1.1. Davlatlararo munosabatlarni vujudga kelishi va qadimgi
davrdagi xalqaro shartnomalar
Odatda adabiyotlarda xalqaro huquqning vujudga kelishini bevosita
davlatlarning paydo bo’lishi va ular o’rtasidagi dastlabki shartnomalarning
tuzilishi bilan bog’lashadi. Xalqlarning o’zaro aloqalarini normativ asosda
tartibga solish ehtiyoji davlat paydo bo’lishidan anchagina ilgari sezila
boshlagan. “Xalqaro bitimlar xalqaro huquq g’oyasining paydo bo’lishidan
ancha oldin tuzila boshlagan edi. Buning hech hayratlanarli joyi yo’q.
Bitim mustaqil birlashmalar o’rtasida vujudga keladigan nizolarni tinch
yo’l bilan hal etishning birdan bir vositasi bo’lgan”
1
, deb yozadi,
I.Lukashuk. Hatto qabilalararo munosabatlarda ham, garchi ular
davlatlararo munosabatlardan farqli o’laroq, siyosiy mazmun kasb
etmagan bo’lsa-da, ana shunday normativ tartiblarga ehtiyoj bo’lgan.
Qabilalar o’rtasida tinchlik, qo’shma jangovar yurishlar, mulkdagi
cheklashlar va boshqalar to’g’risida bitimlar tuzilgan. Bitimlarning
ahamiyati katta edi, chunki, tinchlik to’g’risidagi bitimning mavjud
emasligi, qabilaning boshqa qabila bilan urush holatida ekanligini bildirar
edi. Muayyan qoidaning e’tirof etilmasligi, qo’shni davlatlar bilan
dushmanlik holatidan boshqa har qanday holatda ekanligi bilan
tenglashtirilar va bunday munosabatning oqibatlari juda ham jiddiy
hisoblanar edi
2
.
1
Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том I. Заключение международных договоров -
М.: Волтерс Клувер, 2004. –С.40
2
O’sha joyda.
13
Alohida qayd etish lozimki, xalqaro shartnomalar huquqining
vujudga kelishining dastlabki bosqichlarida, qabilalararo va davlatlararo
munosabatlar asosan odat normalariga asoslanar edi.
Dunyoning turli mintaqalarida davlatlarning paydo bo’lishi bilan
birga ularning o’zaro munosabatlarini tartibga soluvchi xalqaro huquq
normalari ham paydo bo’lgan.
Misol uchun, Qadimgi davrda xalqaro shartnomalar ikki daryo oralig’i
bo’lgan Bobil va Misrda, Xitoy va Hindistonda, Markaziy Osiyoda, qadimgi Gretsiya
va Rimda paydo bo’lgan va rivojlangan. Eramizdan avvalgi XXIII asrda tuzilgan va
hozirgi kunga qadar yetib kelgan Akkadlar shohi Naramsin bilan Elam hukmdorlari
o’rtasida tuzilgan xalqaro shartnomalardan biri hisoblanadi.
Qadimgi shartnomalar ko’proq urush va tinchlik masalalariga
bag’ishlangan.
Masalan, er.av.1296 yilda Misr fir’avni Ramzes II va Xettlar shohi Xattushil III
qullar qo’zg’oloniga qarshi kurash bo’yicha harbiy ittifoq tuzish haqidagi
shartnomani imzolaganlar.
Qayd etish lozimki, bunday shartnomalar, nafaqat tashqi
funksiyalarni, balki davlatning ichki funksiyalarini ham bajara boshlagan.
Jumladan, mazkur shartnoma qo’zg’olon ko’targan qullarni bostirishni
hamda uning natijasida qochib ketgan qullarni, ya’ni siyosiy qochoqlarni
qaytarib berishni ko’zda tutgan
1
.
Rim huquqshunoslari qadimgi xalqaro huquq, ya’ni “xalqlar
huquqi”ga katta hissa qo’shganlar. Rim huquqshunosi Ulpian “xalqlar
huquqidan barcha xalqlar foydalanadi va u tabiiy huquqdir” degan.
Quldorlik davlatlari turli masalalar bo’yicha shartnomalar tuzishgan:
tinchlik va yarashuv, ittifoqchilik va harbiy yordam, qochoq qullarni
qaytarib berish, savdo, chet elliklarning huquqlari, kam uchraydigan
hayvonlar va qushlarni muhofaza qilish, soborlarni qayta ta’mirlash va
muhofaza qilish, qo’shinlarni o’tishi, o’lganlarni ko’mish, arbitraj va
hujum qilmaslik va boshqa shu kabilar. Ammo, qadimgi shartnomalarning
ob’ektlari turli masalalar bo’lishiga qaramay, ular, urushlar, ularga
tayyorgarlik ko’rish yo uning tugashi yoki uning oqibatlari bilan bog’liq
tor doiradagi munosabatlarni qamrab olar edi. Bu o’sha davrning o’ziga
xos xususiyatlari bilan bog’liq edi
2
.
Quldorlik davlatlari savdo to’g’risida, ma’muriy va xo’jalik
masalalari bo’yicha alohida shartnomalar tuzishmagan. Barcha mazkur
1
Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том I. Заключение международных договоров -
М.: Волтерс Клувер, 2004. –С.40
2
Талалаев, А. Н. Право международных договоров. Том 1: Общие вопросы / Отв. редактор Л. Н. SHестаков. М.:
Издательство «Зерцало», 2009. -С.9-10
14
muammolar tinchlik yoki ittifoqchilik (mudofaa yoki hujum) to’g’risidagi
shartnomalarda ko’zda tutilar edi. Ittifoqchilik va tinchlik shartnomalari
qadimgi dunyodagi shartnomalarning eng asosiylari edi. Ular ob’ekti
bo’yicha umumiy xususiyat kasb etgan va shu bilan birga turli xilda
bo’lgan. Qadimgi Xindistonda ittifoqchilik shartnomalari samana (teng) va
Do'stlaringiz bilan baham: |