174
biroq ular tabiiy yo’l bilan bo’lgan. Tadqiqotchilarning xulosalariga qaraganda,
Dunyo «issiqhonasi samarasi» iqlimning sayyoraviy tarzda isishiga ta’sir etsa-da,
mahalliy iqlimni (ayniqsa qutbiy kengliklar atrofida) sovushiga olib kelar emish.
Ushbu
muammolarni
bartaraf
etishning
yagona
yo’li
atmosferaga
chiqarilayotgan chiqindilar miqdorini kamaytirishdir. Hozir dunyo bo’yicha
atmosfera havosi ifloslanishining 20%i AQSH hissasiga to’g’ri kelmoqda. SHu
boisdan, 1997 yili BMTning iqlim o’zgarishlariga bag’ishlangan Konventsiyasida
atmosferaning ifloslanishini AQSHda 3, yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 8,
Yaponiyada 6 foizga kamaytirishga qaror qilindi.
«Ozon tuynugi» muammosi. Atmosfera havosining yer yuzasi sathidan 15-25
km balandlik qismida ozon qatlami mavjud bo’lib, uni «ozon ekrani» deb ham
ataladi. Ozon qatlami quyoshdan keladigan ul trabinafsha nurlarni yutib, yerdagi tirik
organizmlarni
uning
zararli
ta’siridan asraydi. Ozon qatlamining asosiy
yemiruvchilari freon, xladon gazlari, ftoruglerod va poliftoruglevodorod suyuqliklar
hisoblanib, ular o’zida ozonni yemiruvchi xlor va brom atomlarini saqlaydi. Ular
kimyoviy jihatdan o’ta inert moddalar bo’lib, yuqoriga - stratosferaga tomon
ko’tarilish qobiliyatiga ega. Bir dona xlor atomi 100 ming ozon molekulasini bemalol
yo’q qila oladi. Ozon qatlamining siyraklashishi yer betiga yetib keladigan ul
trabinafsha nurlar miqdorini ortishiga olib keladi. Ozon qatlamiga ziyon keltiradigan
freon maishiy kimyo, sovutgich jihozlarida, atir-upa sanoatida keng qo’llaniladi. SHu
tufayli uni dunyo bo’yicha ishlab chiqarish miqdori ancha yuqori (yiliga taxminan
700 ming tonna atrofida).
Bundan tashqari, qishloq xo’jaligida keng qo’llaniladigan azot o’g’itlar ham
ozon yemiruvchi manbalardan asosiylari bo’lib qolmoqda. Agar dunyo bo’yicha shu
mineral o’g’itni ishlab chiqarish 1950 yilda 4,6 mln. tonna, 1970 yilda 40 mln. tonna,
1995 yilda 80,7 mln.. tonnaga ortganligini e’tiborga olsak, uning haloqatli oqibatini
chamalash qiyin emas.
Ozon qatlamining buzilishi ilk bor Antarktika osmonida kuzatilgan, 1987 yili
«tuynuk» kattaligi AQSH maydoniga tenglashdi. Bunday «tuynuklar» 1995-1996
yillarda aholi zich yashaydigan SHimoliy Amerika, Osiyo va yevropa ustida ham
kuzatildi. Uning oqibatida 1982 yilda Yangi Zelandiya aholisining 11 mingdan ziyodi
teri rakiga chalindi, 1987 yilda kasallikning kuchayishidan 160 kishi hayotdan ko’z
yumdi.
Ul trabinafsha nurlarning me’yordan ortishi kishi organizmini tashqi muhitga
ta’sirchanligini susaytiradi, teri rakini qo’zg’atadi. Ushbu nurlar boshoqli ekinlar,
kartoshka va soyaning mahsuldorligini kamaytiradi, baliq va okean jonivorlari
yashash sharoitlarini yomonlashtirdi. Ozon qatlamini muhofaza qilish borasida dunyo
miqyosida bir qator anjumanlar va kelishuvlar o’tkazilmoqda. 1989 yildagi Xel sinki
dekloratsiyasiga muvofiq 2000 yilga qadar freon gazlaridan ishlab chiqariladigan
mahsulotlar miqdorini kamaytirishni bosqichma-bosqich amalga oshirib borish
tadbirlari ko’rsatib o’tilgan edi. Germaniya bu borada olamshumul ishga qo’l urdi,
mamlakatda freon ishlab chiqarish va ulardan sovutgichlarda foydalanishga ham chek
qo’yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: