Наманган Мухандислик Педагогика Институти Касб таълими факультети


Noosfera  grekchada  noos-aql, ong, spaira-sferik qobiq



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/161
Sana15.08.2021
Hajmi2,22 Mb.
#148248
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy geografiya va ekologiya

Noosfera  grekchada  noos-aql, ong, spaira-sferik qobiq demakdir. Noosfera 
jamiyat  bilan  atrof-muhitning  o’zaro  ta’sirlashuv  makonidir.  Boshqacha  qilib 
aytganda,  noosfera-bu  fikrlovchi  qobiq  yoki  insonning  ongli  faoliyati  ta’sirida 
jamiyat  va  tabiatning  evalyutsion  rivojining  asosiy  harakatga  keltiruvchi  kuchi  yoki 
omilidir.  Bu  omil  avval  yerda  so’ngra  yer  atrofidagi  kosmik bo’shliqda ham yetakchi 
o’rin  to’ta  boshlaydi.  Noosfera  atamasi  dastlab  frantsuz  filosofi  E.Lerua  (1927) 
tomonidan  qo’llanilgan.  Uning  tushunishicha,  noosfera  biosferaning oliy «ma’naviy» 
bosqichi hisoblanadi. 
Boshqa  bir  frantsuz  katolik  filosofi  P.Teyyar  De  SHarden 
esa noosferani biosferaning  ustki fikrlovchi qatlami  deb tushungan. 
Rus  olimi  V.I.Vernadskiy  o’zining  biogeokimyoviy  tadqiqotlariga  asoslanib, 
«insonning  xo’jalik  va  ishlab  chiqarish  faoliyati  tufayli  tabiat  kuchli  o’zgarishga 
uchraydi,  bu  jarayonda  inson  bosh  o’zgartiruvchi  kuchga  aylanadi  va  u  biologik 
evolyutsiyaning  yo’nalishini  belgilovchisi  bo’lib  qoladi.  Inson  bilan  biosfera 
o’rtasidagi  o’zaro  munosabat  umumsayyoraviy  harakter  kasb  etadi.  Inson  faoliyati 
tufayli  tabiatda  modda  va  energiya  aylanishining  yangi  turi  ya’ni antropogen modda 
aylanishi 
qaror  topadi.  Buning  natijasida  yerdagi  biogeotsenoz  jarayoni 
noogeotsenozga  o’tadi.  Oqibatda  biosfera  o’zining  sifat  jihatidan  yangi  bosqichi 
noosferaga  o’tadi»  degan  ilmiy  asoslangan  xulosalarga  keladi.  Noosfera  haqidagi 
fikrlar  so’nggi  30-40  yil  ichida  dunyo  bo’ylab  keng  tan  olindi.  Hozirgi  ilmiy-texnika 
taraqqiyoti  rivojlangan  sharoitda  biosferani  noosferaga  aylanishi  umumsayyoraviy 
miqyosdan  fazoviy  miqiyosga  o’tib  bormoqda.  CHunki  insonning  ongli  faoliyati 
ta’siri  nafaqat  yerda,  balki  unga  yaqin  bo’lgan  koinotni  ham  qamrab  olmoqda. 
Noosfera  tushunchasi  asl  mohiyatiga  ko’ra  inson bilan tabiat o’rtasida uyg’unlashgan 
mo’tanosib  o’zaro  munosabatlarni  qaror  topishini  va  oxir  oqibatda  jamiyat  bilan 
tabiat  orasidagi  mavjud  qarama-qarshiliklarni  mukammal  darajada  xal  etilishini 
bildiradi.  Noosferani  shakllanishida  atrof-muhit  ifloslanishini  oldini  olish,  tabiatga 
yetkazilgan  «jaroxatlar»ni  davolash,  biologik  tizimlar  evolyutsiyasini  ongli  ravishda 
boshqarish,  tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanish  masalalarini  to’g’ri  xal  etilishi 
muhim  ahamiyatga  ega. 
Biosfera 
taraqqiyoti 
faqat 
insonlarning 
ilmiy-texnik 
imkoniyatlari, 
salohiyatigagina  bog’liq  bo’lib  qolmasdan,  balki  jamiyatning  ijtimoiy  siyosiy 
xolatiga,  ya’ni  tinchlik,  barqarorlik, hamjixatlik  xolatiga  ham bog’liq bo’ladi. 
Yuqoridagilardan  ma’lum  bo’ladiki,  noosfera  ta’limoti  ijtimoiy,  tabiiy  va  texnik 
fanlarni  hamda  insonning  turli  ishlab  chiqarish  sohalarini  o’zviy  integratsiyasini 
taqozo  etadi.  Noosfera  oqilona  tarzda  tuzilgan  tabiat  va  jamiyatdan  iborat 
biosferaning  kelajakdagi  yangi  xolatidir  ya’ni  taraqqiyotning  noosfera  bosqichida 
jamiyat  bilan  tabiat bir butun yaxlit  tizim  tarzida faoliyat  ko’rsata boshlaydi. 
 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish