13- Mavzu: AEROZOLLAR.
Reja:
1. Aerozol nima
2. Aerozol dorilarining tarixi, ta’rifi, tavsifi va tasnifi.
3. Aerozol dori shakllarini tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar
Aerozol ( grek. «ayor» - xavo va «zol» - eritma nem.) – mayda suyuq tomchi
yoki qattiq zarrachalarining gazsimon muhitda bir xil tarqalgan dispers tizimdir. M:
tuman, chang
Aerozollar – dori va yordamchi moddalar gaz - propellent bosimi ostida
turadigan, aerozol ballondagi dori shakli bo‘lib, u klapan bilan germetik yopilgan,
ingalyasion, teriga, shilliq qavatlarga, yaralarga ishlatiladigan gazsimon dori shakli.
Bu atama birinchi marta 20 asrning boshida professor Dondan tomonidan taklif
etilgan. U yangi dori turi bo‘lib, aerozol ballonlari, aerozol bombasi yoki qadoqlangan
aerozol deb yuritiladiAerozolь olish uchun birinchi patent Norvegiya va AQSHda
berilgan b-b, metal yoki shisha qadoqlarga solingan xlormetil va xloretil ishlatilgan.
1934 yilda AQSHda o‘t uchirgichlar tarkibida galogen uglevodorodlar ishlatilgan.
Aerozol dori turining katta rivojlanishi 1941 yildan so‘ng 2chi jaxon urushi
paytida bo‘lib, bunda amerikaliklar tomonidan “bog-bomb” deb atalmish tarkibida
ftorvodorod, xlorvodorod va insektitsidlar bo‘lgan, bosim ostidagi qadoqlarni
patentlaganlar.
96
Farmatsevtik aerozollar deb, propellentlar yordamida purkaladigan, ballondan,
klapanli-purkagichdan va ballon ichidagi turli konsistensiyaga ega bo‘lgan
suyuqliqdan iborat, tayyor dori turiga aytiladi.
Aerozolda bir yoki bir nechta dori moddasi, erigan, suspenziyalangan yoki
emulьgirlangan xolatda bo‘ladi.
Tibbiyot aerozollari –
ingalyasiya uchun ishlatiladigan, statsionar qurilmalar yordamida beriladigan,
qattiq yoki suyuq xolatdagi dori vositalari zarrachalarining aerozol xolatidagi dori
turidir.
Aerozol dori turlarining ishlatilishi bo‘yicha tasnifi:
ingalyasion,
otolaringologik,
dermatologik,
stomatologik,
proktologik,
ginekologik,
oftalьmologik,
qon to‘xtatish uchun, diagnostik maqsadlarda ishlatiladi.
Aerozol dori turining afzalliklari:
- aerozolni ishlatish qulay, gigienik
- dozalanishi aniq, ishlatilayotgan joyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etishi, ta’siri tez
yuzaga chiqishi
- kam dori moddasini sarflab xam, yuqori terapevtik samaradorlikka erishilishi
- aerozol balloni germetik yopiq bo‘lganligi sababli, preparat ifloslanmaydi,
tashqi muhit omillar(yorug‘lik nuri, namlik, xavodagi kislorod)ining ta’siriga
uchramaydi
- saqlanish muddatida aerozol dori turi o‘zining sterilligini saqlab qoladi
- ishlatilganda mutaxasis talab etmaydi, ishlatish oson
- saqlanish muddati uzoq
- jaroxatlangan qismni tashqi muhit ta’siridan muxofaza qilish imkoniyati
Aerozol dori turining kamchiliklari:
- aerozol dori turining narxi yuqoriligi
- ballonlar yuqori temperaturada yoki mexanik urilganda portlashi mumkinligi
- ishlatilganda atrof muhit propellentlar, dori moddalari bilan ifloslanishi
Aerozollar tarkibiga dori modda, yordamchi moddalar, bir yoki bir nechta
propellentlar kiradi.
Aerozol tayyorlash uchun yordamchi moddalar: erituvchilar, sirt faol moddalar,
parda xosil qiluvchilar, konservantlar, antioksidantlar ishlatiladi.
Farmatsevtik aerozollar shunday dori turiki, u qattiq yoki suyuq dispers fazani
gazsimon dispers muhitda bir hil tarqatish yo‘li orqali tayyor-lanadi.Bashura G.SH. va
Xodjay YA.I. aerozollarni 2 guruhga ya’ni farmatsiya aerozollar va tibbiyot aerozollar
bo‘ladi. Tonkodisp 0,1 – 0,5 mkm. Niskodis 25 – 100, grubodisp – 250 – 400 mkm
Farmatsiya aerozollar – propelentlar erdamida purkaladigan va terapevtik ta’sir
ko‘rsatadiganlarga, tibbiyot aerozollar deb asosan inglyasiya uchun ishlatiladi.
Afzalligi ishlatish oson, tez yordam berish mumkin, jarohatlarni tashqi muxitdan
97
himoyalaydi, jarohatni kuzatish oson vaqt tejaladi. Ular asosan dizinfeksiya qiladi,
tumovga qarshi, kuyganda ishlatiladi.
Kamchiligi organik erituvchilar ta’sirida og‘riq vujudga kelishi, tana yuzasida
hosil bo‘lgan pardaning yupqaligi, ular AQSH, Fransiya, Italiya va YAponiya
mamlakatlarida katta o‘rinda turadi.
Aerozol balonning tuzilishi . u ma’lum hajmi sig‘im, klapan va va qopqoqdan
iborat xajmi - 3 l bo‘lib. Ular metal, shisha yoki plastmassa hamda ularning
birikmasidan iborat. SHisha aerozollarining xajmi – 3 – 300 ml, asosan 15 – 80 ml
bo‘ladi.
Balonning mustaxkamligini tekshirish Po‘lat taxta ustiga ma’lum balandlikdan
tashlangan balon sinmasa shu balandlik pastki nuqta deyiladi. Eng yuqori nuqta
hamma balonlar singan balandligi aytiladi. 0,75 ml sinmasa past, 2,75 m balandlikda
sinsa – yuqori.
SHisha balonlar asosan NS–1 va NS–3 shishalarda tayyorlanadi. Ular qalinligi bir
tekisda havo pufakchalari saqla-maligi, RN aniqlanganda 1,7 oshmaslimgi va 20 atm
bosimga chidamli bo‘lishi kerak. Ularning ustki qismi PVX, PE, poliamid va
hakozolar bilan qoplanadi.
Qoplash quyidagi usullar bilan olib boriladi.
Balon ustiga parda kiydirib, harorat bilan ishlov beriladi.
Polimer eritmaga balonni botirib olish yoki purkash orqali.
- soxta qaynoq yuzada qoplash;
- balon sathida monomerlarni polimerizatsiyaga uchratish bilan qoplash.
Qoplashdan maqsad
- balon singanda shisha parchalarni sochilishidan saqlash.
- balon mustaxkamligini oshirish
- estetik jilo berish
- balon ustiga ma’lumotlar yozish
Metal balonlar yon biqini kavsharlab choklangan holda oq yoki qora yupka
tunikadan yoki alyuminiydan va zanglamaydigan po‘latdan tayyorlanadi. Metall
balonlarning tuzilishi tana, ostki qism va qopqoqdan iborat. Metall balonlarni ichki va
ustki qismi lak bo‘yoqlari bilan qoplanadi.
Plastmassa balonlar engil, mustaxkam, sinmasli, shakl berish osonligi va turli
rangda chiqarish mumkinligi bilan shisha va metall balonlardan avzal.
Balonning klapanli purkagich qismi – balonning eng asosiy qismi bo‘lib, u klapan
va purkagichdan iborat.
Klapan –dorilarni mayda zarracha holida purkashga mo‘ljallangan. Bunda
purkagich bilan birgalikda shtok harakatga kelib, purjinani siqadi naycha
teshikchasidagi rezina qavati ochiladi va ballonda bosim ostida turgan modda sifon
trubkasi orqali otilib chiqadi.
Purkagich – dorilarni purkash uchun mo‘ljallangan
Naycha – klapani ochish va yopishga mo‘ljallangan.
Purjina – naychani o‘z holiga qaytaradi va klapani yopishga xizmat qiladi.
Manjet –naychaning klapanda germetik joylashishini ta’minlaydi rezina qismdan
iborat.
Sifon naycha –balon ichidagi moddalarni klapanga olib chiqadi. Propelentlar –
98
aerozol balonida moddani tashqariga bosim yordamida siqib chiqarilishini
ta’minlaydigan modda.ular quyidagi talabga javob berishi kerak.
- 20
0
S da 0,8 MP a dagi bosimni ta’minlashi;
- turg‘un va befarq;
- teri va nafas yo‘llarini qitiqlamasligi;
- havoda portlash xavfi bo‘lmasligi;
- noxush xidga ega bo‘lmasligi.
Propellentlar. Propellentlar - aerozol ballonlari ichidagi moddalarni tashqariga
bosim yordamida siqib chiqarilishini ta’minlaydi.
Ular quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- 20
0
S xaroratda 2-8 atm. bosimni ta’minlashi,
- turg‘un va befarq bo‘lishi,
- teri shilliq qavatlari va nafas yo‘llarini qitiqlamasligi
- xavoda portlamasligi
- noxush hidga ega bo‘lmasligi
- qimmatbaxo bo‘lmasligi
- yuqori bosim ostida oson suyuqlikka aylanishi
- dori moddalarini erita olishi kerak.
Propellentlar 20
0
S xaroratda xosil qiladigan to‘yingan bug‘ bosimiga qarab,
asosiy va yordamchilarga bo‘linadi.
Agar 20
0
S xaroratda 2 atm. va undan katta bosim xosil qilsa, asosiy propellent.
Agar 20
0
S xaroratda 1 atm.dan kam bosim xosil qilsa, yordamchi propellent
deyiladi.
Agregat xolatiga ko‘ra propellentlar 3 guruxga:
1.Suyultirilgan gazlar, ularga:
1.1.Ftororganik birikmalar (ftorxloruglevodorodlar - freonlar yoki xladonlar)
1.2. Propan qatoriga kiruvchi uglevodorodlar (propan, butan, izobutan).
1.3. Xlor birikmali uglevodorodlar (vinilxlorid, metilxlorid, metilenxlorid).
1.Freonlar – metan, etan, propanning xlorli xosilalari bo‘lib, kimyoviy inert, ko‘p
organik erituvchilar, moylar bilan yaxshi aralashadi, biologik bezarar, yong‘in
xosil qilmaydi, ballonda bir tomchi eritma qolsa xam bir xil bosimni ta’minlab
turadi, lekin suv va nur ta’sirida gidrolizga uchrab, HCl va HF kislotalarni xosil
qilishi mumkin.
1.2.Propan qatoriga kiruvchi uglevodorodlar – Afzalligi - freonlarga nisbatan
arzon,
spirt, xlororoformda eriydi,
suvda gidrolizga uchramaydi,
kam zaxarli,
Kamchiligi – yong‘inga xavfli, shuning uchun propellentlarga qo‘shimcha
sifatida ishlatiladi.
1.3. Xlor birikmali uglevodorodlar
Afzalligi:
-Dori va yordamchi moddalarning erituvchisi sifatida ishlatiladi,
-Kam zaxarli
Kamchiligi:
99
-Kam bosim xosil qiladi, shuning uchun boshqa propellentlar bilan birga
ishlatiladi
-YOng‘inga xavfli
2. Siqilgan gazlar : azot 1 oksidi, azot, karbonat angidridi, geliy, argon
Afzalligi:
zaxarli emas,
kimyoviy befarq
Kamchiligi:
propellent ishlatilishi bilan kamaya boradi va ballon ichida eritmaning qolib
ketishi xavfi bor.
3.Engil uchuvchi organik erituvchilar (dimetil efiri, dietil efiri, metilen xlorid,
etilenxlorid, metil etil efiri)
Kamchiligi:
- YOng‘inga xavfli
- portlashga xavfli
- nafas yo‘llarini qitiqlaydi
- Organizmga qitiqlovchi ta’sirga ega
- Erituvchi sifatida -
- toz. suv, etil spirti, o‘simlik moylari, mineral moylar, glitserin, etioleat,
propilenglikolь, dimeksid, turli molekulyar massali PEO, etilsellyuloza va
b. ishlatiladi.
- Sirt faol moddalar sifatida -
- tvin-80, 60, 120, emulьgator №1, emulьsion mumlar, yog‘ kislotalarining
trietanolamin bilan xo qilgan tuzlari, olein kislotasi tavsiya etiladi.
- Parda xosil qiluvchi modda sifatida:ssellyuloza xosilalari, akril
kislotasining xosilalari, vinilpirrolidon, polivinilpirrolidon
- Korrigent sifatida: qand, limon kislotasi, sorbit, efir moylari, timol, mentol
- Konservant sifatida: nipagin, nipazol, benzoy kislotasi, natriy benzoatlar
- Antioksidanlar sifatida: vitamin E, butiloksitoluol ((CH
3
)3
C
)
2
CH
3
C
6
H
2
OH,
butiloksianizol, dibunol, trilon B, askorbin kislotasi ishlatiladi.
Agar dori modda yaxshi erimasa u holda qo‘shimcha erituvchida eritiladi.
Konsentrat–emulsiya yoki suspenziya dori modda yordamchi moddada dispergirlangan
bo‘ladi. tayyor konsentrat yig‘gichga o‘tkaziladi va balloni to‘ldirish liniyasiga
o‘tkaziladi.
XIDF Balon bosimini o‘lchash xona xaroratida 1 soat qo‘yiladi va balon ichidagi
bosim 2,5 atm aniqlanadi. Ular – siqilgan gaz ishlatilgan balonlarda tekshiriladi.
Zich berkitilganini aniqlash. Tekshiriladi 40 - 45
0
S harorat suv hammomiga
tushganda 15 – 30 daqiqa, shisha balon metall balonlar 10–20 daqiqa gaz chiqish
hodisani kuzatilmasligi lozim. Bir doza tarkibidagi dorini aniqlanadi aerozol 5 marta
bosiladi va 5 dozasi chiqarib yuboriladi va balon 0,010 tortiladi so‘ngra 5 dan 20
marta bosib, balon qayta tortiladi.
Dori moddaning % miqdori Buning uchun balon tortiladi 0,01 g anda va dori
modda purkab chiqarib yuboriladi va yana tortiladi va hakozolar.O‘zining XITX
ko‘riladi
15% o‘zgarishi kerak saqlash 0-35
0
S gacha.
Misol: Tibbiyotda kameton, efatit, efedrol, fadezin, ingalipt, nitazol, nitroglitserin
100
va hakozolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |