Наманган Мухандислик Педагогика Институти Касб таълими факультети


-  mavzu:  O’zbekistonda  tarkib  topgan  ekologik  vaziyatlar  va  ekologik



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/161
Sana15.08.2021
Hajmi2,22 Mb.
#148248
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy geografiya va ekologiya

21-  mavzu:  O’zbekistonda  tarkib  topgan  ekologik  vaziyatlar  va  ekologik 
xavfsizlikni ta’minlash 
 
1. O’zbekistonning o’ziga xos tabiiy  geografik  sharoiti 
2. O’zbekiston hududiga antropogen ta’sirning  tarixiy  iqtisodiy o’zgarib borishi 
3. Sanoatning rivojlanishi  va joylashishi  bilan  bog’liq antropogen o’zgarishlar 
4. Ekologik  tushkunlikning  ijtimoiy  iqtisodiy oqibatlari 
 
1. O’zbekistonning o’ziga xos tabiiy geografik sharoiti 
 
Respublika  hududida  ishlab  chiqarishning  keng  miqyosda  taraqqiy  etishi  tabiat 
bilan  inson  o’rtasidagi  munosabatlarni  keskinlashtirmoqda.  Bu  keskinlashuv  odatda 
atrof 
muhitning 
ifloslanishi, 
tuproq 
va 
o’simlik  qoplamlarining  buzilishi, 
kambag’allashuvi  va  boshqa  ko’rinishlarda  ifodalanadi.  Har  bir  tabiiy  kompleks  bu 
jihatdan  ma’lum  ekologik  ahvolga  ega  bo’lib,  ular  bir-birlaridan  ushbu  ahvolning 
og’ir-Engilligi,  murakkabligi,  majmualigi  bilan  farq  qiladi.  ekologik  ahvol  umumiy 
tushuncha  va  hudud  uchun  nisbatan  barqaror  xususiyatlarga  ega.  SHuning  uchun  ham 
uzoq  muddat  davomida  deyarli  o’zgarmasligi,  ya’ni  birdek  davom  etishi  mumkin. 
Lekin  ekologik  ahvol  ba’zan  og’irlashuvi,  ba’zan  Yengillashuvi  ham  mumkin,  bu  hol 
ishlab  chiqarish  maromiga  bog’liq,  uni  atrof-muhitga  ta’siri  tezlashsa  ahvol 
og’irlashadi,  va  aksincha.  ekologik  ahvolni  turli  darajada sodir bo’lishi hududda har xil 
vaziyatlarni  shakllantiradi.  ekologik  vaziyat  ekologik  ahvolni  ma’lum  bir  vaqt 
mobaynidagi  holati,  binobarin,  u  beqaror  bo’lib  makonda  vaqt  mobaynida  bir 
vaziyatdan  ikkinchi  vaziyatga  tez  orada  o’zgarishi  mumkin.  Demak,  ekologik  vaziyat 
makonda  ma’lum  bir vaqt mobaynida sodir bo’ladi hamda ahvolni aniq va ravshan aks 
ettiradi. 
O’zbekistonda  ekologik  vaziyatlar  joylarda  tabiiy  resurslardan  foydalanish 
darajasi,  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish,  atrof  muhit  ifloslanishining  oldini  olish 
tadbirlari  qo’lanilishi  ko’lamiga  qarab  turli  miqyoslarda  shakllanmoqda.  Tadqiqotlar 
natijasiga  ko’ra  ekovaziyat  majmuali,  ayrim  guruhli  va  ma’lum  bir  omil  (yoki  tabiiy 
komponent)  bilan  bog’liq  holda  tarkib  topishi  mumkin  ekan.  Majmuali  ekovaziyat 
deyarli  barcha  tabiiy  komponentlarning  o’zgarishi  oqibatida  tarkib  topadi.  Masalan, 
Orolbo’yidagi  vaziyatni  haqiqatan  ham  majmuali  deb  hisoblash  joiz,  chunki,  u 
hududda  barcha  tabiiy  komponentlar  cho’llashish  jarayonida  tubdan  o’zgarishga 
uchrab,  avvalgi  gidromorf  vaziyat  endilikda  kseromorf,  gidrogalomorf  va  avtomorf 
vaziyat  bilan  butunlay  almashmoqda. 
Tabiiy  komponentlarning  ayrim  guruhlari  bilan  bog’liq  bo’lgan  ekovaziyat, 
ko’pincha  tuproq,  o’simlik,  yoki  atmosfera  havosi  bilan  suvning  degradatsiyasi  yohud 


 
178 
ifloslanishi  bilan  bog’liq  bo’ladi.  Masalan,  Surxondaryo  viloyatining  Sariosiyo,  O’zun 
tumanlaridagi  ekovaziyat  qo’shni  Tojikiston  Respublikasidagi  Tursunzoda  shahrida 
joylashgan 
alyuminiy 
korxonasining 
chiqindilari 
evaziga 
paydo 
bo’lgan. 
Surxondaryoning  bu  tumanlarida  ekovaziyat  ftoridli  vodorod  gazi  ta’sirida  bo’lib, 
natijada  aholi  bosh  og’rig’i  va  bo’g’in  kasalliklaridan  aziyat  chekmoqda.  CHorva 
mollarining  tishlari  to’qilib  ketishi,  o’limi  sodir  bo’lib,  ekinzorlar  quridi,  tuproqda 
og’ir  metallar  va  zaharli  moddalar  to’planishi  qayd  etilgan.  Demak,  ekovaziyat  bir 
necha  tabiiy  omillarning  zararlanishi,  shuningdek,  inson  va  chorva  mollarining 
kasallanishi  bilan  bog’liq. Bunday ekovaziyatni  guruhli  vaziyat  deb qarash mumkin. 
ekovaziyat  ba’zan  bir  omil  yoki  komponent  bilan  bog’liq  holda  yuzaga  keladi. 
O’zbekistonda  aksariyat  katta  hududlarda  vaziyat  suv  resurslarining  ifloslanishi  tufayli 
xatarlidir.  Daryo  suvlarining  ichimlik  suvi  sifatida  ishlatib  bo’lmasligi,  ulardan 
sug’orishda  foydalanganda  tuproqda  sho’rlanish  hodisasining  rivojlanishi,  shuningdek, 
tuproqning  turli  chiqindilar  bilan  ifloslanishi  vaziyatni  jiddiylashtirmoqda.  Daryoning 
sifatsiz  suvini  aholi  tomonidan  iste’mol  qilinishi  quyi  Amudaryo,  quyi  Sirdaryo,  quyi 
Zarafshon,  quyi  Qashqadaryo  va  boshqa  hududlarda  ular  orasida  turli  kasalliklarning 
tarqalishiga  ta’sir  etmoqda.  Ayniqsa,  1  yoshgacha  bo’lgan  go’dak,  yosh  bolalar, 
ayollarda  og’ir  asorat  qoldirmoqda,  aholi  orasida  o’lim  ba’zi  tuman  va  viloyatlarda 
nisbatan ko’p. 
Tadqiqot  natijalariga  ko’ra  respublikada  suv  resurslari  bilan  bog’liq  bo’lgan 
ekovaziyat  ustuvor  bo’lib,  atmosfera  havosining  ifloslanishi  va  boshqa  sabablar  bilan 
bog’liq vaziyatlar  keyingi  o’rinlarni  egallaydi. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish