Халкаро шартномалар хукуки


REFERENCES………………………………………………………..………………………….207



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/185
Sana13.08.2021
Hajmi2,23 Mb.
#146699
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   185
REFERENCES………………………………………………………..………………………….207 


10 
 
KIRISH 
 
Shartnoma  va  kelishuvlar  insonlararo  muloqotning  zaruriy  instituti 
hisoblanadi.  Ularsiz  o’zaro  muloqot  mavjud  bo’lmaydi.  Ular  yordamida 
o’zaro hamkorlikdagi faoliyatlar kelishib olinadi, munozaralar hal qilinadi. 
Ularsiz  qadimgi  qabilalar  ham  davlatlar  ham  ish  yurita  olmaganlar. 
Shuning uchun ham davlatlararo munosabatlar huquqiy boshqarilishi kerak 
degan  fikr  shakllanmasidan  ancha  oldin  davlatlararo  shartnomalar  tuzish 
boshlanganligi tasodif emas. Shartnoma orqali qanchalik muhim masalalar 
hal  etilsa,  uning  muvaffaqiyati  ham,  ahamiyati  ham  shunchalik  muhim 
hisoblanadi.  Xalqaro  shartnomalarning  xalqaro  hamjamiyatdagi  o’rni 
masalasi  tarixdan  ko’plab  yuristlar  e’tiborini  jalb  etib  kelgan. 
Shartnomalar globalizatsiya sharoitida mutlaqo o’zgacha ma’no kasb etdi. 
Davlatlar borgan sari bir-birlari bilan chambarchas bog’lanib bormoqdalar. 
Hech  bir  davlat  boshqa  davlatlar  bilan  rivojlantirilgan  munosabatlar 
tizimisiz  faoliyat  olib  bormaydi.  Xalqaro  munosabatlarning  bu  murakkab 
tizimi shartnomalar va ular asosida tuzilgan xalqaro tashkilotlar yordamida 
tartibga solinadi. 
Xalqaro 
aloqalarni 
mo’tadil  ravishda  qo’llab  quvvatlashda 
shartnomalarning  ahamiyatidan  kelib  chiqib,  ularga  rioya  qilish  yuqori 
darajadaligi  bilan  ajralib  turadi.  Shartnomalarsiz  xalqaro  aloqalarning 
zamonaviy tizimi mavjud bo’la olmas edi. Shartnomalarga rioya qilmaslik, 
ularni bajarmaslik kabi alohida holatlar shuni izohlaydiki, ularning tarkibi 
mavjud  holatni  alohida  inobatga  olmagan  holda  tuzilgan.  MDH 
mamlakatlari  miqyosida  shartnomaviy  munosabatlar  tajribasi  bunga 
yaqqol misol bo’la oladi. 
Hozirgi  kunda  shartnomalar  davlatlarning  o’zaro  hamkorligidagi 
harakatlarining  deyarli  barcha  ko’rinishlarini  o’z  ichiga  olgan  murakkab, 
ko’pqirrali  global  tizimni  o’zida  mujassamlashtirgan.  Bu  jihati  bilan 
shartnomlar  davlatlarning  huquqiy  tizimidan  yuqorilab  o’zib  ketadi  va 
yangidan yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Shartnomalarning tuzilish 
jarayoni  bir  maromda    o’sib  borishda  davom  etadi.  Bularning  barchasi 
xalqaro shartnomalarni o’rganishga dunyoning yangicha ko’rinishi va ilm-
fan taraqqiyotini hisobga olgan holda alohida o’zgacha ma’no beradi. 
Taklif  qilinayotgan  yondashuv  shartnomalarning  o’ziga  hos 
xarakterli  belgilariga  ishora  qiladi.  Xalqaro  huquq  sub’ektlari  o’rtasidagi 
kelishuvlar  ham  xalqaro  shartnoma  bo’la  oladi.  Shartnomaning  tub 
mohiyati  -  kelishib  olayotgan  tomonlarning  roziligi,  kelishuv  –  nafaqat 


11 
 
shartnomani,  balki  oddiy  xalqaro  huquq  normalarining  vujudga  kelish 
usulidir.  Bu  normalarning  orasidagi farq  ularning  tuzish  jarayoni  va  amal 
qilinishidir. 
Kelishuvlar tomonlarning erkin xohish – istagi, roziligini o’zida aks 
ettiradi.  Bu  xohish-istaklar  o’zaro  bog’liq  bo’lib,  ular  bir  tomonlama  (bir 
tomonning xohishi bilan) o’zgartirilishiga yo’l qo’yilmaydi. 
Shartnomalarda  yuzaga  chiquvchi  xohish-istak,  maqsadlar  qotib 
qolmaydi  (doim  yangidan-yangilari  paydo  bo’ladi).  Shartnomalarning 
tarkibi  –  ma’lum  bir  darajada  shartnoma  matnini  o’zgarishsiz,  ehtiyojdan 
kelib  chiqib  o’zgartirilishi  mumkin.  Biroq  bu  o’zgartirishlar  o’zaro  aniq 
yozilgan yoki og’zaki holda kelishib olingan bo’lishi lozim. 
Mazkur  o’quv  qo’llanmada  xalqaro  huquqning  alohida  sohasi 
hisoblangan  xalqaro  shartnomalar  huquqining  tushunchasi,  manbalari, 
ob’ekti  va  maqsadi,  xalqaro  shartnomalarni  tasniflash,  ularning  shakli, 
tuzilishi  va  nomi,  kuchga  kirishi,  bekor  qilinishi,  to’xtalishi  va 
shartnomaning ijrosini ta’minlash usullar va shu kabi masalalar o’z aksini 
topgan. 
Bundan 
tashqari, 
amaliyotchi 
mutaxassislar 
yordamida 
O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar borasidagi tajribasi va 
ularning  xalqaro  munosabatlarda  o’ziga  xos  o’rniga  egaligi  masalalari 
yoritib berilgan.  
 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish