Наманган Мухандислик Педагогика Институти Касб таълими факультети


 BMT tamoyillari bo’yicha mamlakatlarni guruhlashtirish



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/161
Sana15.08.2021
Hajmi2,22 Mb.
#148248
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy geografiya va ekologiya

 
2. BMT tamoyillari bo’yicha mamlakatlarni guruhlashtirish 
 
 
Bugungi  dunyo  siyosiy kartasida 210 ta davlat mavjud. 1900 yilda dunyo siyosiy 
kartasida  -  55  ta  mustaqil  davlat  bo’lsa,  1947  yilda  -  57  ta,  1980  yilda  -  160  ta  va 
1999  yilda  -  187  taga  yetdi.  Dunyo  siyosiy  kartasida  mamlakatlarni  turli 
ko’rsatkichlar bo’yicha guruhlashtiriladi.  Jumladan: 
  Hududlar  bo’yicha-chunki  mamlakat  hududi  va  aholisining  kattaligi-siyosiy 
iqtisodiy  va  ijtimoiy  rivojlanish  omilidir.  SHunga  ko’ra,  dunyo  siyosiy  kartasidagi 
mamlakatlar  yirik,  o’rta,  kichik  (mitti)  davlatlarga  bo’linadi.  Hududi  va  aholi  soni 
jihatidan  mamlakatlar,  o’rtasida  farq  juda  katta,  ya’ni  Rossiyadan  (17,8  mln.kv.km.) 
to  eng  mitti  davlat  Vatikanga  (0,44  km.kv)  qadar  bo’linadi.  3  mln.kv.kmdan  ortiq 
hududga  ega  bo’lgan  (Rossiya,  Kanada,  XXR,  AQSH,  Braziliya,  Avstraliya  va 
Hindiston)  ya’ni  7  davlat  quruqlikning  50,0  foizdan  ortig’ini  egallaydi.  100,0 mln.dan 
ortiq  aholiga  ega  mamlakatlar  10  ta  bo’lib  jahon  aholisining  3/5  qismini  tashkil 
qiladi. 
  Mamlakatlarning 
siyosiy, 
iqtisodiy-geografik 
holati 
bo’yicha, 
(N.N.Baranskiy)  guruhlashtirish:  dunyo  siyosiy  kartasida  davlatlarning  joylashishi 
holatiga  ko’ra  orol,  yarim  orol,  arxipelag  mamlakat,  dengiz  bo’yi  mamlakatlariga 
bo’linadi. 40 ga yaqin  mamlakat  esa dengizga  va dunyo okeaniga  chiqa olmaydi. 
  Dunyo 
mamlakatlarining 
ma’muriy-hududiy 
bo’linishiga 
ko’ra 
guruhlashtirish.  Bugungi  kunda  dunyodagi  187  ta  mustaqil  mamlakatlarning  va 
ma’muriy-hududiy  bo’linish  turlichadir.  Dunyo  mamlakatlari  ma’muriy-hududiy 
bo’linishiga  ko’ra  unitar  va  federativ  davlatlarga  bo’linadi.  Dunyo  siyosiy  kartasidagi 
federativ  davlatlar  20  ga  yaqin  bo’lib  yo  milliy  -  etnik  xususiyatlariga  ko’ra, 
(Rossiya,  Belgiya,  Hindiston,  Nigeriya)  yog’i  tarixiy-geografik  xususiyatlari  (GFR, 
Avstriya,  AQSH) bilan  bog’liq holda federatsiya  sifatida tarkib  topgan. 
  Unitar  davlat  (frantsuzcha  «unitar»,  lotincha  «unitas»  -  birlik  yaxlit, 
birlashgan,  bir  butunni  tashkil  qiluvchi)  tashkil  qiluvchi  qismlari  davlat  maqomiga 
ega  bo’lmagan  davlat.  Bunday  davlatda  yagona  oliy  konstitutsiya,  yagona  fuqarolik, 
yagona  oliy  qonun  chiqaruvchi,  yagona  boshqaruv  va  sud  organlari  mavjud  bo’ladi. 
Unitar  davlatning  u  yog’i  bu  qismida  faoliyat  ko’rsatayotgan  davlat  organlari 
mahalliy  davlat  organlari  hisoblanadi.  Unitar  davlat  ma’muriy-hududiy  birliklarining 
chegaralari  markaziy  organlar  tomonidan  qabul  qilingan  qonunlar  asosida 
o’zgartiriladi  va  buning  uchun  mahalliy  davlat  organlari  yog’i  aholining  roziligi  talab 
qilinmaydi.  Davlat  organlari  o’z  faoliyatlarini  markazdan  tayinlanadigan  maxsus 
vakil  (gubernator, komissar, hokim  va xokazo) nazorati  ostida amalga  oshiradilar. 


 
32 
  Federativ  -  lotincha  «federal»  -  ittifoq  bo’lib  mustahkamlash)  -  davlat 
tuzilishi  shakllaridan  biri.  Federativ  davlatlar  murakkab  tuzilishga  ega  davlatlar  deb 
ham  yuritiladi.  Buning  boisi  shundaki,  federativ  davlat,  odatda,  davlatlarning  o’z 
siyosiy  mustaqilligini  ixtiyoriy  ravishda  va  muayyan  doirada  cheklashi  yo’li  bilan 
ittifoqqa birlashuvi  natijasida  yuzaga keladi. 
 
 
Federatsiyaga xos belgilar: 
 
Federatsiya  hududi,  uning  sub’ektlari,  ya’ni  tarkibiy  qismlari  ba’zi  davlatlarda 
-  shtatlardan  (AQSH,  Meksika,  Braziliya,  Venesuela,  Hindiston,  Avstraliya, 
Malayziyada),  ba’zilarida  -  provintsiyalardan  (Argentina,  Kanada),  yoki  yerlardan 
(Olmoniya  va Avstriyada va xokazo) iborat bo’ladi. 
 
Federatsiya  sub’ektlari,  odatda  federativ  davlat  konstitutsiyasiga  zid 
bo’lmagan  o’z  konstitutsiyasini  qabul  qilish  huquqiga  ega  bo’ladi,  lekin  ba’zi  bir 
federativ  davlatlarda  (masalan,  Kanadaning  provintsiyalari,  Venesuelaning  shtatlari, 
shuningdek,  Hindistonning  ko’pgina  shtatlari)  bunday  sub’ektlar  o’zlarining  mustaqil 
konstitutsiyalariga  ega emas. 
 
Federatsiya  va  uning  sub’ektlari  vakolatlari  o’rtasidagi  chegara  ittifoq 
konstitutsiyasida  belgilanadi.  Barcha  federativ  davlatlarda  ikki  pog’onali  davlat 
hokimiyati,  boshqaruvi  va  sud  organlari  mavjud.  Birinchi  pog’ona  -  federatsiyaning 
oliy  qonun  chiqaruvchi,  ijrochi  va  sud  hokimiyatlari.  Ikkinchi  pog’ona  esa  har  bir 
federatsiya  sub’ektining  oliy  qonun  chiqaruvchi,  ijro  qiluvchi  va  sud  hokimiyatidan 
iborat.  Ularning  vakolatlari  konstitutsiya  bilan  belgilanadi.  Vakolatlarning  chegaralari 
turli  xildir.  Masalan,  bir  qator  davlatlarda,  jumladan,  AQSH,  SHveytsariya,  Braziliya, 
Kanada,  Argentina,  Venesuela  va  Meksikaning  federal  konstitutsiyasida  ikki  turdagi 
vakolat  doirasi  belgilangan:  a)  federal  hokimiyatning  mutlaq  vakolat  doirasiga  kirgan 
masalalar  (mudofaa,  pul  chiqarish,  tashqi  aloqa);  b)  federatsiya  sub’ketlarining 
mutlaq  vakolatiga  kirgan  masalalar  (shtat,  oliy  qonun  chiqaruvchi,  ijro  qiluvchi  va 
sud organlarini  tuzish, shtatlarning  o’z qonunlarini  qabul qilishi,  byudjet masalalari). 
 
Ba’zi  bir  davlatlarda  (masalan  GFR,  Hindiston,  Malayziyada)  yuqoridagi  ikki 
vakolat  doirasi  uchinchi  vakolat  doirasi  bilan to’ldiriladi. Unga ko’ra, ba’zi masalalar, 
bir  vaqtning  o’zida  ham  federatsiya  sub’ekti  vakolatiga  kiritilgan.  Bu  vakolat  doirasi 
turiga  binoan,  agarda  bir  masalani  federal  qonunchilik  bilan  federatsiya  sub’ekti 
qonunchiligi  turlicha  tartibga  soladigan  bo’lsa,  federal  qonunchilik  amal  qiladi,  ya’ni 
umum federativ  qonunchilikka  imtiyoz  beriladi. 
 
Har  bir  federatsiya  sub’ekti  o’zining  huquq  va  sud  tizimiga  ega  bo’ladi. 
Masalan,  50  shtatdan  tashkil  topgan  AQSH  da  har  bir  shtat  bir-biridan  farq  qiluvchi 
huquq tizimi  va o’z sud tizimiga  ega. 
 
Ko’pgina  federativ  davlatlarda  umumdavlat  fuqaroligi  va  ayni  vaqtda 
federatsiya  sub’ektlarining  o’z  fuqaroligi  ham  mavjud  bo’ladi.  Lekin  bu  xususiyat 
hamma  federativ  davlatlarga  xos  emas.  Masalan,  Kanada,  Venesuela,  Hindiston  va 
Malayziyada  faqatgina  federal  fuqarolik  belgilab  qo’yilgan. 
 
Federatsiya  sub’ektlari  odatda  o’z  manfaatlarini  himoya  qilish  maqsadida 
federal  parlamentga  maxsus  palataga  egadirlar  (masalan,  AQSH  Kongressining 
yuqori  palatasi  -  Senat,  Olmoniya  parlamentida  -  Bundestag,  Hindiston  parlamentida 


 
33 
-  SHtat  kengashi,  Meksika  Kongressida  -  Senat  va  xokazolar  shu  vazifasini 
bajaradilar).  Lekin,  ular  unitar  davlatlardagi  parlamentlarning  yuqori  palatasidan  juda 
kam  farq  qiladilar.  CHunki,  odatda,  federatsiya  sub’ektlari  milliy  davlat  tuzilmalari, 
sifatida  qaralmaydi  va  ular  maxsus  manfaatlarga  ega  emas  (Mustaqillik:  izohli  ilmiy-
ommabop lug’at.:  1998. 219-220-b). 
Respublika  -  (lotincha  «res»  -  ish  va  «publikas»  -  ijtimoiy:  umumxalq  ishi)  – 
davlatni  boshqarishning  asosiy  shakllaridan  biridir.  Boshqarishning  respublika  shakli 
o’rnatilgan  mamlakatlarda  davlat  hokimiyatining  oliy  organlari  muayyan  muddatga 
saylanib  qo’yiladi. 
Tarixda  respublikaning  har  xil  turlari  bo’lgan.  qadimgi  Yunoniston  va  o’rta 
asrlar  davridayok,  ayrim  davlatlar,  boshqarish  shakliga  ko’ra,  aristrokratik  yoki 
demokratik  respublika  shaklida  bo’lgan.  qadimgi  davrda  -  Sparta  va  Rim,  o’rta 
asrlarda  Genuya,  Venetsiya,  Florentsiya,  Buyuk  Novgorod  va  Pskov  shahar  - 
davlatlari  aristrokratik  respublika  shaklida  bo’lganlar.  Demokratik  respublika 
qadimgi  Gretsiya  -  Afinada  o’rnatilgan  bo’lib,  fuqarolar  uchun  umumiy  saylov 
huquqi  joriy  qilinganligi,  har  yili  qonunlarning  qaytadan  tasdiqlanganligi  va 
mansabdor  shaxslarning  qaytadan  saylanganligi,  oliy  hokimiyat  organi  -  Xalq  majlisi 
ekanligi  bilan  harakterlanadi. 
Respublikaning  turli  shakllari  va  ularning  o’ziga  xos  xususiyatlari  xaqidagi 
fikrlar  qadimgi  davr  mo’tafakkirlari  asarlarida  ko’plab  uchraydi.  XIX-XX  asrlarga 
kelib,  respublika  davlatni  boshqarishning  eng  keng  tarqalgan  shakliga  aylandi. 
Hozirgi  davrda  respublikaning  uchta  asosiy  turi  mavjud:  Prezidentlik  respublikasi, 
parlamentar  respublika va aralash respublika. 
Prezidentlik  respublikasining  Amerika  qo’shma  SHtatlari,  Argentina,  Braziliya, 
Venesuela,  Gvatemala,  Zambiya,  Keniya,  Kolumbiya,  Meksika,  Paragvay,  Peru, 
Salvador  kabi  mamlakatlar  uchun  xos  xususiyatlari:  maxsus  tashkil  etilgan  kollegial 
organ  tomonidan  saylanishi;  prezidentning  parlamentdan  mustaqilligi:  bosh  vazir 
lavozimining  yo’qligi:  hukumatning  prezident  tomonidan tuzilishidir. 
Parlament  respublikasida  ko’ppartiyaviylik  tizimi  rivojlangan  bo’lib,    mamlakat 
aholisi  davlat  hokimiyatining  oliy  qonun  chiqaruvchi  organ-parlament  depo’tatlarini 
ma’lum  bir  muddatga  saylaydi:  parlament  saylovlarida  g’alaba  qozongan  partiya 
rahbarlari  hukumatni  tuzadilar,  agar  hech  bir  partiya  vakillari  parlamentda  ko’pchilik 
o’rinlarni  ololmasa,  koalitsion  (aralash)  hukumat  tashkil  qilinadi:  davlat  boshlig’i  - 
Prezident  parlament  tomonidan  saylanadi;  hukumat  boshligi  bosh  vazir  bo’lib,  real 
hokimiyat  uning  qo’lida  to’planadi,  hukumat,  parlament  oldida  javob  beradi; 
hukumat  tarkibini  parlament  belgilaydi,  uning  qabul  qiladigan  qarorlariga  o’z  ta’sirini 
ko’rsatadi,  butun  hukumatni  yoki  uning  ayrim  a’zolarini  iste’foga  jo’natadi. 
Parlamentar  respublikada  boshqarish,  qonun  chiqarish,  davlatning  ichki  va  tashqi 
siyosatini  amalga  oshirishda  prezident  emas,  balki  bosh  vazir  hal  qiluvchi  rolni 
o’ynaydi.  Davlatni  boshqarishning  parlamentar  respublika  shakli  hozirgi  davrda 
Olmoniya 
Federativ 
Respublikasi, 
Italiya, 
Hindiston, 
Avstriya, 
Albaniya, 
Bangladesh, Isroil, Polьsha, Ruminiya,  Turkiya  kabi mamlakatlarda  o’rnatilgan. 
Aralash  respublikada  prezidentlik  va  parlamentar  respublikaning  asosiy 
xususiyatlari  birgalashib  o’z  aksini  topadi.  Uning  muhim  xususiyatlaridan  biri 
shundaki,  prezident  bilan  hukumat  o’rtasida  to’g’ridan-to’g’ri  yuridik    aloqa   zaifdir. 


 
34 
Prezident  bevosita  xalq  tomonidan  ma’lum  muddatga  saylanadi.  U  bevosita 
hukumatga  rahbarlik  qilmaydi.  Hukumatni  bosh  vazir  boshqaradi.  Parlament  bilan 
hukumat  o’rtasida  kelishtirib  bo’lmaydigan  nizo  kelib  chiqqanda,  prezident 
konstitutsiyaga  binoan,  parlamentni  yoki  uning  quyi  palatasini  tarqatib  yuborish 
huquqiga  ega.  qonun  bilan  belgilangan  muddat  o’tgandan  so’ng,  xalq  tomonidan 
saylangan  hokimiyat  organlarining  vakolati  tugatiladi  va  ularga  qaytadan  saylov 
o’tkaziladi.  Aralash  respublika  shakli  hozirgi  davrda  Frantsiya  va  Rossiya 
Federatsiyasi uchun xosdir. 
80-yillarning  oxiri  90-yillarning  boshida  sobiq  ittifoq  hududida  nihoyatda 
murakkab  siyosiy  va  mafkuraviy  vaziyat  mavjud  paytda,  O’zbekistondagi  muayyan 
vaziyatni  inobatga  olib,  ijodiy  ravishda  respublikaviy  boshqarishning  shunday  shakli 
tanlab  olindiki,  u  Prezident  respublikasi,  parlamentar  respublika  va  aralash 
respublikaga  xos  tomonlar  va  jihatlarini  o’zida  mujassamlashtiradi.  Bu  narsa 
davlatimizni  hozirgi  zamonning  murakkab  vaziyatida  talab  darajasida  boshqarish 
imkonini  beradi.  (Mustaqillik:  izohli  ilmiy-ommabop  lug’at.  T.:  1998,  185-187 
betlar.). 
Davlat  boshqaruvining  monarxiya  shakli  30  ta  mamlakatda  mavjud.  Monarxiya  - 
davlat  boshqaruvining  shunday  shakliki  -  davlat  boshlig’i  imperator,  qirol (qirolicha), 
gertsog,  knyaz,  sulton,  shayx  va  boshqalar.  Bunda  oliy  hokimiyatni  boshqarish 
avloddan-avlodga  meros  tarzida  o’tadi.  Monarxiya  boshqaruvi  xilma-xil  bo’lib, 
konstitutsion  monarxiya,  absolyut  (teokratik)  monarxiya  shakliga  ega,  yevropada 
mitti  davlatlar  Monako,  Lixtenshteyn  kabilarda-gertsoglik  va  Vatikanda  esa  teokratik 
monarxiya  boshqaruv shakllari  qaror topgan. 
Buyuk  Britaniya  dunyodagi  eng  qadimgi  konstitutsion  monarxiya  boshqaruviga 
ega.  qirol  (qirolicha)  Yelizaveta  II-davlat  boshlig’i,  oliy  sud,  qirollik  qo’shinlari  oliy 
bosh  qo’mondoni,  anglosaks  cherkovi  va  Britaniya  hamjamiyati
3
  boshlig’idir. 
Amalda  esa  qonun  chiqaruvchi  oliy  organ  parlament  va  ijro  etuvchi  organ  ministrlar 
kabinetidir.  qirol parlament  qabul qilgan  qarorlarni  tasdiqlaydi. 
Yaponiya  ham  konstitutsion  monarxiya  tipida  bo’lib,  imperator  davlat  va  millat 
ramzi  hisoblanadi,  qonun  chiqaruvchi  organ  parlament,  ijro  etuvchi  organ  - ministrlar 
kabinetidir. 
Saudiya  Arabistoni  esa  absolyut  monarxiya  bo’lib,  davlat  boshlig’i  qirol  ham 
qonun  chiqaruvchi  ham  ijro  etuvchi  hokimiyat,  bir  vaqtning  o’zida  bosh  ministr, 
qurolli  kuchlar  oliy  bosh  qo’mondoni,  oliy  sud  va  din  peshvosidir.  Hukumat  asosan 
qirol oilasi  a’zolaridan  iboratdir. 
Xalqaro amaliyotda  dunyo mamlakatlari  3 ta asosiy guruhga: 
a) iqtisodiy rivojlangan  bozor iqtisodiyoti  mamlakatlari; 
b) bozor iqtisodiyotiga  o’tayotgan mamlakatlar; 
v)  rivojlanayotgan  mamlakatlarga  bo’linadi.  Dunyo  mamlakatlarini  bunday 
guruhlashtirish  BMTning  iqtisodiy  va  ijtimoiy  kengashi  (EKOSOS)  tomonidan  tahlil 
qilishni  qulaylashtirish  maqsadida qilingan. 
                                                 
“Britaniya  hamjamityati”  Buyuk  Britaniyaga  qarashli  sobiq  mustamlakalar  ozodlikka  erishgandan  so’ng yuzaga kelgan 
bo’lib,  hozir uning tarkibiga  50 ta mamlakat  kiradi.
 


 
35 
a)  Iqtisodiy  rivojlangan  bozor  iqtisodi  mamlakatlari  -  tarkibiga  24  ta  davlat 
kiradi.  Bu  guruh  tarkibida  sanoati  rivojlangan  yalpi  ichki  mahsulot  (YaIM)  hajmi 
katta  bo’lgan  iqtisodiy  rivojlangan  bozor  iqtisodiyoti  mamlakatlari  -  Germaniya, 
Italiya,  Kanada,  Buyuk  Britaniya,  AQSH,  Frantsiya, Yaponiya; yevropa Ittifoqi (EI) - 
Bel  giya,  Germaniya,  Gretsiya,  Daniya,  Irlandiya,  Ispaniya,  Italiya,  Lyuksemburg, 
Niderlandiya,  Portugaliya,  Buyuk  Britaniya,  Frantsiya,  SHvetsiya,  Finlyandiya  va 
Avstriya;  yevropa  yerkin  savdo  assotsiatsiyasi  (EAST)  Avstriya,  Islandiya, 
Lixtenshteyn, 
Norvegiya, 
SHveytsariya, 
SHvetsiya; 
Benilyuks, 
(Bel 
giya), 
Niderlandiya  va  Lyuksemburg  va  SHimoliy  Amerika  yerkin  savdo  kelishuvi 
(NAFTA) - AQSH, Kanada, Meksika  va Avstraliya  mavjud. 
b)  Bozor  iqtisodiyotiga  o’tayotgan  mamlakatlar  quyidagi  kichik  guruhlarga: 
SHarqiy  yevropa  mamlakatlari  -  Albaniya,  Bolgariya,  VEngriya,  Pol  sha,  Ruminiya, 
CHexiya,  Slovakiya;  MDH  va  Boltiq  bo’yi  mamlakatlari  -  Rossiya, Ukraina, Belarus, 
Qozog’iston,  O’zbekiston,  qirg’iziston,  Turkmaniston,  Tojikiston,  Armaniston, 
Moldova,  Ozarbayjon,  Gro’ziya,  Latviya,  Litva  va  estoniya,  shuningdek  sobiq 
Yugoslaviya  o’rnida  yuzaga  kelgan  mustaqil  davlatlar;  Xorvatiya,  Sloveniya, 
Makedoniya,  Yugoslaviya  (Serbiya va CHernegoriya  federatsiyasi)dan  iborat. 
Bu  guruh  mamlakatlarida  XX  asr  80-yillarining  o’rtalaridan  boshlab  dastlab  Pol 
shada,  so’ngra  SHarqiy  yevropaning  boshqa  mamlakatlari  va  90-yillarining 
boshlaridan  sobiq  SSSR  va  Yugoslaviyada  yirik  siyosiy,  iqtisodiy-ijtimoiy  hayotda 
katta  tarixiy  o’zgarishlar  boshlandi,  90-yillar  boshidan  boshlab  deyarli  yuqoridagi 
barcha  mamlakatlarda  siyosiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  islohotlar  amalga  oshirilishi 
natijasida  -  bozor  munosabatlariga  o’tish  va  bozor  iqtisodiyotini  rivojlantirish 
bosqichi boshlandi. 
90-yillarning  oxiriga  kelganda  Pol  sha,  CHexiya,  VEngriya,  Ruminiya, 
Bolgariya  va  O’zbekistonda  amalga  oshirilgan  iqtisodiy  islohotlar  o’zining  natijasini 
berdi  va  iqtisodiy-ijtimoiy  hayotda  sezilarli  o’zgarishlar  -  barqaror  iqtisodiy  o’sish 
boshlandi. 
v)  Rivojlanayotgan  mamlakatlar  -  odatda  iqtisodiy-geografik  holatlariga  ko’ra 
mintaqalar  bo’yicha  guruhlanadi.  Tahlil  qilish  maqsadlarida,  ular  faol  to’lov 
balansiga  ega  mamlakatlarga  va  kapital  import  qiluvchi  mamlakatlarga  bo’linadi. 
Kapital  import  qiluvchi  mamlakatlar  o’z  navbatida  energo  resurslarni  eksport 
qiluvchi  va  energo  resurslarni  import  qiluvchi  mamlakatlarga  bo’linadi.  energo 
resurslarini  eksport  qiluvchi  mamlakatda  dastlabki  energo  resurslarini  ishlab 
chiqarish  (toshko’mir,  lignit,  neft,  tabiiy  gaz,  gidro  va  atom  energetikasi)  o’zining 
ehtiyojlaridan  kamida  20,0  foiz  ortiqroq  bo’lishi  lozim.  Rivojlanayotgan  mamlakatlar 
safida  faol  to’lov  balansiga  ega,  energo  resurslarini  import  qiluvchi,  keyingi  yillarda 
tayyor  buyumlarni  katta  muvaffaqiyat  bilan  eksport  qiluvchi  Osiyo  mamlakatlari  va 
hududlar (Syangan, Koreya Respublikasi, Singapur va Tayvan) mavjud. 
Rivojlanayotgan  mamlakatlar  o’rtasida  keyingi  20  yilda  chuqur  iqtisodiy 
tabaqalanish  yuzaga  kelmoqda.  Bugungi  kunda  ularni  3  ga  ajratish  mumkin.  Birinchi 
guruhni  sanoati  rivojlangan  mamlakatlar  -  «yangi  industrial  mamlakatlar»  (YaIM) 
guruhi  tashkil  qiladi.  Bunga  -  Argentina,  Braziliya,  Syangan,  Koreya  Respublikasi, 
Meksika,  Singapur,  Tayvan  va  Turkiya  kiradi.  Oraliq  guruhga  yalpi  ijtimoiy 
mahsulot,  sanoat  ishlab  chiqarish  hajmi, aholi jon boshiga tovarlar ishlab chiqarish va 


 
36 
xizmatlar  ko’rsatish  bo’yicha  sezilarli  darajada  orqada  bo’lgan  Yaqin  SHarq 
mamlakatlari  kiradi.  Bu  mamlakatlarda  iqtisodiyotning  tarmoq  tarkibi,  aholining 
ijtimoiy  qatlamlari  va jamiyatdagi  holati  g’oyat turlichadir. 
SHuningdek,  nisbatan  «rivojlangan  mamlakatlar»  guruhiga  50  ga  yaqin 
mamlakatlar  kiradi.  Bu  mamlakatlar  tor  monokul  tura  xo’jalik  tizimi  va  xorij 
kapitaliga  bog’liqligi  bilan  ajralib  turadi.  BMT  bu  mamlakatlarga  nisbatan  3  ta 
o’lchov  bilan  yondoshadi.  Ular  uchun  aholi  jon boshiga YaIM 350 AQSH dollaridan 
oshmasligi,  katta  aholi  o’rtasida  o’qishni  biluvchilar  -  20  foiz  atrofida  va  ishlov 
beruvchi  sanoatning  YaIMdagi  hissasi  -  10  foizdan  oshmasligi  xosdir.  Bu  guruhga 
Osiyodan-8, Afrikadan  - 28, Lotin Amerikasi  va Okeaniyadan  5 ta mamlakat  kiradi. 
Lotin  Amerikasi,  Afrika  va  Osiyoda  ko’plab  yerkin  savdo  mintaqalari,  bojxona, 
iqtisodiy  ittifoqlar  yuzaga  keldi.  Bular  -  And  pakti  (Boliviya,  Venesuela,  Kolumbiya, 
Peru),  Markaziy  Amerika  umumiy  bozori  -  Gvatemala,  Gonduras,  Kosta-Rika, 
Nikaragua  va  Sal  vador,  Osiyo-Tinch  okeani  iqtisodiy  hamkorligi  -  14  ta 
rivojlanayotgan  mamlakatlar  shuningdek,  iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlardan 
AQSH,  Kanada  va  Yaponiya  kiradi.  Janubiy-SHarqiy  Osiyo  davlatlari  assotsiatsiyasi 
-  (ASEAN-Bruney,  Ve’tnam,  Indoneziya,  Malayziya,  Singapur,  Tailand  va  Fillippin), 
MERKOSUR  (Argentina,  Braziliya,  Paragvay  va  Urugvay),  Janubiy  Afrika 
rivojlanish  qo’mitasi  -  SADK  (Angola,  Botsvana,  Lesato,  Malavi,  Mozambik, 
Namibiya,  YuAR,  Svazilend,  Tanzaniya,  Zimbabve),  Arab  umumiy  bozori  -  Misr, 
Iordaniya, Iroq, Yaman,  Liviya,  Mavritaniya  va Suriya kiradi. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish