Selitra NaNO



Download 58,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana16.08.2021
Hajmi58,11 Kb.
#148805
  1   2
Bog'liq
Azot - Vikipediya



Azot

Azot (lot. Nitrogenium), N – Mendeleyev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 7, atom massasi

14,0067. Yer po‘stining og‘irlik jihatidan 0,01 % ini tashkil etadi. Havoda erkin holda bo‘ladi (havoning og‘irlik jihatidan 75,6 %; hajm

jihatidan 78,9 % azotdan iborat). Tuproqda turli minerallar va organik birikmalar tarkibiga kirgan holda uchraydi; masalan, u natriyli

selitra (NaNO

3

) va kaliyli selitra (KNO



3

) tarkibida bo‘ladi, toshko‘mirda 1 – 1,25 %, neftda 1,5 %, oqsil moddalarda 17 %, odam

tanasida 3 % gacha bo‘lishi mumkin. Azotni birinchi marta 1772-yilda Rezerford ajratib olgan. Ikkita barqaror izotopi bor: 14N

(99,635 %) va 15N (0,365 %); radioaktiv sunʼiy izotoplari ham bor, bulardan eng uzoq, mavjud bo‘ladigani 13N dir (yarim yemirilish

davri 10,08 daqiqa). Sanoatda suyultirilgan havoni parchalab olinadi.

Azot – rangsiz, hidsiz gaz; qaynash temperaturasi – 195,8°, suyuqlanish temperaturasi – 209,86°, 1 l azot 1,2506 g; 1 l suvda (0° da)

23,3 ml eriydi. Odatdagi sharoitda azot nihoyatda passiv, faqat litiy bilan birikishi mumkin; boshqa elementlar bilan qizdirilganda,

bosim taʼsirida va katalizatorlar ishtirokidagina birika oladi. Vodorod bilan birikib, ammiak, gidrazin va boshqa birikmalar, kislorod

bilan oksidlar, metallar bilan nitridlar hosil qiladi.

Azot o‘simliklar uchun asosiy „oziq“lardan biridir. Mineral va organik birikmalari tuproqqa yog‘in-sochin bilan yoki o‘g‘it sifatida

tushadi. Erkin azot ammiak sintezida, baʼzi kimyoviy reaksiyalarda inert muhit hosil qiluvchi sifatida, simobli termometrlardagi

bo‘shliqni to‘ldirishda, yonuvchan suyuqliklarni bir idishdan ikkinchi idishga haydashda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Suyuq

azotdan past temperatura bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarda (kriostatlar, vakuum qurilmalar va boshqalarda) foydalaniladi. Azotning tabiiy

birikmalari ammoniy xlorid va turli nitratlar (

selitralar

)dan iborat. O‘rta Osiyoning quruq cho‘l iqlimida ko‘p miqdorda selitra to‘planadi.

Azot oqsillar, nuklein kislotalar,xlorofill va fermentlarning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lganligidan o‘simliklar hayot faoliyatida asosiy

ahamiyatga ega. O‘simliklar tuproqdagi azotli moddalarni o‘zlashtirib, ulardan oqsil hosil qiladi. Havodagi erkin azotni azot birik-

malariga aylantiruvchi mikroorganizmlar tufayli tuproqda ancha miqdorda azot to‘planadi. U tuproqda asosan to‘rt xil birikma holida:

chirindi (gumus) azoti, ammoniy tuzlari, nitratlar (NO

3

), oqsil organik azoti (to‘liq parchalanmagan o‘simlik qoldiqlari) va ularning



o‘zgarish mahsulotlari – aminokislotalar, 

peptidlar

amidlar


 va aminlar holida mavjud bo‘ladi.

Azotni tuproqdagi organik birikmalarini eruvchanligi bo‘yicha uch guruhga: suvda eriydigan, suyultirilgan kislota bilan

gidrolizlanganda eritmaga o‘tuvchi va suyultirilgan kislota bilan gidrolizlanganda erimaydigan guruhga bo‘lish mumkin. Erimaydigan

guruhga mansub bo‘lgan azot kam harakatchan va o‘simliklarga yaxshi singmaydi. O‘rta Osiyoning ayrim tuproqlari tarkibidagi

umumiy azotning taxminiy miqdori: och tusli bo‘z tuproqlar (haydalma qatlam)da – 0,04–0,07 %, ko‘pdan beri sug‘orilib kelinayotgan

tipik bo‘z tuproqlarda – 0,10–0,15 % va to‘qtusli o‘tloq tuproqlarda – 0,20–0,50 %. O‘rta Osiyoning sug‘oriladigan dehqonchilik

mintaqalarida yuqori hosil olish uchun tuproqda azot zahirasi yetarli emas, shuning uchun bu yerlarda azotli o‘g‘itlar qo‘llaniladi.

O‘simliklardagi azotning ko‘p qismi oqsil moddalari holida bo‘ladi. Turli urug‘lar oqsili tarkibidagi azot miqdori 16,5–17,5 % ni tashkil

qiladi. G‘o‘za-beda almashlab ekishda beda ekilgan har gektar yerda biologik azotga boy 20 tonnagacha organik modda hosil bo‘ladi;

undagi biologik azot miqdori 400– 600 kg/g. Azotdan o‘g‘itlar ishlab chiqarishda, ko‘pchilik sanoat sohalari, jumladan,

metallurgiyadagi turli kimyoviy jarayonlarda inert muhit sifatida foydalaniladi.

[1]


1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005)

maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Xossalari

Ishlatilishi

Manbalar




Download 58,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish