4-bob. Farmatsevtika faoliyati
15-modda. Farmatsevtika faoliyatining yo‘nalishlari
Farmatsevtika faoliyatining yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot
ishlari;
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish;
dori vositalarining va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qilish;
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish;
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish;
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash;
dorivor o‘simlik xom ashyosini qadoqlash va ulgurji realizatsiya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |