So’z boshi


Qalqonsimon bez gormonlari



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/178
Sana17.08.2021
Hajmi2,85 Mb.
#149641
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   178
Bog'liq
dvst

Qalqonsimon bez gormonlari. 
Tireoidin  (Thyreoidinum)  -  yirik  qoramolning  yog‘sizlantirilgan  va 
quritilgan qalqonsimon bezidan olinadigan gormon preparati  bo‘lib, sariq qo‘ng‘ir 
rangli, quritilgan hayvon to‘qimalariga xos kuchsiz xidli kukun. Suvda, spirtda va 
boshqa erituvchilarda erimaydi. 
Qushxonalarda  yoki  go‘sht  kombinatlarida  yangi  so‘yilgan  qoramollarning 
qalqonsimon  bezlari  ularga  zarar  etkazilmagan  holda  ajratib  olinib,  8-100S 
haroratda  muzlatiladi  va  qayta  ishlash  uchun  muzxonalarda  qoldiriladi.  Qayta 


107 
 
ishlash  uchun  muzlatilgan  qalqonsimon  bez  muzdan  holi  etiladi  va  suv  bilan 
yaxshilab  yuviladi.  Qo‘shimcha  yog‘,  muskul  va  biriktiruvchi  to‘qimalaridan 
shuningdek,  kapillyar  tomirlardan  tozalanib,  go‘sht  maydalagichda  maydalanadi. 
Maydalangan  qiyma  vakuum  quritgichda  400S  dan  yuqori  bo‘lmagan  haroratda 
quritiladi. Quritilgan massa Sokslet apparatida organik erituvchilar yordamida, past 
haroratda  yog‘sizlatiriladi.  Organik  erituvchilarning  qoldig‘i  yana  vakuum 
quritgichda  400S  dan  yuqori  bo‘lmagan  haroratda  uchiriladi.  Quruq 
yog‘sizlantirilgan massa farfor sharli tegirmonda maydalanadi. Preparat tarkibidagi 
organik  bog‘langan  yodga  nisbatan  standartlanadi.  Uning  miqdori  0,17-0,23% 
bo‘lishi  kerak.  Kerak  bo‘lsa  preparat  sut  qandi  bilan  suyultiriladi.  Tireoidinni 
ta’siri  undagi  ikkita  gormonning  mavjudligiga  bog‘liq:  tiroksin  va  triyodtironin 
(organizmda har ikkalasining ham chapga buruvchi izomerlari mavjud). Kimyoviy 
jihatdan  tiroksin,  triyodtironindan  tarkibidagi  bitta  qo‘shimcha  yod  atomining 
mavjudligi bilan farq qiladi.  
Tireoidin  qalqonsimon  bez  funksiyasining  etishmovchiligida  ichish  uchun 
tavsiya  qilinadi.    Kukun,  tabletka,  qobiqli  tabletka  ko‘rinishida  0,05-0,1  g  dan 
chiqariladi. Quruq, sovuq va yorug‘likdan ximoya qilingan joylarda saqlanadi. 
Triyodtironin  gidroxlorid.  Hozirgi  paytda  triyodtironin  sintetik  yo‘l  bilan 
olinadi.  Bu sintetik  preparat tuzilishi  va  ta’sir  ko‘lami  bo‘yicha  tabiiy  preparatda 
farq  qilmaydi.  Triyodtironin  tiroksinga  nisbatan  3-5  marta  samarali  bo‘lib,  u 
qondagi  oqsillar  bilan  kam  bog‘lanadi  va  to‘qima  membranasi  orqali,  erkin 
holatda, oson o‘ta oladi. Uning miqdori kasalning yoshiga, holatiga va kasallikning 
davomiyligiga  qarab  belgilanadi.  Kattalarga  5-25  mg  dan  boshlab,  40-60  mkg 
gacha,  ba’zan  esa  100  mkg  (0,1  g)  gacha  kunlik  miqdor  belgilanadi.  Preparat 
qalqonsimon  bez  funksiyasi  etishmovchiligida,  ichish  uchun  beriladi.  YUqori 
dozalarda, gipofizning tireotrop funksiyasi yo‘qolganda tavsiya qilinadi. Tireodin 
kabi saqlanadi.  

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish