So’z boshi


YAngi tug‘ilgan chaqaloqlarga  mo‘ljallangan dorilar ta’rifi



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/178
Sana17.08.2021
Hajmi2,85 Mb.
#149641
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   178
Bog'liq
dvst

YAngi tug‘ilgan chaqaloqlarga  mo‘ljallangan dorilar ta’rifi, 
ularga  ko‘yilgan talablar. 
         YAngi  tug‘ilgan  chaqaloqlarning  va  katta  odamlarning  farmakoterapiyasi 
ancha farqlanadi.  Bu  farq yangi  tug‘ilgan  chaqaloqlar organizmi  anatomik, 
fiziologik, biokimeviy reaksiyalar kechishi tomonidan o‘ziga xosligiga bog‘liq va 
bu yoshdagi bolalarga dorilarni tayyorlash alohida e’tiborni talab etadi. 
     YAngi  tug‘ilgan  chaqaloqlar organizmining deyarli  barcha  tizimlari  etarli 
rivojlanmaganligi  uchun  dori  moddalarga  bo‘lgan  reaksiyalar  ayrim  xolatlarda 
keskin o‘zgarish mumkin (kutilmagan darajada). 
     YAngi  tug‘ilgan  chaqaloqlar  organizmning  anatomik  va  fiziologik  tomondan 
o‘ziga  xos  taraflari   dorilar  farmakokinetikasiga (so‘rilish,  metabolizm,  tarqalish 


127 
 
va eliminatsiya jarayonlariga ) sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 
       YAngi 
tug‘ilgan 
chaqaloqlar organizmining 
o‘ziga 
xos 
asosiy 
tarafi mikroorganizmlarga sezgirligi. 
    YAngi tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolaning immun sistemasi 
to‘lik  rivojlanmaganligi  uchun, ularga  beriladigan  dorilar  mikrobiologik  tarafdan 
toza emasligi katta havf to‘g‘dirishi mumkin (infeksiya, pirogen reaksiyava sh.o‘.). 
     Undan  tashqari,  dori  tarkibidagi  mikroblar  ta’sir  etuvchi  moddaning  fizik-
kimyoviy  xususiyatlarini   o‘zgartirish,  zaharli 
moddalarni 
paydo 
bo‘lishiga  sababchi omil hisoblanadi. 
     2.Ferment,  gormonal  sistemalari  etarli  rivojlanmaganligi  uchun, dorilarni 
so‘rilish, biotranformatsiya va eliminatsiya jarayonlari o‘zgacha bo‘lishi mumkin; 
    3. 
Gematoensefalik 
to‘sik  to‘la 
rivojlanmaganligi  uchun  dorilarga  qo‘shiladigan 
konservantlar, 
stabilizatorlar  miyaga salbiy ta’siri ko‘rsatish mumkin; 
     4.  YAngi  tug‘ilgan  chaqaloqlarning  teri  tuzilishi o‘ziga hos  bo‘lib, (nozik  va 
yupqa),  yuqori  rezorbtiv  xususiyatga  ega.  SHuning  uchun  sirtga  ishlatiladigan 
dorilarda  /  ayniksa  sepma,  surtma  va h.q./  mikrobiologik  tarafdan  tozaligiga 
yuqori  talab qo‘yiladi  va  "B"  guruhidagi moddalarni ishlatish  ehtiyotlik  bilan  olib 
borilishi lozim; 
   5. Tananing gidratatsiya darajasi nisbatan yuqori. YAngi tug‘ilgan chaqaloqlarda 
tanadagi  suv  miqdori  75%  tashkil  etadi.  Bu  qo‘rsatkich  katta  odamlarda  58% 
atrofida  bo‘ladi.  Undan  tashkari, hujayraaro  suyuqlikni  almashinuvi sutkada  50% 
tashkil  etadi  (  14%  -kattalarda).  Ko‘rsatib  o‘tilgan  farqlar  suvda  eruvchan 
moddalarni tarqalishiga va ularni tez hujayraaro suyuqlikga o‘tish va undan chiqib 
ketishini belgilaydi; 
   6.  Jigarning  qon  zardobidan  dori  moddalarni  ajratib  olish  (shimish)  darajasi 
nisbatan  past.  Undan  tashkari, dori  moddalar  jigar hujayralarida qisqa vaqt 
ushlanadi.  YUkoridagilar  dorilar metabolizm  jarayoniga sezilarli ta’sir  ko‘rsatish 
mumkin; 
   7. Dori moddalarni tanadan buyrak orqali chiqib ketish tezligi sust ( 50% gacha 
buyrakning 
moddalarni 
chiqarish 
kobiliyati 
pastroq) 
bo‘lganligi 
sababli,  kumulyasiya  hodisalarini  namoyon  bo‘lishi,  hamda  toksik  va  terapevtik 
dozalarning orasida farq kamaishiga asos bo‘lishi mumkin; 
   8. YAngi  tug‘ilgan  chaqaloqlarning  qon  zardobidagi  oqsillar  bilan  dori 
moddalarni  bog‘lanish  darajasi  etarli  emasligi,  preparatlarni  qonda  yuqori 
konsentratsiyasini uzoq vaqt davomida bo‘lishiga olib keladi; 
   9.  Oshqozonning  rN  muhiti  o‘zgacha.  YAngi  tug‘ilgan  bolada,  hayotining 
birinchi oylarida, bu  ko‘rsatkichi - 5,8 atrofida bo‘ladi. 
     YUqorida  keltirilgan  yangi  tug‘ilgan  chaqaloqlar organizmining  o‘ziga  xos 
taraflari, ularga yaratiladigan dorilar yuqori talablarga javob berishini taqozo etadi. 
     Ulardan asosiylari: 
1.  mikrofloradan  tozalangan  (  steril)  bo‘lishi,  chunki  immun  tizimi  to‘liq 
rivojlanmagan; 
1.     konservantlar  va  stabilizatorlar  saqlamaslik,  gematoensefalik  to‘sik  va 
ferment-gormonal tizimlarning faoliyati etarli darajada emasligi uchun ; 


128 
 
2.     terini  yuqori  rezorbtiv  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda,  teriga 
surtiladigan,  sepiladigan  dorilarni  ehtiyotlik  bilan  qo‘llash  lozim.  Ayniqsa 
mentol,  anestezin,  yod  saqlovchi  preparatlarni  va  borat  kislotasi.  Hozirgi 
klinikadagi  ma’lumotlarga  ko‘ra,  borat  kislotasini  bolalar  amaliyotida 
qo‘llanilishida  toksik  reaksiyalar  darajasi  uning  samaradorligidan  yuqori 
bo‘lishi aniqlanganligi uchun, uni ishlatish mumkin emas. 
3.     Qator  preparatlarni,  ayniqsa  nafas  olish  tizimiga  ta’sir  ko‘rsatuvchi, 
qo‘llanilishi cheklangan bo‘lishi lozim; 
4.     Ferment-gormonal  tizimini  faolligi  etarli  darajada  bo‘lmaganligi  uchun 
qator  preparatlarning  qo‘llanilishi  maqsadga  muvofiq  emas  (tetratsiklin, 
kanamitsin, 
polimiksin, 
baktrim, 
morfin 
guruhidagi 
preparatlari, 
indometatsin, neomitsin, salililatlar va boshq); 
      Demak,  yangi  tug‘ilgan  chaqaloqlarga  dorilar  yaratishda  yuqoridagilarni 
hisobga olish zarur. 
     Bu  muammoga  1982  yildan  boshlab  e’tibor  berilmokda  va  shu  masalaga  oid 
maxsus buyruqlar hamda  ko‘rsatmalar  ishlab chiqilgan. 
    Hozirgi  vaqtda  O‘zR  SSV  195  buyrug‘ining  ilovasi  yangi  tug‘ilgan 
chaqaloqlarga  mo‘ljallangan  dorilarni  tayyorlanishiga  tegishli  maxsus  jadvallar 
keltirilgan. 
          YAngi 
tug‘ilgan 
chaqaloqlarga 
dorilarni 
tayyorlashda quyidagi 
asosiy qoidalarga rioya qilish lozim: 
       1.  Ularga  mo‘ljallangan  barcha  dorilarning  retseptlarida  “YAngi  tug‘ilgan 
chaqaloqlar uchun”  maxsus 
belgi 
bo‘lishi 
va 
bolaning 
aniq 
vazni, 
yoshi  ko‘rsatilishi shart; 
       2.  Kuchli ta’sir etuvchi va zaharli moddalarning dozalari tekshirilishi kerak; 
       3. YAngi  tug‘ilgan  chaqaloqlarga  mo‘ljallagan  hamma  dorilar  aseptik 
sharoitda  tayyorlanishi  zarur,  ya’ni  xonalar,  asbob-uskunalar,  yordamchi 
moddalar,  idishlarga  ishlov  berilish  kerak,  hozirgi  vaqtda  tasdiqlangan  sanitariya 
qoidalariga asosan  (SaNPin ); 
       4.  Dorixona  va  davolovchi–profilaktik  muassasalarida  yangi  tug‘ilgan 
chaqaloqlar dorilarini  saqlash  uchun  alohida  joylar  (  shkaflar)  ajratilish  lozim  va 
ular har kuni tozalanib turishi kerak; 
       5. YAngi  tug‘ilgan  chaqaloqlarga  ichishga  mo‘ljallangan  eritmalar  aseptik 
sharoitda og‘irlik hajm usulida tayyorlanadi; 
    6. YAngi  tug‘ilgan  chaqaloqlarga  ichish  uchun  mo‘ljallangan  eritmalar 
tozalangan  suvda  konservant  va  stabilizatorlar  qo‘shmasdan  tayyorlanadi  va 
eritmalar  rezinali  tiqin  va  alyumin  qopqoqlar  bilan  berkitilib,  195  buyruqda 
keltirilgan tartibda sterillanadi; 
        7. YAngi 
tug‘ilgan 
chaqaloqlar ichish 
uchun 
mo‘ljallangan 
eritmalar  flakonlar  ochilgandan  keyin  darhol  ishlatilishi  lozim  va 
ularni 
saqlash  mumkin  emas.  SHuning  uchun  eritmalar  1  marta  ichiladigan  hajmda 
tayyorlanishi lozim /10-20 ml dan/; 
       8.  200  ml  gacha  bo‘lgan  hajmda  eritmalarni,  ayrim  paytda,  berish  mumkin, 
agar  eritma  darhol  bir  necha  bolaga  bo‘lib  ishlatilsa.  Flakonlar  shifoxona 
bo‘limlarida  ochiladi  va  ular  steril  idishlarga  quyiladi.  Ochilgan  flakon-lardagi 


129 
 
eritmalar darhol qo‘llanilishi lozim, ularni saqlash mumkin emas; 
     9. Hamma tayyorlangan dorilar to‘lik tahlil qilinishi shart; 
     10. YAngi 
tug‘ilgan 
chaqaloqlar mo‘ljallangan 
dorilar 
kasalxona 
bo‘limlariga  alohida  ajratilgan  va  muntazam  yuvilib,  hamda  dezinfeksiya 
qilinadigan idishlarda berilishi lozim; 
     11. Ambulator retseptlar bo‘yicha,  ichish  uchun  eritmalar  dorixonada  100 ml 
gacha  bo‘lgan  hajmda  berilish  mumkin  va  ochilgandan  keyin  2  sutkagacha 
muzlatgichda  saqlanish  lozim.  SHu  ma’lumot  dorining  yorlig‘ida  belgilanish 
kerak. 
            

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish