1. Sanoatni rivojlanish darajasi va sur’atlari
Sanoat.
Mamlakat milliy iqtisodiyotida sanoat ishlab chiqarishi muhim o’rin tutadi va
mustaqillik yillarida sanoatning o’zak tarmoqlari (elektro energetika, metallurgiya,
mashinasozliok, kimyo, Yengil va oziq-ovqat) rivojlanishiga ustivor yo’nalish
sifatida qaralmoqda. O’zbekistonda 100 dan ortiq sanoat tarmoqlari bo’lib , 12ta yirik
tarmoq va 6ta o’zak tarmoqlar mavjud. Asosiy fondlarning 40%, ,yalpi ichki
mahsulotning 24% (2010 yil) mazkur tarmoqqa to’g’ri keladi. Sanoat tarmoqlariga
1,2 mln.dan ortiq ishchi va xizmatchilar yog’i jami band aholining 13% to’g’ri keladi.
O’zbekiston sanoat ishlab chiarishi foydali qazilmalarni qazib chiqarish va unga
qayta ishlov berish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga asoslangan.
Mamlakatda yirik sanoat korxonalari tashkil qilingan bo’lib, amalda og’ir
industuriya, Yengil va oziq-ovqat tarmoqlari hamda qishloq xo’jalik mahsulotlarini
qayta ishlash tizmlarini o’z ichiga oladi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan
mingdan ortiq yirik va o’rta korxonalar, aksionerlik jamiyatlari, yirik asosatsiyalar va
birlashmalar, holding kompaniyalari, moliya sanoat guruhlari va qo’shma korxonalar
band.
93
Mustaqillik yillarida O’zbekiston sanoatida muhim tabiiy o’zgarishlar yuz berdi.
Yangi yirik va o’rta korxonalar barpo etildi va ishlab chiqarishga zamonaviy texnik
va texnalogik jarayonlar keng qo’llanildi. Natijada, sanoat ishlab chiqarishining
o’rtacha yillik o’sish sur’ati 1998 yil 3,6%, 1999 yil 6,1%, 2000 yil 6,4% va 2003 yil
6,2% ni ,2010 yilda 12,1% ni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarishida asosiy ustivor yo’nalish import o’rnini bosuvchi
yuzlab mutlaqo yangi mahsulot turlari: aviabenzin, o’zatish moylari, reaktik dvigatel
moylari, tog’ kon sanoat jihojlari, quvur, elektr jihozlari va spirallari, emal simlar,
maishiy nasoslar,nazorat kassa, aparatlar, optek tolali kabellar, elektr hisoblagichlar,
don o’rish kombaynlari, avtobuslar, murakkab maishiy texnika, Yengil va oziq-ovqat
mahsulotlari ishlab chiqarish o’zlashtirildi.
O’zbekiston sanoatida bugungi kunda ishlab chiqarish va is’temol maqsadida
foydalanadigan yuzlab mahsulotlar: samoliyotlar, traktorlar, Yengil avtomobillar,
kabellar, paxta terish kombaniylari, to’qimachilik dasgohlari, ekskavatorlar, kotarma
kranlar,
liftlar,
kuch
transformatorlari,
kompressor
stansiyalari
va
trubakompressorlar, teleradio aparaturalar, xalodilniklar, mineral o’g’itlar, qurilish
materiallari,
lak-bo’yoq
mahsulotlari,
mebel
mahsulotlari,
Engi
va
oziq-
ovqatmahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda (2010 yil) yoqilg’i-energetika majmuasi
27,3%, metallurgiya sanoati 18,2%, mashinasozlik sanoati 15,1%, kimyo sanoati
ulishi 4,8%, qurilish materiallari sanoati 5,3%, o’rmon, yog’och qayta ishlash sanoati
0,9%, Yengil sanoat 14,0%, oziq-ovqat sanoati 8,9% va boshqa tarmoqlar 6,4%
o’ziga xos o’rin tutadi.
O’zbekiston Iqtisodiyotida sanoat ishlab chiqarishi yetakchilik qiladi. U
mamlakat iqtisodiy taraqqiyotda muhim o’rin tutib, xalq xo’jaligining barcha
tarmoqlari uchun moddiy-texnika vositaalarini tuxtovsiz takror ishlab chikkarish
manbai sifatida faoliyat kursatadi, iqtisodiy rayonlarning, viloyatlarning, ijtimoiy
ishlab chikarishning texnikaviy darajasini belgilab beradi hamda moddiy vaa mehnat
resurslaridan foyydalanishning xolatiga ta’sir kursatadi.
Agar O’zbekiston sanoatining mustamlakachilik yillarida tarkib topgan xolatiga
baxo beriladigan bo’lsa ikki narsani qayd qilish joiz. Birinchidan eski ittifok davrida
mamlakatimiz xududida og’ir va Yengil sanoatning muhim turlari rivojlantirilmagan
edi. Jumladan mashinasozlik sanoati (va aynan avtomobil ishlab chiqarish,
elektronika va b.) tukimachilik sanoati (xattoki yetarli xomashyo, arzon ishchi kuchi
mavjud bo’lsa ham) rivojlantirilmagan edi. Ikkinchidan esa respublika xududdida
tashkil kilingan yuzlab asosiy sanoat tarmoqlari ko’zga ko’rinmas ishlar bilan
Rossiyaning sanoat korxonalariga boglab (ya’ni karam qilib) kuyilgan edi.
O’zbekistonda sanoatni rivojlantirishning qator imkoniyatlari, geografik va
iqtisodiy omillari mavjud. Geografik omillar jumlasiga yer sirtki tuzilishning xolati,
iqlimning nisbatan yumshokligi, tabiiy resurslar (masalan, foydali qazilma: ma’dan
(mineral va yoqilg’i) resuruslari, suv resuruslari va ular bilan ta’minlash darajasi
kiradi. Iqtisodiy resurslarga mehnat resurslari, transport va uning rivojlanish xolati
kiradi. SHuningdek uni rivojlantirishda ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasi
muhim rol uynaydi.
94
Mamlakatning sanoati rivojlantirishni shu nuqtai nazardan qaraydigan bo’lsak
uning istiqbolini ko’rish qiyin emas. Mamlakatimz yer osti boyliklari zahiralarining
ko’p xilma-xilligi, mehnat resursining kattaligi, transport tarmoqlarining yaxshi
rivojlanganligi, shuningdek mamlakatda yagona temir yo’l tizimini yaratish sohasida
amalga oshirilayotgan ishlar, xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda barpo qilinayotgan
yuzlab qo’shma korxonalar ana shu istiqboldan darak beradi.
Ayrim tabiiy resurslarga nazar tashlaylik. Sanoatni rivojlantirishda tabiiy
resurslar (va ayniksa foydali qazilmalar) bilan ta’minlanganlik alohida o’rin tutadi.
CHunki yoqilg’i--energetika va metallurgiya sanoatining xomashyo (neft, gaz,
ko’mir, ruda) larsiz sanoatning undiruvchi tarmoqlarini rivojlantirib bo’lmaydi.
Ishlab beruvchi sanoatning ko’pchilik tarmoqlari uchun ham xomashyoni asosan ana
shu undiruvchi sanoat yetqazib beradi.
Suv resurslari ham sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishda alohida omil
hisoblanadi. U sanoatni xududiy joylashtirish va rivojlantirishda qatnashadi. Har
qanday sanoat tarmog’i (va xattoki, alohida olingan sanoat korxonasi) ozmi-ko’pmi
suv iste’mol qiladi. Ayni bir paytda mamlakatimizda suv zahiralari chegaralangan.
Buning ustiga respublika qishloq xo’jaligi asosan sug’orishga tayanadi. SHuning
uchun ham mamlakatda sanoatni, uning markazlarining barpo kilayotganda mazkur
xududlarning suv resurslarini hisobga olishi zarur. Sanoatni joylashtirish va
rivojlantirishda suv zahiralarini hisobga olish " Orol inqirozi" vujudga kelgan hozirgi
davrda ayniqsa dolzarbdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |