Наманган Мухандислик Педагогика Институти Касб таълими факультети



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/161
Sana15.08.2021
Hajmi2,22 Mb.
#148248
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy geografiya va ekologiya

Siyosiy geografiya
 
Hozirgi  bosqichda  dunyodagi  mamlakatlarning  davlat  va  jamiyat  qurilishining 
bosh  belgilari  va  xususiyatlari,  mamlakatlarning  ichki  va  tashqi  siyosatining  asosiy 
yo’nalishlari; 
 
Mamlakatlarning  siyosiy-geografik  ya’ni  (geostrategik)  mikro,  mezo  va 
makro holati,  davlat  chegaralarining,  hududiy tarkibining  shakllanish  bosqichlari; 
 
Mamlakatlar  aholisining  milliy,  ijtimoiy-siyosiy-iqtisodiy  hayotdagi  roli  va 
o’rnini; 


 
28 
 
Mamlakatlarning  jahon  hamjamiyatidagi,  xalqaro  siyosiy,  iqtisodiy  va 
nodavlat  tashkilotlardagi  o’rni,  mamlakatlarning  siyosiy  maqsadlari  va  xalqaro 
munosabatlar tizimidagi  ishtirokini  tadqiq qiladi. 
Siyosiy-geografiyadagi  eng  muhim  geografik  muammolaridan  biri-dunyo 
siyosiy  kartasining  shakllanish  jarayonidir.  Bu  jarayon  iqtisodiy  Harakterga  ham  ega 
bo’lib,  ishlab  chiqarish  kuchlari  taraqqiyotining  «vaqt  chizig’i»  davomida  rivojlanish 
bosqichlarini  ifodalaydi.  Dunyo  siyosiy  kartasining  shakllanish  jarayoni  avvalo 
ijtimoiy  mehnat  taqsimotining  yuzaga  kelishi,  xususiy  mulkchilikning  rivojlanishi, 
sinflarining 
va 
turli 
ijtimoiy 
tabaqalarning 
manfaatlarini 
himoya 
qiluvchi 
davlatlarning  ijtimoiy-siyosiy  hodisa sifatida tashkil  topishini  ifodalaydi. 
Dunyo  siyosiy  kartasining  shakllanishini  quyidagi  bosqichlarga  bo’lib  o’rganish 
maqsadga muvofiq: 
1. Mil.old  IV ming  – III minginchi  yillardan  to mil.  Vasriga qadar; 
2. 
Mil  V asrdan to XVII asrning  o’rtalari; 
3. 
XVII asr o’rtalaridan to XIX asr o’rtalari; 
4. 
XIX asr 70-yillaridan  to XX asr boshlari (1913); 
5. 
XX-asrning  20-90 yillari  va XXI asr boshlari; 
 
1.  Mil.  old.  IV  ming  -  III  minginchi  yillardan  to  mil.  V  asriga  qadar.  Bu 
bosqichda  Atlantika  okeanidan  Tinch  okeaniga  qadar  bo’lgan  mintaqada  o’z 
davrining  yirik  quldorlik  davlatlari  shakllandi.  Rim  imperiyasida  50,0  mln.  aholi, 
Hindiston  va  Xitoyda  40-50  mln.dan  aholi  yashagan.  Dastlabki  davlatlar  bilan  bir 
qatorda  davlat  tuzilishining  ikki  shakli:  (qadimgi  Misr,  Vavilon,  Ossuriya,  yeron  va 
Rim  imperiyasi)  monarxiya  va  (Finikiya,  Gretsiya  shahar  davlatlari,  qadimgi  Rim 
(birinchi  bosqichda)  respublika  yuzaga  keldi.  Ayni  vaqtda,  quldorlik  mintaqasidan 
tashqari  yirik  hududlarda  turli  qabila  va  xalqlar  yashab,  taraqqiyot  boshlang’ich 
bosqichida  ekanligi  bilan  Harakterlanar  edi.  Yeramizning  I-asrida  xalqlar  va 
kabilalarning  Buyuk  ko’chishi  yirik  quldorlik  davlatlarining  siyosiy  jihatdan 
talvasaga  soldi.  Jumladan,  V-asrda  Rim  imperiyasi quladi va quldorlik tuzumi barbod 
bo’ldi. 
2.  Milodning  V  asridan  to  XVII  asrning  o’rtalarigacha  .  Bu  bosqich  Yevropada 
V  asrdan  -  XVII  asrga  qadar  davom  etdi,  1500  yilga  kelib  yer  shari  aholisining  soni 
400-500  mln.kishiga  yetdi.  Buning  3g’4  qismi  Osiyo  qit’asiga  to’g’ri  kelar  edi. 
SHahar  hayoti  bo’yicha  Osiyo  Yevropadan  o’zib  ketdi.  Ammo,  Yevropada  uzoq 
davom  etgan  turg’unlikdan  so’ng  shaharlar  -  hunarmandchilik,  savdo,  madaniy  va 
siyosiy markazlar  sifatida  katta rol o’ynay boshladi. 
Natural  xo’jalik  va  mehnat  taqsimotining  pastligi  oqibatida  siyosiy  karta  g’oyat 
mayda-mayda  bo’laklardan  iborat  edi.  (birgina  Germaniya  hududida  300  dan  ortiq 
kichik  davlatlar  bo’lgan).  Ichki  bozorning  shakllanishi,  xalqlar  o’rtasida  etnik 
konsolidatsiyaning  kuchayishi  bilan  yirik  markazlashgan,  absolyut  monarxiya 
tipidagi  davlatlar  -  Frantsiya,  Angliya,  Ispaniya, Rus davlati, Hindiston, Xitoy, Temur 
davlati  va boshq. yuzaga keldi. 
Sanoat  rivojlanishi  bilan  bir  qatorda  shaharlar  tez  rivojlandi.  CHunonchi,  XVII 
asr  boshlarida  Londonda  200  ming,  Parij  va  Neapolda  300  mingdan  ortiq  aholi 
yashay  boshladi.  Aholining  migratsion  harakatlari  kuchaydi.  Bu  jarayonlar  Yevropa 


 
29 
mamlakatlaridan  Angliya,  Niderlandiya,  Frantsiyaga,  ozroq  Italiya,  Ispaniya, 
Germaniyaga  xos  bo’lib,  Osiyo,  Afrika,  SHimoliy  va  Janubiy  Amerika, Avstraliya va 
Okeaniyada  ishlab  chiqarish  kuchlari  taraqqiyoti  past  darajada  qola  berdi.  Natijada, 
Yevropa  jahon  xo’jaligida  yetakchi  mavqega  ega  bo’lib  qoldi  va  bugungi 
sanoatlashgan qiyofa uchun asos solindi.. 
3.  XVII  asr  o’rtalaridan  XIX  asr  o’rtalariga  qadar  bo’lgan,  bosqichda  tom 
mahnosi  bilan  Yevropada  «sanoat  inqilobi»  davri  bo’lib,  manufaktura  (qo’l  bilan 
ishlab  chiqarish)  bosqichidan  fabrika  -  zavod  ishlab  chiqarish  bosqichiga 
o’tayotganligi  bilan  Harakterlanadi.  Yevropa  mamlakatlarida  industrlashtirish, 
sanoatning  moddiy  ishlab  chiqarishning  bosh  sohasiga  aylanishi  jarayoni  boshlandi. 
Bug’  mashinasining  (1784)  ixtiro  qilinishi  esa  sanoat  va  transportda  (parovoz, 
paroxod) inqilobiy  o’zgarishlarga  sabab bo’ldi. 
1789-1793  yillardagi  Buyuk  Frantsuz  inqilobi  siyosiy  ustqurmada  ham  muhim 
o’zgarishlarga  olib  keldi.  Absolyut  monarxiya  o’rniga  respublika  (Frantsiyada), 
konstitutsion  monarxiya  (Buyuk  Britaniya,  Niderlandiya)  tizimlari  qaror  topdi  va 
bugungi  kunga  qadar  ham  saqlanib  kelmoqda.  Bu  bosqichning  muhim  ijtimoiy 
oqibatlari  avvalo  aholi  sonining  g’oyat  tez  ko’payishi  (1650  yilda  550  mln.kishidan, 
1850  yilda  1250  mln.kishiga  yetdi)  va  shaharlarning  yiriklashuvi,  kontinentlararo 
migratsion  harakatlarning  jonlanishi  (asosan  Yevropa  mamlakatlaridan  Amerika  va 
Avstraliyaga),  millatlarning  shakllanishi  bilan  Harakterlanadi.  Osiyo,  Amerika, 
Avstraliyaning  ichki  rayonlarini  o’zlashtirish  davom etdi. 
Evropada  ishlab  chiqarish  kuchlarining  jadal  rivojlanishiga  sanoat  inqilobi 
g’oyat  kuchli  ta’sir  etdi.  Jahon  iqtisodiyotida  Yevropa  so’ngra,  1776  yilda  tashkil 
topgan  AQSH  katta  o’rin  tuta  boshladi.  Angliya  jahon  mamlakatlari o’rtasida sanoat, 
savdo, moliya va harbiy jihatdan yetakchi mavqega ega bo’ldi. London jahondagi eng 
yirik  shahar,  port  va  moliya  marqaziga  aylandi.  1870  yil  jahon  sanoat  ishlab 
chiqarishning  33,0  foizi  Angliya  hissasiga,  25,0  foizi  esa  AQSH  hissasiga  to’g’ri 
kelar  edi.  Buyuk  Britaniya  Ispaniya,  Niderlandiya,  Frantsiya  bilan  urushlar olib borib, 
umumiy  maydoni  22,0  mln.km.kv  bo’lgan  (Hindiston,  Kanada,  Avstraliya,  Janubiy 
Amerikada)  hududlarni  o’ziga  qaratib  oldi.  Ispaniya  esa  o’zining  Lotin 
Amerikasidagi  deyarli  barcha  mustamlakalaridan  ajrab  qoldi.  (Lotin  Amerikasidagi 
1810-1825  yillardagi  milliy  ozodlik  harakati  natijasida.)  Bu  holat  Angliyani  jahon 
iqtisodiyoti  va siyosiy kartasida haddan tashqari katta o’rin tutishiga  olib keldi. 
4.  XIX  asr  70-yillaridan  XX  asr  (1913  y)  boshlarigacha.  Bu  bosqichda  ishlab 
chiqarish  kuchlari  yanada  rivojlandi.  Ayniqsa,  sanoat  tarmoqlari  gurkirab  o’sdi. 
1870-1913  yillarda  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  5  martaga  ko’paydi. 
Sanoatning  yangi  tarmoqlari  -  elektro  energetika,  neft  qazib  chiqarish,  mashinasozlik, 
kimyo tez rivojlandi. 
Og’ir  sanoat  Yengil  sanoatdan  ustun  rivojlandi.  Ishlab  chiqarish  va  kapital 
kontsentratsiyasining  kuchayishi  esa  ishlab  chiqarishni  boshqarishning  yuqori  va 
samarali  shakllari  (monopoliyalar,  kontsernlar  va  sindikatlarni)  yuzaga  keltirdi. 
Ishlab  chiqarishning  umumlashuvi  hududiy  umumlashuvning  kuchayishiga  va  sanoat 
tugunlari,  markazlari,  rayonlarining  shakllanishiga  olib  keldi.  Og’ir  sanoat  asosan 
ko’mir  havzalarida  (Rur,  Donetsk,  Appalachi,  Markaziy  Angliya  va  boshq.) 
rivojlandi.  Dastlabki,  sanoat-shahar aglomeratsiyalari  yuzaga keldi. 


 
30 
Ichki  yonuv  dvigatelini  ixtiro  qilinishi  oqibatida  transport  tarmoqlarida  yanada 
kuchli  o’zgarishlar  ro’y  berdi.  Rossiya,  AQSH  va  Kanadada  dastlabki 
transkontinental  temir  yo’llar  qurildi.  Dengiz  transporti  kontinentlararo  ahamiyat 
kasb  etdi.  (Elkanli  kemalar  bug’  bilan  yuradigan  kemalar  bilan almashdi.) Suvaysh va 
Panama  kanallarining  qurilishi  tufayli  okeanlararo  yuk  yo’nalishlari  shakllandi. 
Transportning rivojlanishi  xalqaro bozorni yanada kengayishiga  olib keldi. 
 
5.  XX  asrning  20-90  yillari  va  XXI  asr  boshlari  XX  asrning 20-90 yillari va XXI 
asr  bo’sag’asi  dunyo  siyosiy  kartasida  va  jahon  xo’jaligida  muhim  miqdor  va  sifat 
o’zgarishlari  yuz  berganligi  bilan  ajralib  turadi.  Dunyo  siyosiy  kartasidagi 
o’zgarishlar: 
a)  1917  yil  Rossiyada  oktyabr  to’ntarishi  bilan  bog’liq  jahonning  ikki  ijtimoiy-
iqtisodiy tuzumga  bo’lib yuborilishi; 
b)  1939-1945  yillardagi  ikkinchi  jahon  urushi  oqibatida  Yevropa  siyosiy 
kartasida  Germaniyaning  uchga  (GFR,  GDR  va  g’arbiy  Berlin)  bo’linishi;  SHarqiy 
Yevropada  xalq  demokratiyasi  shaklidagi  davlatlarning  (PXR,  CHSSR,  VXR,  RSR, 
BXR,  YuSFR,  AXDR,  GDR,  Osiyoda,-XXR,  KXDR,  VSR)  Lotin  Amerikasida  esa 
1959 yil  Kubaning,  1970 yil  o’rtalaridan  LXDR ni yuzaga  kelishi; 
v)  XX  asr  50-yillarning  o’rtalaridan  mustamlaka  va  qaram  hududlarda 
mustaqillik  uchun  kurashning  kuchayishi  oqibatida  Osiyo,  Afrika  va  Lotin 
Amerikasi,  Okeaniya  hududida  120  dan  ortiq  mustaqil  davlatlarning  yuzaga  kelishi
2
 
va  taraqqiyot  yo’liga  kirishi  bu  mamlakatlar  dunyo  siyosiy  kartasida  umumiy  nom 
bilan  «rivojlanayotgan  mamlakatlar»  deb yuritilishi 
1

g)  XX  asrning  80-yillari  o’rtalaridan  boshlab  sotsialistik  tuzumning  ijtimoiy-
iqtisodiy  tizim  sifatida  tanazzulga  yuz  tutishi,  avvalo  SHarqiy  Yevropa 
mamlakatlarida,  so’ngra  90-yillarning  boshlarida  sobiq  Ittifoq  hududida  sifat 
jihatidan  yangi  mustaqil  davlatlar  -  Polsha,  CHexiya,  Slovakiya,  VEngriya, 
Ruminiya,  Bolgariya,  Albaniya,  Serbiya,  CHernegoriya,  (Serbiya  va  CHernegoriya 
birgalikda  Yugoslaviya  ittifoqini  tashkil  qildilar),  Sloveniya,  Xorvatiya,  Bosniya  va 
Gertsegovina  hamda  Latviya,  Litva,  Estoniya,  Belarus,  Moldova,  Gruziya, 
Ozarbayjon,  Armaniston,  Qozog’iston,  Qirg’iziston,  Tojikiston,  O’zbekiston  va 
Turkmanistonning 
tashkil 
topishi 
va 
jahon 
hamjamiyatiga 
qo’shilishi  va 
Germaniyaning  yagona davlat  sifatida birlashuvi; 
d)  Yaqin  SHarqda  Isroil-Falastin  muammosining  bosqichma-bosqich  hal  qilish 
jarayonining  boshlanishi  (1993-1999  yillar)  bilan  bog’liq.  SHuningdek  bu 
bosqichdagi asosiy iqtisodiy va ijtimoiy  o’zgarishlar: 
1.  Sanoatning  bir  qator  tarmoqlari,  chunonchi,  elektro-energetika,  neft  , 
alyuminiy  yeritish,  samolyotsozlik,  plastmassa  ishlab  chiqarish,  transport  tizimida  - 
avtomobil  ,  havo,  quvur,  aloqada  -  radio  tez  rivojlandi.  qishloq  xo’jaligi  intensiv 
taraqqiyot yo’liga  kirdi. 
                                                 
1Собиқ  мустамлака,  ярим  мустамлака  ва  қарам  худудлар  ўрнида  метрополия  давлатлари  бошч илигида  иттифоқлар:  чунончи,  Буюк 
Британия етакчилигида “Хамдўстлик”, Франция хамкорлигида “Хамжамият”, АҚШ етакчилигида “Эркин қўшилган худудлар” юзага келди. 
2
 1919 йили қуруқликнинг 70 фоизи (Биргина Буюк Британия мустамлакаларининг худуди 35 млн. км. кв бўлиб, 300 млн. дан ортиқ а ҳ о ли  
яшаган  )  мустамлака,  ярим  мустамлака,  қарам  худудлар  бўлса,  2000  йил  мустамлака  ва  қарам  худудлар  қуруқликнинг 0,2 фоизи ва 
аҳолининг 0,1 фоизини ташкил қилди. 


 
31 
2.  50-yillardan  boshlab  jahon  xo’jaligida  muhim  sifat  o’zgarishlarga  olib  kelgan 
ilmiy-texnika  inqilobi  (ITI)  boshlandi.  ITI  jamiyatning  yoqilg’i-energetika  asosiga, 
mehnat  vositalari,  mehnat  predmetlari  va  ishlab  chiqarish  texnologiyasiga  kuchli 
ta’sir ko’rsatdi va muhim  sifat o’zgarishlari  yuz berdi. 
3.  ITI  jahon  xo’jaligida  muhim  tarmoq  o’zgarishlarga  olib  keldi.  Tarmoq 
tarkibida  makro  o’zgarishlar-sanoatni  moddiy  ishlab  chiqarishning  barqaror  va 
samarali  sohasiga  aylanishi,  noishlab  chiqarish  (infrastuktura)  sohalari  hissasining 
barqaror ortib borishi va qishloq xo’jaligi  hissasining  qisqarish jarayoni  boshlandi. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish