Noosfera grekchada noos-aql, ong, spaira-sferik qobiq demakdir. Noosfera
jamiyat bilan atrof-muhitning o’zaro ta’sirlashuv makonidir. Boshqacha qilib
aytganda, noosfera-bu fikrlovchi qobiq yoki insonning ongli faoliyati ta’sirida
jamiyat va tabiatning evalyutsion rivojining asosiy harakatga keltiruvchi kuchi yoki
omilidir. Bu omil avval yerda so’ngra yer atrofidagi kosmik bo’shliqda ham yetakchi
o’rin to’ta boshlaydi. Noosfera atamasi dastlab frantsuz filosofi E.Lerua (1927)
tomonidan qo’llanilgan. Uning tushunishicha, noosfera biosferaning oliy «ma’naviy» bosqichihisoblanadi.
Boshqa bir frantsuz katolik filosofi P.Teyyar De SHarden
esa noosferani biosferaning ustki fikrlovchi qatlami deb tushungan.
Rus olimi V.I.Vernadskiy o’zining biogeokimyoviy tadqiqotlariga asoslanib,
«insonning xo’jalik va ishlab chiqarish faoliyati tufayli tabiat kuchli o’zgarishga
uchraydi, bu jarayonda inson bosh o’zgartiruvchi kuchga aylanadi va u biologik
evolyutsiyaning yo’nalishini belgilovchisi bo’lib qoladi. Inson bilan biosfera
o’rtasidagi o’zaro munosabat umumsayyoraviy harakter kasb etadi. Inson faoliyati
tufayli tabiatda modda va energiya aylanishining yangi turi ya’ni antropogen modda aylanishi qaror topadi. Buning natijasida yerdagi biogeotsenoz jarayoni
noogeotsenozga o’tadi. Oqibatda biosfera o’zining sifat jihatidan yangi bosqichi
noosferaga o’tadi» degan ilmiy asoslangan xulosalarga keladi. Noosfera haqidagi
fikrlar so’nggi 30-40 yil ichida dunyo bo’ylab keng tan olindi. Hozirgi ilmiy-texnika
taraqqiyoti rivojlangan sharoitda biosferani noosferaga aylanishi umumsayyoraviy
miqyosdan fazoviy miqiyosga o’tib bormoqda. CHunki insonning ongli faoliyati
ta’siri nafaqat yerda, balki unga yaqin bo’lgan koinotni ham qamrab olmoqda.
Noosfera tushunchasi asl mohiyatiga ko’ra inson bilan tabiat o’rtasida uyg’unlashgan
mo’tanosib o’zaro munosabatlarni qaror topishini va oxir oqibatda jamiyat bilan
tabiat orasidagi mavjud qarama-qarshiliklarni mukammal darajada xal etilishini
bildiradi. Noosferani shakllanishida atrof-muhit ifloslanishini oldini olish, tabiatga
yetkazilgan «jaroxatlar»ni davolash, biologik tizimlar evolyutsiyasini ongli ravishda
boshqarish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalarini to’g’ri xal etilishi
muhim ahamiyatga ega.
Biosfera
taraqqiyoti
faqat
insonlarning
ilmiy-texnik
imkoniyatlari,
salohiyatigagina bog’liq bo’lib qolmasdan, balki jamiyatning ijtimoiy siyosiy
xolatiga, ya’ni tinchlik, barqarorlik, hamjixatlik xolatiga ham bog’liq bo’ladi.
Yuqoridagilardan ma’lum bo’ladiki, noosfera ta’limoti ijtimoiy, tabiiy va texnik
fanlarni hamda insonning turli ishlab chiqarish sohalarini o’zviy integratsiyasini
taqozo etadi. Noosfera oqilona tarzda tuzilgan tabiat va jamiyatdan iborat
biosferaning kelajakdagi yangi xolatidir ya’ni taraqqiyotning noosfera bosqichida
jamiyat bilan tabiat bir butun yaxlit tizim tarzida faoliyat ko’rsata boshlaydi.