Наманган Мухандислик Педагогика Институти Касб таълими факультети


Yangi turdagi agrar munosabatlarning shakllanishi



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/161
Sana15.08.2021
Hajmi2,22 Mb.
#148248
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy geografiya va ekologiya

2.Yangi turdagi agrar munosabatlarning shakllanishi 
 
Mustaqillik  yillarida  amalga  oshirilgan  agrar  islohotlar  natijasida  mutloqo  yangi 
xo’jalik  tarkibi  shakllandi  va  ko’p  ukladli  iqtisodiyot  asoslari  yaratildi.  O’zbekiston 
qishloq xo’jaligida  mulkchilik  shakllariga  ko’ra: 
-kooperativ  (jamooa  xo’jaliklari,  xo’jaliklararo  korxonalar,  shirkatlar,  davlat 
xo’jaliklari  negizida  tashkil  etilgan  xo’jaliklar,  jamoa  mulkiga  aylantirilgan  firmalar 
vak b.); 
-davlat  (davlat  xo’jaliklari,  naslchilik  zavodlari,  o’quv-tajriba  hamda  tajriba 
xo’jaliklari); 
-xususiy (dehqon va fermer  xo’jaliklari,  xususiylashtirilgan  korxonalar); 
-aholining  shaxsiy  yordamchi  xo’jaliklari  (shaxsiy  ehtiyojlar  uchun  ayrim 
qishloq xo’jalik  mahsulotlarini  yetishtirish)  sektorlari  mavjud. 
qishloq  xo’jaligi  korxonalari  (shirkat  xo’jaliklari)  agrar  sohadagi  yirik  tovar 
ishlab chiqaruvchilardir.   Ularning 
qishloq 
xo’jalik 
yalpi 
mahsulotlarining 
yetishtirishdagi  ulushi  23,5%  bo’lib,  (dehqonchilik  mahsulotlari  yetishtirishda-37,8% 
va  chorvachilikda  -8%),  paxtaning-62,2%,  bug’doyning-49,8%,  mevaning-30,1%, 
uzumning-39,9%,  tuxumning-42,1%  ishlab chiqargan. (2010) 
Fermer  xo’jaliklarining  yildan-yilga  qishloq  xo’jalik  mahsulotlari  ishlab 
chiqarishdagi  hissasi  ortib  bormoqda.  Fermer  xo’jalikdarining  soni  2011  yil  66134 
taga  yetdi  (2004  yil  4008  ta,  2006  yil  99892  ta,  2009  yil  215776  ta,  2010  yil  105200 
ta  bo’lgan)  va  5787,7  ming  ga  yerga  egalik  qildi  va  1621,4ming  ishchi  ishladi. 
Faoliyat  yuritayotgan  fermer  xo’jaliklarining  86%  paxta  va  79,8  %  g’alla,  3,7% 
chorvachilik  mahsulotlari  va  39,6%  meva  va  sabzovot  yetishtiradi.  Bir  fermer 
xo’jaligiga  o’rtacha  24  ga  yer  maydoni  to’g’ri  keladi.  (Andijon  viloyatida  eng  oz,  9 
ga.ni tashkil  qiladi).   
Respublika  bo’yicha  fermer  xo’jaliklarida  o’rtacha  10  kishi 
band (Surxondaryo viloyatida-14  kishi, Sirdaryo va Farg’ona viloyatlarida-9). 
Fermer  xo’jaliklari  qishloq  xo’jaligi  yalpi  mahsuloti  ishlab  chiqarishdagi  ulushi-
34,7%  (2000y-10,0)  shuningdek,  dehqonchilikda-54,8  va  chorvachilikdagi  ulushi-
3,72%  tashkil  qildi.  2007  yil  fermer  xo’jaliklari  tomonidan  3655,7  ming  t  paxta, 
5094,9  ming  t  g’alla,  166,1  ming  t dukkaklilar, 178,2 ming t kartoshka, 1552,1 ming t 
sabzavot,  415,4  ming  t  poliz,  580,1  ming  t  meva,  480,0  ming  t  uzum,  30,0  ming  t 
go’sht (tirik  vaznda), 125,4 ming  t sut va 88,4 ming  dona tuxum ishlab chiqargan. 


 
106 
Dehqon  xo’jaliklarining  (2010y)  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari  yetishtirishdagi 
ulushi  65,9%  (dehqonchilikda  51,9%  va  chorvachilikda  84,8)  tashkil  etib,  shu 
jumladan,  kartoshkaning  84,5%,  sabzavotning  65,9%,  mevaning  52,2%,  uzumning 
43,6%,  go’shtning  (tirik  vaznda)-94,9%,  sutning  97,1%  va  tuxumning  62,5%  ishlab 
chiqardi  va  qishloq  xo’jaligi  tovar  ishlab  chiqaruvchilar  o’rtasida  samarali  faoliyat 
ko’rsatmoqda.  Dehqon  xo’jaliklari  2010 yilda 1447,3ming t go’sht, 4949,7 ming t sut 
va 1382,2 mln  dona tuxum yetishtirdilar. 
Qishloq  xo’jaligi  yalpi  mahsuloti  ishlab  chiqarishda  nodavlat  sektorning  hissasi 
ortib  bormoqda  va  2008  yil  99,6%  tashkil  qildi.  Ayni  vaqtda,  yer  fondi  va  ekin 
tarkiblari  ham  o’zgardi.  Agar,  1991  yil  60%  ekin  maydonlari  davlat  sektori 
tasarrufida  bo’lsa,  1995  yilda  davlat  ta’sarrufida  ularning  3,4% va 2007 yilda esa 1% 
ga yetmagan  qismi qoldi, xolos. 
Mustaqillik  yillarida  aholining  shaxsiy  (yordamchi)  xo’jaliklari  yer  maydonlari 
122  ming  ga  ko’paydi  va  700  ming  ga  ni  tashkil  etdi  va  bugungi  kunda  ularning 
hissasiga 30% dan ortiq qishloq xo’jaligi  yalpi  mahsulotlari  to’g’ri keladi. 
O’zbekiston  qishloq  xo’jaligida  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish  va 
yerkinlashtirish  negizida  mavjud  paxta  yetihtiruvchi  shirkatlar  va  bog’dorchilik-
uzumchilikka  ixtisoslashgan  shirkat  xo’jaliklarini  fermer  xo’jaligiga  aylantirish 
jarayoni  davom etmoqda. 
 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish