Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 6,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/481
Sana17.08.2021
Hajmi6,17 Mb.
#149911
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   481
Bog'liq
Menejment uzb

Masofadan  turib  ishlash.  “Ivi  Gelb  SCAN  Health  Plan”  kompaniyasida 

menejer bo’lib ishlayotganligida, o’z ishiga borib kelish uchun ertalab va kechqurun 

jami 1,5 soat vaqt sarflar edi. Hozirda esa, u o’z garajini ofisga aylantirib oldi va endi 

masofadan turib ishlamoqda. U kompaniya ofisiga borishiga to’g’ri kelgan kunlarda, 

u  o’z  joyini  o’ziga  bo’ysunuvchi,  o’zgaruvchan  vaqt  asosida  ishlovchi  3  ta  xodimi 

bilan  bo’lishadi.  Texnologiya  bugungi  kunda  masofadan  turib  ishlashga  imkon 

bermoqda va tashqi ta’sirlar tufayli ko’pgina tashkilotlar bunga majbur bo’lmoqdalar. 

Masofadan turib ishlash – bu ishchining o’z uyidan turib, ish joyiga kompyuter orqali 

bog’lanib  ishlashidir.  Garchi  barcha  ishlarni  bu  shaklda  tashkil  qilishning  iloji 

bo’lmasada, ko’pgina ishlarni bu tarzda tashkil qilish mumkindir. 

Masofadan  turib  ishlash  ko’pchilik  ishchilar  uchun  o’ziga  xos  sovg’a  bo’lishi 

mumkin,  ammo  bunday  ish  hammaga  ham  taklif  qilinavermaydi.  Hozirda  esa, 

ko’pchilik  kompaniyalar  uchun  masofadan  turib  ishlash  biznes  uchun  ehtiyojdir. 

Masalan,  SCAN  Health  Plan  kompaniyasida,kompaniyaning  bosh  hisobchisi 

aytishiga  qaraganda,  qo’shimcha  ishchilarni  masofadan  turib  ishlash  asosida  ishga 

olish  ko’shimcha  o’zgarmas  xarajatlar  (qo’shimcha  ofis  xonalari,  jihozlar)  paydo 

bo’lishining oldini oldi. Qo’shimchasiga, bu qimmat yoqilg’i xarajatlaridan qochish 

va ko’proq erkinlik xohlovchi iqtidorli ishchilarni jalb qilish imkonini berdi. 

Buning  ochiqchasiga  qo’llanilishiga  qaramasdan,  ko’pchilik  menejerlar 

ishchilarning 

noutbuklarga 

bog’lanib 

qolishlariga 

qarshidirlar.Ularning 

ta’kidlashicha,  ishchilar  ko’proq  vaqtini  internetni  titkilash  yoki  onlayn  o’yinlar 

o’ynash bilan o’tkazib yuboradilar. Natijada esa, ular o’z mijozlari va ish joylaridan 

uzoqlashib  boradilar.  Buning  ustiga,  menejerlarning  o’zida  bunday  ishchilarni 

nazorat  qilish  uchun  aniq  javob  yo’qdir.Qanday  qilib  ishchi  bilan  yuzma-yuz 

uchrashmasdan  turib  uning  ishonchini  qozonish  mumkin?  Agar  ish  rejalari  o’z 

vaqtida  bajarilmasa  nima  bo’ladi?  Qanday  qilib  ularga  ishni  yaxshilash  uchun 

maslahatlar bera olasiz? Yana bir muammo esa kompaniyaning sirlari ishchilar uydan 

turib ishlayotganda ham sirligicha. 

Ishchilarni  o’ylantiradigan  asosiy  jihat  esa,  ishdan  chetda  qolib  ketishdir.  O’z 

ishchilarini  dunyoning  turli  burchaklarida  joylashtirgan  Accenture  kompaniyasi 

kadrlar bo’limi boshlig’ining ta’kidlashicha, bunday sharoitda jamoaviy ruhni ushlab 

turish  juda  qiyindir.  Shunga  qaramasdan,  kompaniya  ishchilarning  mazkur 




437 

 

kompaniyaga  tegishli  ekanligi  hissini  saqlab  qolish  uchun  turli  xil  dasturlar  ishlab 



chiqmoqda. Bundan tashqari, endilikda masofadan turib ishlovchi ishchilar uchun uy 

va ish o’rtasidagi masofa noaniqdek ko’rinishi va bu ularni asabiylashtirishi mumkin. 

Menejerlar masofadan turib ishlovchi ish o’rinlarini taklif qilayotganida aynan mana 

shu narsalarni inobatga olishlari kerak. 

Xo’sh,  agar  tashkilot  o’z  ishchilarini  masofadan  turib  ishlashga  undamoqchi 

bo’lsa,  buning  uchun  qanday  choralar  qabul  qilishi  kerak?  Eng  avvalo,  ular 

ishchilarni  masofadan  turib  ishlashga  ko’ndirishlari  kerak.  Masalan,  SCAN  Health 

Plan  kompaniyasi  ishchilarning  uylarida 

yuqori  tezlikda  ishlovchi  internet  va  bepul 

ofis  mebellarini  taklif  qilishdi.  Boshqa 

ishchilarga  esa  ularning  yoqilg’i  va 

tushlikdan  pul  tejab  qolishlari  mumkinligi 

eslatib  o’tildi.  Yana  ba’zi  kompaniyalar 

ularning  yo’l  uchun  yoqilg’i  sarflamasligi 

ekologiya  uchun  foydali  ekanligiga  urg’u 

bermoqdalar.  Ishchilarni  boshqarish  esa 

ularni o’z ish joylariga bog’langan ekanligini 

tushuntrish bilan bog’liqdir. 




Download 6,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   481




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish