114
bo‘ladi. YOki seduksen preparatlarining in’eksion eritmasini geriatrik kasallarga
mo‘ljallangan tarkibiga Poloksamer 188 degan yordamchi modda qo‘shiladi va
uning vazifasi seduksenning eritmalarda kristalizatsiyasi oldini olib trombozlarni
sodir bo‘lishiga to‘siq bo‘ladi.
YUqoridagilardan tashqari geriatriya amaliyotida dorilarni salbiy ta’siri oldini
olish yoki kamaytirish maqsadida ularni iste’mol qilishiga e’tibor beriladi.
Masalan: tabletkalarni maydalab suvda eritib ichish yoki ayrim preparati
(maxalliy yalliІlantiruvchi ta’sirga ega bo‘lgan) ASK, butadion steroidlar sut bilan
birga iste’mol qilish.
Undan tashqari qariyalar organizmida vitamin, aminokislota miqdori
ko‘pincha etarli darajada bo‘lmaganligi sababli geriatriya dorilari xar biologik
faol moddalar bilan boyitish maqsadga muvofiq deb xisoblanadi. Bunda shunday
maqsad qo‘yiladi organizmni qarish jarayonini kamaytirish uchun. Bunday
biologik faol moddalar (vitaminlar va biopreparatlar) geroprotektorlar deb etiladi,
ya’ni qarishga qarshi qaratilgan moddalar.
SHuni xisobga olgan xolda geriatriya amaliyotida dorilarni uchtaguruxga bo‘linadi.
I gurux A-geroprotektorlar (geriatrik preparatlar)
II gurux B-asosiy kasalni davolash uchun beriladigan dorilar
III gurux V-bu guruxga geriatriyada ishlatilishi cheklangan preparatlarni bu
yoshdagi kasallarga ko‘pincha salbiy ta’sir ko‘rsatadigandorilar.
I gurux A-geroprotektorlar qarishning profilaktikasiga mo‘ljallangan dorilar:
biologik faol moddalar ular organizmining himoya kuchlarini oshiradigan modda
almashinuvini yaxshilaydigan.
Geroprotektorlarga vitamin preparatlar (kvadevit, undevit,tokoferol atsetat,
vitamin A, dekamevit) aminokislotalar (metionin) va boshqa biofaol moddalar
(jenshen nastoykasi, eleuterokokkekstrakti, askorbin kislotasi, retinol, retobolil).
Jadval-1
II Gurux B-vrach ko‘rsatmasiga binoan kasalni davolash uchun kerak bo‘lgan
dorilar
III Gurux V-maxsus gurux. Bu guruxga geriatriya amaliyotidaishlatilishi
cheklangan yoki umuman dori ishlatib bo‘lmaydigan dorilarkiritilgan. Ular
qariyalar organizmiga yuqori darajada salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin
bo‘lganligi uchun ularni ayrim yoshga etgandankeyin berish mumkin emas,
chunki salbiy ta’sirlari yuqori darajadanamoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, 50
yoshdan keyin: ammifurin, margumish preparatlarini60 yoshdan keyin: psoberan,
teturam
75 yoshdan keyin: apomorfin, kortikosteroidlar, kofein, morfin, kuprenil
berish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: