96
Neft va gaz mavjud bo’lgan beshta asosiy mintaqani ajratib ko’rsatish mumkin.
Bular: Ustyurt. Buxoro-Xiva, Janubi-G’arbiy Xisor, Surxondaryo, Farg’ona
mintaqalaridir. Neft va gaz resurslarining zahiralari 1 trillion AQSH dollaridan ziyod
baxolanmokda.
Rivojlanishning hozirgi bosqichida mamlakat xududida topilgan 70 dan ortiq
neft, gaz va gazkondensati konlaridan, hamda mavjud uchta ko’mir konidan
foydalanilmokda. 49 ta neft, gaz va gazkondensat koni esa foydalanishga tayyorlab
qo’yilgan.
Mamlakat yoqilg’i sanoat respublika yoqilg’i-energetika majmuining belgilovchi
tarmog’idir. U barcha turdagi yoqilg’i xomashyosini qazib olish, tabiiy gazni tozalash
va yetkazib berish, neft mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalaridan iborat. Uning
xomashyoni qayta ishlash bilan bog’liq bo’lgan yirik korxonalari Buxoroda
(Korovulbozor), Qashqadaryoda (SHo’rtan, Muborak) , Toshkentda (Angren),
Surxondaryoda (SHarg’un va Tuda), Farg’onada joylashgan.
O’zbekiston neft zahiralariga juda boy. Uning 150 ga yaqin konlari topilgan.
SHudan 92 tasida zahiralarini aniqlash, qazib olish va qayta ishlash ishlari amalga
oshirilmokda. O’zbekistonda neft sanoatining kulami hamda uning mamlakat
iqtisodietidayis saloxiyati yilma-yil ortib bormokda yaqin o’tmishda mamlakatimiz
xududida ikkita (Farg’ona va Oltiarik) neftni qayta ishlash zavodlari mavjud edi.
Birok Har ikki zavodning am ishdab quvvatikam bo’lib,ular fakat Farg’ona
vodiysidagi viloyatlarning extiyojini kondirishga xizmat kilardi.
1904 yilda Farg’ona vodiysi (CHimyon)da birinchi neft koni ochilgan edi.
278metr., chukurlikdan sutkasiga 130 tonna neft qazib olingan
Mustaqillik yillarida istiqbolli Ko’kdumaloq neftь-gaz kondensati xavzasidan
foydalanish boshlandi. 2003 yil 4387 ming t neftь qazib olindi. 2007 yil 4,9 mln
tonna neftь-gaz kondensati ishlab chiqarildi.
Mamlakatimizning
janubiy
va
janubiy-g’arbiy
kismi.
(Buxoro
va
Qashqadaryo)da yangi-yangi neft konlarining ochilishi va eng yirik-Kukdumalok
koninig ishga tushirilishi xorijiy mamlakatlarning mo’taxassislari bilan hamkorlikda
olib borildi. Jumladan Buxoro neftni qayta ishlash zavodini loyixalashtirish va barpo
qilishda 1993 yildan Frantsiyaning " Teknep" firmasi, Yaponiyaning "Marubeni" va
Jey-ji-si", Turkiyaning "Gama"22 kompaniyalari qatnashdi.
Mamlakatimizda neftni qayta ishlash sanoati yilma yil kengayib uning sanoat
korxonalarida jahon andozalariga mos keladigan xilma- xil mahsulot ishlab chiqarish
turi ortib bormokda Jumladan mamlakat neftni qayta ishlash zavodlarida yuksak
oktanli benzin (shu jumladan B-92 aviabenzin) aviakerosin suyultirilgan gaz dizel
yoqilg’isi koks parafin motor moylariga kushilmalar Yengil avtomobillar uchun
motor va surkov moylari (kompressor turbina urchuk moylari) kerosin bitum mazut
kabi 50 turdan ortiq neft mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: