashtirilishi asosiy ish zonasida amalga oshirilishi, 

ularning boshqarish organlari bo‘lsa xodimning qo‘li etadigan doirada bo‘lishi kerak; 

—  xodim  uchun  qulay  ish  holatining  yaratilishi  u  ortiqcha  harakatlardan 

aylanish,  burilish,  egilish  va  qo‘shimcha  charchashni  keltirib  chiqaradigan  ortiqcha 

kuch-g‘ayrat sarflashdan holi bo‘lishi lozim; 

—  barcha  hollarda  ish  holati  gavdaning,  bosh  va  qo‘l-oyoqlarning  qulay 

harakat qilishini ta’minlashi lozim; 

—  ish  zonasining  yaxshi  ko‘zga  tashlanishini,  mehnat  qurollari,  asbob, 

mexanizm va priborlarning yaxshi boshqarilganligiini ta’min etmog‘i darkor; 

—  har  bir  ish  o‘rnining  texnologik  jihatdan  o‘zaro  bog‘liqligini,  mehnat 

buyumlari  orasidagi  masofani  va  ularning  joylashtirilishini  mehnat  vositalari  va 

xodimlar mehnat harakati mazmunini o‘rganish lozim; 

ish  bajariladigan  yuzaning  balandligi  va  xodimning  o‘tirish  balandligi  yoki 

oyoqlar ostidagi tagliklar balandligi (tik turib ishlaganda) muhim ahamiyagga egadir. 

                                                 

36

 Q.H.Abduraxmonov.Mehnat Iqtisodiyoti.Inson Taraqqiyoti.T.:2013 y. 




534 

 

Bu  balandliklar  tartibga  solib  turilishi  kerak,  bu  esa  bo‘yi  turlicha  bo‘lgan 



ishchilarning faoliyati uchun qulaylik tug‘diradi; 

—  ish  o‘rnini,  ish  holatini  va  ishlab  chiqarish  mebelini  shunday  rejalashtirish 

kerakki,  xodimning  ko‘zi  bilan  mehnat  buyumi  o‘rtasidaga  fiziologik  jihatdan 

maqbul bo‘lgan masofa alohida aniq bajariladigan ishlarda — 25 sm, aniq ishlarda — 

25-35  sm;  ko‘rish  idrokiga  unchalik  yuqori  talablar  qo‘yilmaydigan  ishlar  guruhida 

35-50  sm,  ish  bajarishda  ko‘rish  fokusi  ikkinchi  darajali  ahamiyatga  ega  bo‘lgan 

ishlar sohasida 50 sm dan ortiq bo‘lishi muhimdir. 

Ish o‘rinlariga xizmat ko‘rsatish ishlab chiqarish sharoitlarida mehnatni tashkil 

etishning  juda  muhim  elementi  hisoblanadi.  U  ish  o‘rinlarini  mehnat  vositalari, 

buyumlari  bilan  ta’minlash  va  ishlab  chikarish  xususiyatiga  ega  bo‘lgan  turli 

xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha butun bir tadbirlar tizimini qamrab oladi. 

Xizmat  ko‘rsatish  tizimi  —  bu  asosiy  ishchilarning  ish  o‘rinlarini  uzoq  vaqt 

mobaynida — bir smenadan tortib to bir haftagacha, hatto bir yilgacha yuqori unumli, 

bir maromda ishlash uchun zarur bo‘lgan barcha kerakli narsalar bilan ta’minlaydigan 

yordamchi  ishlarni  bajarish  sohasidagi  butun  bir  tadbirlar  majmuidir.  Rivojlangan 

yirik  va  yaxshi  tashkil  etilgan  ishlab  chiqarishda  xizmat  ko‘rsatishning  10  ta 

funksiyasi mavjuddir: 

1.  Ishlab  chiqarish  —  tayyorlash  funksiyasn.  Unga  ishlarni  ish  o‘rinlari 

bo‘yicha taqsimlash, xom ashyo va materiallarni butlash, texnik va iqtisodiy hujjatlar 

bilan  (chizmalar,  sxemalar,  naryad-toshpiriqlar  va  shu  kabilar)  bilan  ta’minlash, 

shuningdek  turli  yordamchi  materiallar  ishlab  chiqarish  kiradi.  Asosiy  ishlab 

chiqarishning muvaffaqiyati ham ko‘p jihatdan yaxshi tayyorlashga bog‘liqdir. 

2. Asboblar  funksiyasn.  Uning  vazifasi  —  asosiy  ishlab  chiqarishni  asbob  va 

moslamalar bilan ta’minlashdir. 

3.  Sozlash  funksiyasi.  Ishlatiladigan  asbob-uskunalar  qanchalik  murakkab 

bo‘lsa,  sozlash  funksiyasining  roli  shunchalik  ko‘proq  seziladi.  Dastlabki  sozlash, 

yashi  yoki  tuzatilgan  jihozni  o‘rnatshn,  moslash,  to‘g‘rilash,  ishlashini  nazorat 

qilishdan iborat.  

4.  Energetnk  funksiya.  Tsexlar,  uchastkalar  va  ish  o‘rinlarini  energiya  bilan 

ta’minlash  borasida  energetika  qurilmalari  va  moslamalalari  bilan  ta’minlashda 

xizmat ko‘rsatishdir. 

5. Ta’mirlash  funksiyasi.  Asbob-uskunalarni  joriy  ta’mirdan  chikarish  va 

profilaktik  xizmat  ko‘rsatishdan,  shuningdek  tayyor  holda  olinmaydigan  ehtiyot 

qismlarni tayyorlash yoki tiklashdan iborat. 

6. Nazorat  funksiyasi. Mahsulot  yoki  ishlar  sifatini  muntazam  ravishda  nazorat 

qilib  borishni,  shuningdek  chetdan  olinadigan  xom  ashyo,  materiallar  va  chala 

mahsulotlar  yoki  butlovchi  buyumlarni  qabul  qilish,  sinab  ko‘rish  va  tahlil  etishni 

ta’minlaydi.  Uning  muhim  vazifasi  hisobga  olish,  tahlil  etish  mahsulotning 

yaroqsizligi oldini olishdir. 

7. Transport  funksiyasn.  Uning  asosiy  vazifasi  —  xomashyo,  material,  yarim 

mahsulotlar  va  butlovchi  buyumlarni  ish  o‘rinlariga  etkazib  berish,  mehnat 

buyumlarini ish o‘rinlari, uchastkalar va tsexlar o‘rtasida tashish, tayyor mahsulotni 

ombor  yoki  iste’molchilarga  etkazish,  shuningdek  ishlab  chiqarish  chiqindilarini 



535 

 

tashishdir.  Bundan  tashqari,  transport  funksiyasiga  ortish-tushirish  ishlari  va 



omborlardagi ishlar ham kiradi. 

8. Ta’mirlash-qurilish  funksiyasi.  Uning  vazifasiga  binolar,  inshootlarni  ishchi 

holatida  saklash,  ularni  joriy  va  ba’zi  hollarda  esa  o‘rtacha  ta’mirlashni  amalga 

oshirish,  avariyalar  va  tabiiy  ofatlar  oqibatlarini  tugatish,  mayda  yordamchi 

inshootlarni qurish, yo‘llar va kirish yo‘laklarini ta’mirlash kiradi. 

9. Xo‘jalik-maishiy  funksiya.  Ishlab  chiqarish  va  maishiy  binolarda  tozalik  va 

tartibni  saklashga  xizmat  qiladi,  ishlovchilarni  ichimlik  suvi,  maxsus  ovqat  (sut, 

kaloriyali  nonushta,  sharbatlar)  bilan,  shuningdek  ishlab  chikarishdagi  maishiy 

xizmatning barcha turlari bilan ta’minlaydi. 

10. Ombor funksiyasi. Agar korxonada yuklar oqimi katta bo‘lsa, murakkab va 

keng tarmokli ombor xo‘jaligi mavjud bo‘lsa, transport funksiyasidan ajralib chiqadi. 

Xizmat  ko‘rsatishni  boshqarish  markazlashgan  va  markazlashmagan  usullar 

bilan  amalga  oshirilishi  mumkin.  Bundan  tashqari,  iqgisodiy  jihatdan  qulayroq 

bo‘lgan  ko‘pgina  korxonalarda  ish  o‘rinlariga  xizmat  ko‘rsatishning  aralash  usuli 

qo‘llanadi,  bunda  eng  muhim  va  murakkabroq  funksiyalar  markazlashgan  holda 

(masalan,  asbob-uskunalarni  sozlash  va  profilakgika  ishlari),  boshqalari  — 

markazlashmagan  holda  tsexlar  va  uchastkalarning  o‘z  kuchlari  bilan  amalga 

oshiriladi. 

Ikkinchi  tomondan,  yordamchi  ishchilar  o‘zlari  asosiy  mahsulotni  ishlab 

chiqarmasligini,  lekin  butun  mahsulot  barcha  ishchilarga  taqsimlanishini  ham 

etiborga  olish  kerak.  Asosiy  va  yordamchi  ishchilar  soni  nisbatlariga  doir  biron  bir 

standart  yoki  yagona  normativlar  yo‘q:  bu  nisbatlar  miqdori  muayyan  ishlab 

chiqarish sharoitlariga bog‘likdir. Faqat shunday umumiy qonuniyatnigina qayd etib 

o‘tish  mumkin:  xizmat  ko‘rsatish  funksiyalari  kanchalik  murakkab  va  xilma-xil 

bo‘lsa, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni asosiy ishchilarga nisbatai shunchalik ko‘p 

bo‘ladi va aksincha. 




Download 6,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   481




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish