So’z boshi


-modda. Farmakologik  vositalarning  yoki  dori  vositalarining  klinik



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/178
Sana17.08.2021
Hajmi2,85 Mb.
#149641
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   178
Bog'liq
dvst

10-modda. Farmakologik  vositalarning  yoki  dori  vositalarining  klinik 
tadqiqotlari 
Farmakologik  vositalarning  yoki  dori  vositalarining  klinik  tadqiqotlari 
xavfsizlik  va  samaradorlikni  aniqlash  maqsadida  ularning  farmakologik 
xossalarini, nojo‘ya ta’sirlari va boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri samarasi 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganish uchun o‘tkaziladi. 
Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlari bitta 
davolash-profilaktika  muassasasida  yoki  ko‘p  markazli  klinik  tadqiqot  tarzida 
yagona  bayonnoma  bo‘yicha  bittadan  ortiq  davolash-profilaktika  muassasasida 
o‘tkazilishi mumkin. 
Odamda  farmakologik  vositalarning  yoki  dori  vositalarining  klinik 
tadqiqotlarini  o‘tkazish  to‘g‘risidagi  qaror  O‘zbekiston  Respublikasi  Sog‘liqni 
saqlash vazirligi tomonidan qabul qilinadi. 
Farmakologik  vositalarning  yoki  dori  vositalarining  klinik  tadqiqotlarini 
o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: 
farmakologik  vositalarning  yoki  dori  vositalarining  xavfsizligi  va 
samaradorligini tasdiqlovchi klinik oldi tadqiqotlar natijalari; 
farmakologik  vositaning  yoki  dori  vositasining  qo‘llanilishidan  ehtimol 
tutilgan  nojo‘ya  ta’sir  xavfi  kutilayotgan  ijobiy  ta’sirdan  ancha  past  bo‘lishi 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 
Farmakologik  vositalarning  yoki  dori  vositalarining  klinik  tadqiqotlarini 
o‘tkazishga  etika  ekspertizasining  mazkur  tadqiqotlarni  o‘tkazish  etika  jihatidan 
asoslanganligi to‘g‘risidagi xulosasisiz yo‘l qo‘yilmaydi. 
Farmakologik
  vositaning  yoki  dori  vositasining  klinik  tadqiqotida 
bemorning ishtiroki uning yozma ravishdagi roziligi bilan ixtiyoriy asosda amalga 
oshiriladi.  Klinik  tadqiqot  rahbari  bemorga  ushbu  tadqiqot  usulining  ahamiyati, 
tadqiqotning mohiyati va ehtimol tutilgan xavfi haqida batafsil tushuntirish berishi 
shart.  Bemor  tadqiqotning  istalgan  bosqichida  unda  ishtirok  etishni  rad  qilishga 
haqli. 
Farmakologik  vositaning  yoki  dori  vositasining  klinik  tadqiqoti  voyaga 
etmagan  yoki  muomalaga  layoqatsiz  bemor  ishtirokida  o‘tkazilgan  taqdirda 
tadqiqot  boshlanishidan  oldin  uning  ota-onasidan  yoxud  boshqa  qonuniy 
vakillaridan yozma ravishda rozilik olinishi kerak. 
Voyaga  etmagan  bemorlar  ishtirokidagi  klinik  tadqiqotdan  oldin,  qoida 
tariqasida, voyaga etgan bemorlarda klinik tadqiqot o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. 
Farmakologik  vositaning  yoki  dori  vositasining  klinik  tadqiqoti 
boshlanishidan  oldin  tadqiqotni  o‘tkazayotgan  davolash-profilaktika  muassasasi 
yoxud  tadqiq  etilayotgan  farmakologik  vositani  yoki  dori  vositasini  taqdim  etgan 
yuridik  shaxs  bemorning  hayotiga,  sog‘lig‘iga  zarar  etkazganlik  uchun 
fuqarolik 
javobgarligiga doir sug‘urta shartnomasini sug‘urtalovchi bilan tuzishi shart

Jamiyat uchun yoxud farmakologik vositaning yoki dori vositasining klinik 
tadqiqotida  ishtirok  etayotgan  bemorning  hayoti,  sog‘lig‘i  uchun  tahdid  paydo 



 
bo‘lgan  taqdirda  klinik  tadqiqot  rahbari  klinik  tadqiqotni  to‘xtatishi  va  bu  haqda 
tadqiqotni  davom  ettirish  yoki  to‘xtatish  to‘g‘risida  qaror  qabul  qiluvchi 
O‘zbekiston  Respublikasi  Sog‘liqni  saqlash  vazirligini  yozma  shaklda  xabardor 
qilishi kerak. 
Farmakologik  vositalarning  yoki  dori  vositalarining  klinik  tadqiqotlarini 
moliyalashtirish  tadqiq  etilayotgan  farmakologik  vositalarni  yoki  dori  vositalarini 
taqdim etgan yuridik shaxslarning mablag‘lari hisobidan yoxud qonun hujjatlarida 
taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 
Farmakologik  vositalarning  yoki  dori  vositalarining  klinik  tadqiqotlarini 
o‘tkazish  tartibi  va  klinik  tadqiqotlar  o‘tkaziladigan  davolash-profilaktika 
muassasalarining  ro‘yxati  O‘zbekiston  Respublikasi  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi 
tomonidan tasdiqlanadi. 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish