Халкаро шартномалар хукуки



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/185
Sana13.08.2021
Hajmi2,23 Mb.
#146699
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   185
asamana (teng bo’lmagan) shartnomalar bo’lingan
1

Qadimgi  Rimda  tenglikka  asoslangan  shartnomalar  akva  (teng)  deb 
atalib,  ko’proq  tinchlik  va  do’stlik  to’g’risida  bo’lgan  bo’lsa,  tenglikka 
asoslanmagan  shartnomalar  esa,  non  akva  (teng  bo’lmagan)  deb  atalib, 
ular,  odatdagidek,  yengilgan  dushmanlar  bilan  tuzilgan  ittifoqchilik 
shartnomalari  hisoblanar  edi.  Teng  bo’lmagan  shartnomalarga,  yana 
shuningdek,  hospitum  publicium,  deb  ataluvchi  homiylik  shartnomalari 
ham  kirar  edi.  Rim  bunday  shartnomalarni  kuchsiz  davlatlar  bilan  ular 
ustidan hukmronligi mustahkamlash uchun tuzar edi
2

Qadimda  xalqaro  shartnomalarnnig  sub’ektlari  sifatida  nafaqat 
davlatlar,  balki  shaharlar,  shaharlar  va  davlatlarning  ittifoqlari,  ayrim 
hollarda  Qadimgi  Gretsiyadagi  amfiktioniy  kabi  diniy  tashkilotlar  va 
hattoki  alohida  shaxslar  ham  hisoblanar  edi.  Shartnomalar  faqat,  ularning 
ishtirokchilariga  majburiyatlar  yuklar  edi  va  ayrim  hollarda,  ularnnig 
nushalari  uchinchi  davlatlarga  jo’natilar  edi.  Aksariyat  shartnomalar  ikki 
tomonlama  edi.  Ayrim  hollarda  ko’ptomonlama  shartnomalar  ham  uchrar 
edi.  
Misol  uchun,  er.av.338  yilgacha  tuzilgan  218  ta  shartnomaning  25  tasigina 
ko’p tomonlama bo’lgan va ularning ayrimlarigina 10 dan ortiq ishtirokchilarga ega 
bo’lgan. Odatda, bunday shartnomalar doimiy ittifoqlarni tuzish bilan bog’liq edi
3

Urush  e’lon  qilish  kabi,  xalqaro  shartnomalarni  tuzish,  davlatning 
muhim  huquqi  hisoblangan,  uni  cheklanishi  esa,  uning  teng  bo’lmagan, 
qaramlik holatini anglatar edi. 
Shartnomalarni  tuzish  tartiboti,  ayniqsa,  diniy  xarakterdagi 
shartnomalarni  tuzish  murakkab  va  qattiq  rasmiyatchilikka  asoslangan 
bo’lib, ularga rioya qilmaslik, shartnomani haqiqiy emasligini bildirar edi. 
Qadimgi  Rimda  shartnomalarni  tuzish  marosimini  alohida  ruhoniy 
shaxslar  –  fetsiallar  bajarishgan.  Katta  fetsial  tosh  bilan  cho’chqani 
qurbonlik  uchun  o’ldirgan  va  shartnomaga  sodiqlik  to’g’risidagi 
qasamyodni  o’qigan.  Shu  vaqtdan  boshlab,  shartnoma  tuzilgan 
                                                 
1
Viswanatha S.V. International Law in Ancient India. Bombey, 1925. -Р. 91, 170–172 
2
 Талалаев, А. Н. Право международных договоров. Том1: Общие вопросы / Отв. редактор Л. Н.  Шестаков. М.: 
Издательство «Зерцало», 2009.-С.10 
3
Scala R. Die Staatsvertrage des Altertums. Т. I. Leipzig, 1898. S. 6–8 


15 
 
hisoblangan  va  bir  vaqtning  o’zida  kuchga  kirgan.  Rasmiy  shaxslar  o’z 
imzolarini qo’yganlar va ayrim hollarda muhrlari bilan mustahkamlashgan.  
Gretsiyada muhrni faqatgina mustaqil davlatlar qo’llashgan. Qadimgi 
shartnomalar  har  doim  ham  ratifikatsiya  qilinmagan.  Qadimgi  davrda 
ratifikatsiya  favquloddagi  hollardagina,  ya’ni  qachonki  shartnoma  vakil 
tomonidan  unga  yuklatilgan  vakolatni  buzgan  holda  yoki  usiz  tuzilgan 
holdagina qo’llanilgan. Qadimgi Rimda bunday shartnomalar sponsio deb 
atalgan.  Odatda  ular  harbiy  boshliq  yoki  konsul  tomonidan,  o’zining 
ihtiyoridan  kelib  chiqib,  dushman  bilan  tinchlik  o’rnatish  maqsadida 
tuzilar edi. Rim bunday hujjatlarni senatning, keyinroq esa, imperatorning 
ratifikatsiyasidan keyingina majburiy deb hisoblar edi. Senat ratifikatsiyani 
inkor  etishi  ham  mumkin  bo’lgan,  bunday  hollarda  qasamyodni  buzgan 
deb  hisoblab,  boshqa  tomon  shartnomani  tuzgan  shaxsni  kompensatsiya 
sifatida berishni talab qilishi mumkin bo’lgan.  
Misol  uchun,  rim  konsullarining  samnitlar  bilan  er.av.321  yili  Kavdun 
darasida  tuzgan  shartnomasini  senat  ratifikatsiya  qilmaganligi  uchun,  konsullar  va 
boshqa shaxslar samnitlarga berilgan. 
Shartnomani 
tuzish 
tartibotidan 
farqli 
o’laroq, 
qadimgi 
shartnomalarning shakli oddiy bo’lgan. Yozma shartnomalar uch qismdan: 
muqaddima,  asosiy  qism  va  xulosadan  iborat  bo’lgan.  Ayrim  hollarda 
shartnomalar  muqaddimasiz  va  hattoki  xulosasiz  ham  tuzilgan. 
Shartnomaning  asosiy  qismi  yaxlit  matn  bilan  yozilgan,  turli  holatlar 
ketma  ketlikda,  turli  moddalarga  bo’linmay  yozilgan.  Keyinchalik  rim 
shartnomalarida qizil qator – shartnomaviy moddalarning o’tmishdoshi va 
asosi paydo bo’ldi.  Shartnomaning xulosa qismida har  doim shartnomaga 
sodiqlikka qasamyod bo’lgan. Ularda hozirgi shartnomalardagidek, kuchga 
kirish vaqti, harakat vaqti, to’xtatish vaqti va boshqa shu kabilar o’z aksini 
topmagan.  
Shartnomalar  pergament,  shuningdek,  teri  o’ramiga  yozilgan  yoki 
yaxshi  saqlanishi  uchun  marmar  yoki  oddiy  tosh  taxtalarga  yoki  tosh 
ustunlarga,  shuningdek,  shartnomaning  ahamiyatiga  ko’ra  –  xudolar 
tomonidan  himoya  qilinishi  uchun  maxsus  ibodatxonalarda  o’rnatiladigan 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish