So’z boshi


Ta’siri uzaytirilgan insulin preparatlari



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/178
Sana17.08.2021
Hajmi2,85 Mb.
#149641
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   178
Bog'liq
dvst

Ta’siri uzaytirilgan insulin preparatlari 
In’eksiya  uchun  insulin  protamin  suspenziyasi  (Suspensio  Insulin  - 
protamini  pro  injectionibus).  U  kristallik  insulinga  protamin  sulfat  va  ikki 
almashingan  natriy  fosfat  qo‘shish  yo‘li  bilan  olingan  preparat  bo‘lib,  unga 
konservant sifatida – meta krezol, fenol yoki nipaginni glitserin bilan aralashmasi 
qo‘shiladi.  Qandni  tushirish  samaradorligi  in’eksiya  qilingandan  so‘ng  2-4  soat 
davomida namoyon bo‘ladi va ta’siri 16-18 soat davom etadi.  
In’eksiya  uchun  amorf  rux  insulin  suspenziyasi  (Suspensio  Zinc-Insulini 
amorphi pro injectionibus). Bu steril insulin suspenziyasini rux xlorid bilan, atsetat 
buferidagi eritmasi bo‘lib, u kristallik insulinidan tayyorlanadi. Kristallik insulinni 
suvda erimaydigan amorf zarrachalari  suspenziya ko‘rinishida bo‘ladi. 1 ml eritma 
40-80  TB  dagi  insulinni  va  80-160  mkg  miqdorida  ruxni  saqlayli.  Konservant 
sifatida  0,25-0,3%  fenol  ishlatiladi.  Muhit  pH  7,1-7,5.  Qon  tarkibidagi  qandni 
kamaytirish  xossasi  1-1,5  soatdan  so‘ng  yuzaga  keladi,  ta’sir  davomiyligi  10-12 
soat. 


106 
 
In’eksiya  uchun  rux  insulin  suspenziyasi  (Suspensio  Zinc-Insulini  pro 
injectionibus).  Bu  preparat,  amorf  rux  insulinni,  rux  insulin  kristallari  bilan  3:7 
nisbatdagi, atsetat buferidagi steril suspenziyasi bo‘lib, 1 ml eritma 40 TB insulin 
va  80-100  mkg  rux  saqlaydi.  Qandni  kamaytirish  xossasi  2-4  soat  oralig‘ida 
yuzaga keladi, 8-10 soat davomida maksimum sararadorlikka erishilib, 20-24 soat 
ta’sir ko‘rsatadi. Ta’sir mexanizmi bilan xorijda ishlab chiqariladigan “Insulinum 
lente” ga yaqin turadi. 
 In’eksiya  uchun  protamin  rux  insulini  (Protamin  Zinc-Insulinum  pro 
injectionibus). Bu preparat, kristallik insulin eritmasiga protamin sulfat, rux xlorid 
va  natriy  fosfat  eritmalarini  qo‘shish  bilan  olinadi.  Oq  rangdagi,  steril  suvli 
suspenziya  qismi  chayqatilganda  ko‘zga  ko‘rinuvchi  zarrachalarni  saqlamasligi 
kerak.  Saqlanish  davomida  cho‘kma  va  rangsiz  eritma  qismlariga  ajralib  qoladi, 
0,25-0,3% fenol bilan konservalanadi. Eritma  muhitining pH 6,9-7,3. 1 ml eritma 
40  TB  da  insulin  saqlaydi.  Samaradorligi  3-6  soatdan  so‘ng  paydo  bo‘ladi,  ta’sir 
davomiyligi 24-36 soat davom etadi. 
  In’eksiya  uchun  rux  insulin  kristallari  suspenziyasi  (Suspensio  Zinc-
Insulini pro injectionibus). Bu preparat, insulin steril suspenziyasini rux xlorid va 
atsetat buferidagi  eritmasi  bo‘lib,  insulinni  tarkibida suvda  erimaydigan kristallar 
mavjud  bo‘ladi.  1  ml  eritma  40  TB  da  insulin  va  80-100  mkg  miqdorida  rux 
saqlaydi.  Eritma  muhitining  pH  7,1-7,5  ga  teng.  Qand  miqdorini  kamaytirish 
xossasi  6-8  soat  oralig‘ida  yuzaga  keladi,  ta’sir  davomiyligi  30-36  soat.  Ta’sir 
mexanizmi bo‘yicha “Insulinum ultralente” ga yaqin turadi.  
Oxirgi  yillarda  proinsulin  va  yuqori  molekulali  oqsillardan  tozalangan 
insulin  preparatlari  ishlab  chiqildi.  Ular  organizmga  yaxshi  so‘riladi  va  hech 
qanday  allergik  reaksiyalar  keltirib  chiqarmaydi.  Bu  guruh  preparatlariga 
monoinsulin,  insulin  suspenziyasi  –  semilong,  insulin  suspenziyasi  –  long  va 
ultralonglar  kiradi.  Monoinsulin  –  qisqa  vacht  ta’sir  ko‘rsatuvchi  preparat  bo‘lib, 
tarkibida  cho‘chqadan  olingan  insulin  kristallarini  saqlaydi.  Ta’sir  mexanizmi 
bo‘yicha  suinsulingga  o‘xshaydi.  Qolgan  har  uchchala  preparat  ham  ta’siri 
uzaytirilgan preparat xisoblanadi. 
Insulin suspenziyasi – semilong, ta’siri bo‘yicha “Semilente” yoki amorf rux 
insulin suspenziyasiga o‘xshaydi. Ta’sir davomiyligi 10-12 soat. 
Insulin  suspenziyasi  –  long,  ta’siri  bo‘yicha  “Lente”  yoki  in’eksiya  uchun 
rux insulin suspenziyasiga o‘xshash bo‘lib, 20-24 soat davomida ta’sir ko‘rsatadi. 
Insulin suspenziyasi – ultralong, ta’siri bo‘yicha “Ultralente” yoki in’eksiya 
uchun kristal rux insulin suspenziyasiga yaqin bo‘lib, 30-36 soat mobaynida ta’sir 
qiladi. 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish