2.3. Ta'lim nazariyasi (Didaktika) va uning vazifalari
Didaktika pedagogikaning bir qismi bo’lib, unda ta‘lim nazariyasi bayon etiladi. Didaktika
ta‘lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o’rganuvchi qismidir.
Didaktika grekcha so’z bo’lib, «Didayko» - o’qitish, «Didaskol» - o’rgatuvchi degan
ma‘noni anglatadi. Uning so’zma-so’z tarjimasi Ta‘lim nazariyasini bildiradi. Ta‘lim nazariyasi
ta‘lim jarayoni, uning mohiyatini, ta‘lim qoidalari, usullari hamda tashkiliy formalarini o’z ichiga
oladi. Didaktika o’z oldiga o’qitishning o’quvchi-talabalarni har tomonlama tarbiyalash
maqsadlariga javob beruvchi umumiy qonuniyatlarini bilib olish vazifasini quyadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |