Наманган Мухандислик Педагогика Институти Касб таълими факультети


Avtomobil, temir yo’l, havo transporti



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/161
Sana15.08.2021
Hajmi2,22 Mb.
#148248
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy geografiya va ekologiya

3.Avtomobil, temir yo’l, havo transporti 
Avtomobil  transporti.  Avtomobil  yo’llarining  umumiy  uzunligi  86,0  ming 
km,  shundan  qattiq  qoplamli  yo’llar  80,0  ming  km.  Umumiy  foydalaniladigan 
yo’llarning  uzunligi  43,5  ming  km  bo’lib,  buning  3243  km  xalqaro,  18801  km  davlat 
(respublika),  21439  km  mahalliy  (viloyat)  ahamiyatga  ega  yo’llardir.  O’zbekiston 


 
115 
qattiq  qoplamli  avtomobil  yo’llarining  uzunligi  jihatdan  MDH  mamlakatlari 
o’rtasida 4-o’rinda (Rossiya, Ukraina,  Qozog’iston) turadi. 
Mustaqillik  yillarida  avtomobil  yo’llarini ta’mirlash  va  yangi  yo’llar  qurishga, 
avtomobil  parkini  yangilashga  alohida  e’tibor  qaratildi.  Xitoyga  «Toshkent-o’sh-
Ergashtom-Qashg’ar»  (uzunligi  890  m  qamchiq  va  uzunligi  368  m  Rezak 
tunnellari  qurildi),  Hind  okeaniga  chiqish  imkoniyatini  beruvchi  «Termiz-Hirot-
Karachi»  yo’llari  qurilishi  va  ta’mirlash  ishlarida  O’zbekiston  faol  ishtirok 
etmoqda.  O’zbekiston  ijtimoiy-iqtisodiy  hayotida  Katta  o’zbek  trakti  (707  km  dan 
iborat  Toshkent-Termiz  shaharlarini  bog’lovchi  avtomobil  yo’li),  Toshkent-Olmaliq, 
Zarafshon  yo’llari,  Farg’ona  xalqa  yo’li,  Toshkent-Samarqand   avtomobil  Xalqa 
yo’llari, qarshi, Buxoro, 
Orol  bo’yi  yo’llari,  qo’ng’irot-Boysun  avtomogistrali  va 
boshqa yo’llar muhim o’rin tutadi. 
Mamlakat  avtomobil  parki  zamonaviy  xorij  yuk  mashinalari,  avtobuslar  («Ota 
yo’l»)  va  xorij  avtobuslari  (Germaniya,  Koreya  Respublikasi  va  Rossiyadan 
keltirilgan),  Yengil  avtomashinalar  bilan  boyib  bormoqda.  Mamlakatda  avtomobil 
transportining 
rivojlanishida 
1993  yilda  tuzilgan  «o’zavtotrans»  davlat 
aktsionerlik  kompaniyasi  muhim  o’rin tutadi. 
Temir  yo’l  transporti.  O’zbekis tonda  temir  yo’ llarning  uzunligi  6700  km. 
Temir  yo’llarning  uzunligi  jihatidan  MDH  mamlakatlari  o’rtasida  4-o’rinda  (Rossiya, 
Ukraina,  Qozog’iston)  va  Markaziy  Osiyo  davlatlari  o’rtasida  2-o’rinda 
(Qozog’iston)  turadi.  Dastlabki  temir  yo’l  1886-1888  yillarda  Farob 
stantsiyasidan  Samarqand   shahriga  qadar  yotqizilgan.  1917  yilga  qadar 
O’zbekiston  hud ud id a  C Ho r  ho kimiyati  mus tamlakac hilik  va  harb iy 
s trategik   maqsadida  qurgan  temir  yo’llarining  uzunligi  1,1  ming  km  edi. 
O’zbekistonning  barcha  mintaqalari  boshqa  hududlar  bilan  o’zaro 
bog’landi.  1929-1931  yillarda  uzunligi  1452  km  bo’lgan  Turkiston-Sibir 
(Turksib)  temir  yo’li  qurildi.  Mamlakat  hududida  90-yillarga  qadar  2000  km 
dan ortiq  yangi  temir  yo’llar  barpo etildi. 
Mustaqillik  yillarida  mamlakat  iqtisodiyoti  uchun  juda  katta  ahamiyatga  ega 
ichki  yo’llar  g’o’zor-Boysun-qumqo’rg’on  temir  yo’li  qurilishi,  yagona  temir 
yo’l  tizimini  vujudga  keltirish  maqsadida  Navoiy-Uchquduq-Sulton  Uvays-Nukus 
temir  yo’llari  barpo  etildi  (2003  y).  Urganch-Beruniy,  Samarqand-Toshkent 
o’rtasidagi  temir  yo’llar  elektrlashtirildi.  O’zbekistonning  Xitoy,  Koreya 
Respublikasi,  Yaponiya,  yeron,  Turkiya  va  g’arbiy  yevropaning  janubiy 
mamlakatlari  bilan  to’tashtiruvchi  «Transosiyo»  magistrali  (Istanbul-Toshkent-
Olmaota-Pekin) qurilishida (bu magistralning Drujba stantsiyasi (Qozog’iston ), 
Turkmanstonda  Tajan-Saraxs  va  yeronda  Saraxs-Mashhad  qismlari  (1996  yil  13 
may  topshirildi),  Toshkent-o’sh-qashg’ar  temir  yo’li  qurilishidagi  ishtiroki 
mamlakatlararo 
iqtisodiy 
aloqalarni 
rivojlantirish 
imkoniyatlarini 
yanada 
kengaytirdi.  1994  yil  tashkillangan  «O’zbekiston  temir  yo’llari  davlat-aktsionerlik 
kompaniyasi  mamlakatimizda  temir  yo’llar  qurish  va  uning  infratuzilmalarini  barpo 
etish  va  istiqbolda  rivojlantirish  masalalari  bilan  shug’ullanadi.  Yirik  temir  yo’l 
markazlariToshkent, Samarqand, qo’qon va boshqa shaharlardir. 
Quvur  transporti.  XX  asr  boshlarida  (1904  yil)  dastlabki  neft  quvuri-CHimyon-
Vannovsk  (Oltiariq)  qurildi.  Surxondaryo  viloyatida  Lalmikor-qumqo’rg’on  (1947 


 
116 
y),  Amudaryoda  Amu-3ang  (1969y),  g’arbiy  Toshloq-Qashqadaryo  (SHimoliy 
o’rta  buloq-Oltingugurt  (1977  yil),  Ko’kdumaloq-Buxoro  (1995  y),  quvurlardan  neft 
haydaladi. Gaz quvurlari qurilishi  1958 yildan boshlangan. 1956-1960 yillard a  
Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent  magistral  gaz  quvuri  barpo  etildi.   G az 
q uvurlari  b arc ha   vilo yatlar   va  q o ’ s hni  q ir g’iziston  va  Qozog’iston 
davlatlari  hamda  Rossiyaning  Ural  va  Markaziy  rayonlariga  tortilgan.  Magistral 
gaz  quvurlarining  umumiy  uzunligi  (diametri  720-1220  mm)  12,5  ming  km 
dan ortadi. 
Havo  transporti.  Mamlakatimizda  havo  transporti  o’z  faoliyatini  1924 
yildan  boshlagan.  Birinchi  havo  yo’li  800  km  dan  iborat  bo’lib,  Toshkent-
Jambul-Olmaota  shaharlari  o’rtasida  1924  yil  12  mayda  amalga  oshirildi. 
Mustaqillik  yillarida  havo  transportining  rivojlanishi  yangi  bosqichga  kirdi 
va  xalqaro  ko’lamda  yo’lga  qo’yildi.  1993  yil  «O’zbekiston  havo  yo’llari»  milliy 
aviakompaniyasi  tashkil  etildi.  Kompaniya  yevropa,  Amerika  va  Osiyo 
kontinentlarida  o’z  vakolatxo n a la r in i   o c h d i   v a   2 0   d a n   o r t iq  
x a lq a r o   m a s h r u t larda  samolyotlar  qatnovi  yo’lga  qo’yildi.  Mamlakat  havo 
parki  o’ta  zamonaviy,  uzo q q a   uc huvc hi  va  yuq o ri  s amarali  havo  
laynerlari  «Boing-757»,  «Boing-764»  va  «A-ZOO»,  «A-310»  aerobuslari  bilan 
ta’minlandi. 
O’zbekiston 
fuqoro 
aviatsiyasi 
MDH 
mamlakatlari 
o’rtasida  samolyotlar  va  vertolyotlar  soni  jihatdan  3-o’rinda  (Rossiya, 
Ukraina)  va  aeroportlarning  texnik  qurolllanganligi  va  jihozlanish  darajasi 
bo’yicha  1-o’rinda  turadi.  Yo’lovchilar  tashish  va  yuk  aylanmasi  jihatidan 
Ukraina  (aholisi  ikki  barobar  ko’p)  va  Qozog’istondan  oldinda  turadi. 
Toshkent,  Termiz,  Urganch  aeroportlari  xalqaro  maqomga  ega.  Andijon, 
Buxoro,  Navoiy,  Namangan,  Nukus,  Farg’ona,  qarshi,  qo’qon  shaharlarida 
zamonaviy  aeroportlar  mavjud.  Toshkent  shahridan  N  yu-York,  London,  Sankt-
Peterburg,  Istanbul,  Dehli,  Pekin,  Tel  -Aviv,  Seul,  Tokio,  Kuala-Lampur, 
Jidda  va  boshqa  bir  qator  jahonning  yirik  shaharlari  bilan  doimiy  aloqalar 
yo’lga  qo’yilgan. 
Suv  transporti.  Mamlakat  suv  transportida  Amudaryo  asosiy  o’rin  tutadi  va 
suv  yo’llarining  umumiy  uzunligi  1000  km  Termiz-Hayraton,  SHarlovuq-
To’rtko’l, 
Xo’jayli-To’rtko’l, 
Xo’jayli-Beruniy, 
Qaratov-Taxiyatosh 
yo’nalishlarida  yuklar  tashiladi.  Daryo  flotida  150  ga  yaqin  teploxod,  barja  va 
boshqa vositalar  bor. 
 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish