16
-
Mavzu: DAVOLASH-KOSMETIK VA VETERINARIYA
AMALIYOTIDA QO‘LLANILADIGAN DORI VOSITALARI
Reja:
1. Kosmetologiyaning asosiy vazifalari.
2. Kosmetik preparatlar tasnifi.
3. Kosmetik vositalarga qo‘yilgan talablar
4. Veterinariya amaliyotida qo‘llaniladigan dorilar ta’rifi, tasnifi
5. Veterinariyada ishlatiladigan dori turlarini o‘ziga xosligi.
Kosmetologiya – Sog‘liqni saqlash tizimini bir qismi bo‘lib, u odamning
sog‘lig‘i
va
chiroyini
mustaxkamlash
kabi
masalalarga
qaratilgan.
Kosmetologiyaning asosiy vazifasi – teri parvarishi va bu azaldan ko‘p asrlar oldin
ma’lum bo‘lgan.
O‘sha vaqtlarda kosmetik vositalari, tabiiy bo‘yoqlardan foydalanilgan.
Birinchi kosmetika haqida ma’lumotlar Ebers papirusida keltirilgan.
Kosmetologiya vositalarini tayyorlash, ishlatish bo‘yicha grek va misrlilar
tomonidan ko‘p adabiyot ma’nbalarini topish mumkin. Kosmetologiya fani deyarli
xali yosh ilmiy fan.
Kosmetologiya biologiya, anatomiya, fiziologiya, farmakologiya, gigiena
fanlariga asoslanib har xil kosmetik nuqsonlarni bartaraf etish usuli va vositalarni
o‘rgatadi.
Kosmetologiya – dermatologiya, genetika va geriatriyalar bilan ham
chambarchas bog‘liq.
Kosmetologiyaning asosiy vazifasi – kosmetik nuqsonlarni (masalan dog‘lar,
sepkil, xusnbuzar) bartaraf etish, maskirovka qilish va oldini olish usullarini
mexanizmini o‘rganishdir.
Bugungi kunda kosmetologiyani turlari ko‘p, bolalar, erkaklar va sanoatlarga
bo‘linadi. YUqori malakali mutaxassis texnolog-kosmetologlar kerak.
SHu sababdan farmatsevtika institutlarida sanoat farmatsiya fakulteti
yo‘nalishi
ochilib
unda
kosmetik
yo‘nalish
bo‘yicha
mutaxassislar
tayyorlanmoqda.
Kosmetik preparatlar tasnifi
1. Gigienaga oid (profilaktika uchun).
1. Teri parvarishi uchun yumshatish, himoyalash va oziqlantirish,
dezinfeksiya, qon to‘xtatish.
130
2. Og‘iz bo‘shlig‘i parvarishi
3. Soch parvarishi
4. Tirnoq parvarishi
5. Havoni tozalash, vannani hushbo‘y qilish
2. SHifobaxsh
1935 y eng keng tarqaldi. Seboreya, yallig‘lanish, yog‘ va ter bezlarni ishi
buzilishi kuzatiladi. Maxsus kosmetika ishlatiladi.
1. Teri uchun (dog‘, sepkil, qorayish, xusnbuzar, qizil dog‘lar, terlash)
2. Soch uchun kremlar, seboreyaga qarshi suyuqlik, qazg‘oq va soch
to‘kilishiga qarshi vositalar.
3. Dekorativ kosmetika
Bezash, tashqi qiyofasini o‘zgartirish (grim, rangli kosmetika) Ular 2 xil
bo‘ladi:
1. Har kungi grim, har xil nuqsonlarni berkitish
2. Teatrga oid grim.
Terining tuzilishi, turlari va faoliyati
Bugungi kunda oftob kometikasi, estetik kosmetika (jarroxlikka yaqin) yuz
to‘qimalarini yaxshilash va ayniqsa fitokosmetika tabiiy moddalarni ishlatish va
erkaklar kosmetikasi rivojlanmoqda.
Teri — bu odamning yashash sharoitidagi gomeostazni saqlab turuvchi eng
muhim a’zo. Teri ichki a’zolar, endokrin va asab sistemalarning faoliyatini
ko‘rsatib turadi.
Rasm- 3. Terining umumiy tuzilishi
1-epidermis; 2-derma; 3-gipoderma.
Agar organizmda ozgina o‘zgarishlar sodir bo‘lsa, albatta u terida o‘z
ifodasini topadi. Teri ichki a’zolar patologiyasi haqida signal beradi. Masalan,
gastrit kasalligida oshqozoning kislotali sharoiti pasaygan bo‘lsa yoki jigar
kasalliklarida qon tomirlar kengayadi; surunkali ich qotganda (zaporda) terida
toshma paydo bo‘ladi; asab sistemasi kasalliklarida terining yog‘ chiqarish
faoliyati kuchayadi, qora nuqtalar — kamedon, husnbuzarlar toshadi. Diabet,
buqoq kasalliklarida teri o‘zgaradi — qurib, bo‘shashib, osilib qoladi (distrofik
o‘zgarishlar paydo bo‘ladi).
YUz terisi esa odamning emotsional holatini, uning aql-idrokini ifodalab,
131
o‘ziga xosligini ko‘rsatadi. Terining og‘irligi odam umumiy vaznining 7% ini
tashkil qiladi. Bu esa o‘rtacha 4 kg deganidir. Demak, teri eng katta a’zo
hisoblanadi, uning sathi esa 1,5-2 m
2
, qalinligi 4 mm ni tashkil qiladi.
Tuzilishi bo‘yicha teri 3 qavatdan iborat: epidermis, derma va teriosti
kletchatka. Terining ustki qavati emulsion parda bilan qoplanib, uning qalinligi 7-
10 mkm bo‘ladi, asosan teri orqali chiqqan mahsulotlardan iborat.
Epidermis ko‘p qavatli, bir necha xil hujayralardan iborat: mug‘uz (shox),
yaltiroq, donador, tikansimon, bazal qavatlar. Epidermisning umumiy massasi
katta odamlarda 0,5 kg ni tashkil qiladi. Uning tashqi tomonida har xil chiziqlar,
ajinlar, bo‘rtib turgan joylar bo‘lib, ular har odamda o‘ziga xos va boshqalarda
takrorlanmaydi (hatto egizaklarda ham). Epidermisning qalinligi 0,15 mm, lekin
eng qalin joy — bu kaft va tovonda bo‘ladi (qalinligi 1,5 mm).
Eng pasti epidermisning bazal qavatida doimo yangi hujayralar hosil bo‘ladi.
Immun hujayralarda yangi hujayra hosil qiluvchi embrion qavati mavjud. 28 kun
davomida yosh hujayralar ustki qavatga o‘tadi, ular o‘z yadrosini yo‘qotadi va
yassi (o‘lik, qurigan keratin ) bo‘lib qoladi. Ustki qavati — muguz qavatini hosil
qiladi. Epidermis qavati ozuqani derma qavati bilan o‘zaro chalkashuv natijasida
oladi. Vaqt o‘tishi bilan chalkashuv o‘z kuchini yo‘qotadi. SHuning uchun terini
tashqaridan oziqlanishi kerak. Bu esa kosmetologiyaning asosiy vazifasi.
Epidermisning o‘zi 5 qavatdan iborat:
1. Boshlang‘ich, uning hujayralarida melanin pigmenti hosil bo‘ladi, u
qancha ko‘p bo‘lsa, terining rangi shuncha qora bo‘ladi;
2. tikansimon qavat;
3. donador qavat — hujayralarida oqsil moddasi saqlanadi;
4. tiniq qavat;
5. mug‘uz (shox qavati)
Donador qavat deb atalishining sababi, uning hujayralarida keratolinin
moddalari donachalar shaklida bo‘ladi. YAltiroq qavatda maxsus oqsil modda
bo‘lib, uning nur sindirish xususiyati kuchli. SHu sababli ham bu qavatga ana
shunday nom berilgan. Mug‘uz qavat tashqi muhit bilan aloqador va terini barcha
nobop ta’sirlardan, ya’ni yomg‘ir, oftob, shamol, sovuq, chang va mikroblardan
himoya qiladi. SHuningdek, urib olish, mexanik, fizik, kimyoviy ta’sirlardan ham
asrab, epidermis orqali suv, elektrolitlarning so‘rilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Derma — u epidermis qavati ostida joylashgan bo‘lib, elastik to‘qima —
kollagendan tashkil topgan. Dermada qon tomirlari, nervlar, soch va tirnoq ildizlari
joylashgan. Qalinligi 2 mm.
Kollagen yosh sog‘lom terida bir-biriga parallel joylashgan bog‘lamlarni
hosil qiladi. SHuning uchun yoshlarda teri qayishqoq va tarang. Kollagen tugunlari
prujinali matratsni eslatadi.
Terining uchinchi qavati — teri osti yog‘ qatlami — gipoderma deyiladi. Bu
- eng chuqur qatlam bo‘lib, ichki a’zolar va to‘qimalarni harorat o‘zgarishi hamda
mexanik ta’sirlardan himoya qiladi. Bu qatlam energiya manbai bo‘lib, terining
harakatlanuvchanligini ta’minlaydi.
Sog‘lom terida 70% suv bor, teri orqali 1 litrgacha ter chiqadi, lekin havo
harorati yuqori bo‘lganda va qattiq ishlanganda bu ko‘rsatkich 10 litrgacha ham
132
borishi mumkin.
Terida yog‘ va ter ishlab chiqaradigan bezlar, nerv tolalari, mayda qon
tomirlari ko‘p. YOg‘ bezlari yog‘ ishlab chiqarib, terini qurib qolishdan asraydi.
Bu bezlar sutkasiga 20 ggacha yog‘ ishlab chiqarishi mumkin. YAna ham
ishonchli dalil keltiradigan bo‘lsak, terini katta bir tekislik deb faraz qilinsa, unda 6
metr qon tomirlari, mindan ortiq nerv tolalari, 645 ta ter va 75 ta yog‘ bezlari, 65 ta
soch qoplari topiladi.
Terida minglab nuqtalar bor, ular og‘riq, sovuq, issiq, bosimga
hozirjavobdir. SHuning uchun terini tana barometri deyishadi. Teri hoziroq har xil
ichki va tashqi voqealarga javob beradi. Masalan, jigar, o‘t pufagi kasalliklarida
teri sariq rangga kiradi. Skarlatina, qizamiq, qizilcha bilan kasallanganda toshma
toshadi. Modda almashinuvi buzilsa, terining holati va rangi o‘zgaradi —
furunkulyoz paydo bo‘ladi. Anemiyada teri oppoq, qonsiz tusga kiradi.
Terining o‘zi ham yupqa himoyalovchi qavat kislotali parda bilan
qoplangan, u terini mayda yot moddalar, kasal chaqiruvchi bakteriyalar, kimyoviy
moddalar va atmosferadagi o‘zgarishlar ta’siridan himoyalaydi.
Kislotali parda — bu yupqa yog‘ suv emulsiyasining pardasi. Suvli fazada
aminokislotalar, mochevina, elektrolitlar saqlaydi. YOg‘li lipid fazada esa
fosfolipidlar, moy kislotalari, efir birikmalarini saqlovchi yoki erkin holdagi
steroidlar bor.
Suvli yog‘li emulsiya teri qurib ketishining oldini oladi, chunki rNi 4,6-6,5
ga teng bo‘lgan kislotali bufer eritma hosil bo‘ladi. Sog‘lom teri mikroblarni
barataraf qiluvchi maxsus himoyalovchi moddalar ishlab chiqaradi.
Agar teri usti tilinsa yoki timdalansa, mikroblar ichiga kirib qolishi mumkin,
shunda organizm ichga kirgan infeksiya bilan kurashadi. Bu esa murakkab jarayon
bo‘lib, himoyalovchi moddalar — antitelalar ishlab chiqaradi. Demak, infeksiyaga
qarshi kurash jarayonida teri faol ishtirok etadi va bu teri xossasining “ichiga
bo‘lgan himoya” deb ataladi.
Terining moddalar chiqaruvchi xususiyatlari ham ter va yog‘ ishlab
chiqaruvchi bezlar yordamida vujudga keladi. Teri orqali chiqadigan terda 98%
suv, 1% erigan natriy xlorid tuzi va 1% organik moddalar: mochevina, siydik
kislotasi, ammiak bor. Ter bilan 10 g azot, 60 g oqsil, 40 g gacha osh tuzi chiqishi
mumkin. Ter tarkibidagi suv qondan o‘tadi, to‘qimalardagi suv kamayganda og‘iz
quriydi va odam qattiq cho‘llaydi, yog‘ bezlari orqali yog‘ chiqadi va uning
tarkibida xolesterin, oqsil, moy kislotasi, tuzlar va ekstraktiv moddalar mavjud.
Teri orqali 2% SO
2
chiqadi va kislorodning faqat 1% igina teri orqali o‘tadi.
Terida issiqlik almashinuvi 3 xil namoyon bo‘ladi: issiqdan sovuqqa, issiq
chiqarish va bug‘lanish. Terining tomirlaridan qancha ko‘p qon o‘tib aylansa,
uning harorati shuncha baland bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |