Наманган Мухандислик Педагогика Институти Касб таълими факультети



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/161
Sana15.08.2021
Hajmi2,22 Mb.
#148248
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy geografiya va ekologiya

4.Oziq – ovqat muammosi. 
Aholi  sonining  jadal  sur’atlar  bilan  ko’payishi  oziq-ovqat  yetishmasligi 
muammolarini  keltirib  chiqarishi,  atrof  muhit  holatini  yomonlashuviga  salbiy  ta’sir 
etishi  o’zaro aloqada ekanligini  ko’pchilik ta’kidlab o’tganligi  bejiz  emas. 
P.G.  Oldak  fikriga  ko’ra:  2000-2010  yillarda  yer  sharida  yashaydigan  barcha 
aholini  oziq-ovqat  bilan  ta’minlamoq  uchun,  donli  ekinlar  yetishtirishni  taxminan 
ikki  marta ko’paytirish lozim. 
BMT  ma’lumoticha,  yerlarga  hozirgi  usulda  ishlov  berish asosida hosildorlikni 2 
hissa  ko’paytirish  uchun  mineral  o’g’itlar  harajatini  6,5  marta,  zararkunandalarga 
qarshi ko’rash choralarini  6 marta oshirish lozim. 
Dj.  Forrestor  (AQSH,  1961)  dunyo  statistika  ma’lumotlari  tahlili  asosida  dunyo 
aholisi  soni  2020  yilda.  tabiiy  muhit  ifloslanishi  2050  yilda  o’zining  maksimumiga 
yetishini  ta’kidlaydi.
4
  SHunday  qilib,  u  sanoat,  oziq-ovqat  mahsulotlari  ishlab 
chiqarish  va  aholi  soni  atrof-muhit  tanazzuliga qadar o’sishini bayon qiladi. Forrestor 
fikricha,  taxminan  2030  yillar  atrofida  ekologik  inqiroz  boshlanadi  va  shundan  so’ng 
aholi  soni ham sezilarli  darajada kamayadi. 
G. Kan o’zining  «Keyingi  200 yil»  kitobida shunday bashorat qiladi: 
2076  yilga  borib  energiyaning  asosiy  qismini  atom  va  termoyadro  stantsiyalari 
beradi,  qazilma  yoqilg’ilar  esa  kimyo  xom-ashyosi  sifatida  ishlatiladi.  quyosh 
energiyasidan  foydalanish  darajasi  yuksaladi.  SHularga  bog’liq  tarzda  2100  yilda 
sun’iy  oqsil  olish  usullari  o’zlashtiriladi,  oziq-ovqat  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  11 
marta  ortadi.  Bundan  tashqari  farovonlikni  ortishi  aholi  tug’ilishi  va  ko’payishini 
kamaytiradi. 
Keyingi  chorak  asrda  dunyo  bo’yicha  ishlab  chiqarilgan  oziq-ovqat mahsulotlari 
miqdori  2,5%ga  ko’paydi.  Biroq,  bu  miqdor  dunyoning  turli  hudud  va 
                                                 
 


 
170 
mamlakatlarida 
bir 
xil 
emas. 
Ayniqsa, 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarlarning 
ayrimlarida  ushbu  ko’rsatkich  juda  past  darajada.  Oziq-ovqat  muammosining  kelib 
chiqishi,  qisman,  hududlardagi  tabiiy  resurslarning  kamayishi,  demografik  vaziyat, 
texnika  va  texnologiya  imkoniyatlari  kabi  omillar  bilan  bog’liq  bo’lsada, biroq dunyo 
bo’yicha  aholi  jon  boshiga  ishlab  chiqariladigan  oziq-ovqat  miqdori  ilmiy asoslangan 
eng  past  darajadan  ancha  yuqoridir.  Muammoning  asosiy  sababi,  turli  hudud  va 
mamlakatlarda 
iste’moldagi 
nomo’tanosiblikdir. 
Ko’pgina 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarda  iste’moldagi  ozuqaning  quvvati  rivojlangan  mamlakatlarnikidan 
deyarli 

marta 
pastligi 
ma’lum.  Ushbu  muammoning  ijobiy  yechimi: 
mamlakatlarning  to’liq  mustaqil  rivojlanishi,  fan-texnika  taraqqiyoti,  ishlab  chiqarish 
kuchlarining  rivojlanishi,  mehnat  unumdorligi,  ishlab  chiqarish  madaniyatini 
yuksalishi,  aholining  ilm  saviyasini  ortishi  bilan  hal  qilinishi  mumkin.  Darvoqe,  oziq-
ovqat  mahsulotlari  ishlab  chiqarishni  yanada  ko’paytirishning  qator  imkoniyatlari, 
ya’ni:  ekin  maydonlarini  kengaytirish,  ekinlar  hosildorligini  orttirish,  qishloq  xo’jalik 
mahsulotlarini 
qayta 
ishlovchi 
yangi 
usullarni 
joriy 
etish, 
dengiz-okean 
bioresurslaridan  keng  foydalanish,  sintetik-sun’iy  oziq-ovqatlar  ishlab  chiqarish 
kabilar  mavjud. 
Hozirda  yer  sharining  4,5  mlrd..  ga.  sidan  qishloq  xo’jalikda:  obikor 
dehqonchilik  1,5  mlrd..  ga.  va  yaylov  sifatida  2,6  mlrd..  ga.  foydalaniladi.  Olimlar 
qishloq  xo’jalikdagi  yer  maydonlari  ko’lamini  kengaytirmay  turib  yangi  nav  va 
hayvon  zotlari  yaratish,  dehqonchilik  madaniyatini  orttirish  hisobiga  mahsuldorlikni 
90%ga  ko’paytirishni  isbotladilar.  Hozir  tajriba  dalalarida  gektariga  140  ts.  bug’doy 
va  sholi,  240  ts.  makkajo’xori  doni  beradigan  navlar  yaratilgan.  Ammo,  amaliyotda 
ushbu  ekinlardan  olinayotgan  hosildorlik  juda  past  (23,  39  va  58  ts.).  Ayniqsa, 
rivojlanayotgan  mamlakatlarda  asosiy  don  ekinlari  –  bug’doy,  sholi  va 
makkajo’xoridan  olinadigan  hosildorlik  miqdori  achinarli  ahvolda  –  14,  21  va  13  ts. 
(Afrikada  boshoqli  ekinlar  umumiy  hosildorligi  –  9,4  ts.).  Faqatgina  agrotexnikani 
takomillashtirish  hisobiga  hosildorlikni  bir  necha  marta  orttirish  mumkinligini 
mutaxassislar  ko’p ta’kidlamoqdalar. 
  

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish