Salimova Nigina Baxtiyorovna



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/37
Sana12.08.2021
Hajmi1,34 Mb.
#146182
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
Bog'liq
iqtisodiyotga oid matnlar tarjimasining oziga xosliklari koreys va ozbek tilidagi matnlar asosida

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 




I BOB. IQTISODIYOTGA OID MATN TARJIMASINING 

UMUMTILSHUNOSLIK MASALALARI BILAN BOG‘LIQLIGI 

 

1.1.  Iqtisodiyotga oid matnlar tarjimasining o‘rganilganlik tarixi 

Insoniyat paydo bo‘libdiki, iqtisodiyot jamiyatning ajralmas bo‘lagi bo‘lib 

kelgan. Eng qadimgi davrlarda shaxsning, so‘ng urug‘ning, asta-sekin davlat va 

jamiyatning  o‘sib  borishi  bilan  iqtisodiy  jarayonlar  ham  muhim  rol    o‘ynay 

boshlaydi.  Shu  bois,  taraqqiyotni  iqtisodsiz  tasavvur  etib  bo‘lmaydi. 

Iqtisodiyotni  o‘rganish  iqtisodiy  tashkilotlar,  institut  va  harakatlar  bilan  bir 

qatorda tilshunos, tarjimonlar diqqatidan ham chetda qolmaydi. 

Kundalik  hayotimizni  iqtisodiy  ma’lumotlarsiz  tasavvur  etib  bo‘lmaydi. 

Shuningdek, 

mamlakatlar 

o‘rtasidagi  munosabatlarda  ham  iqtisodiy 

munosabatlar  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  esa  tilshunos-tarjimonlar  oldiga 

iqtisodiy mazmunga ega bo‘lgan matnlarni o‘rganish, tarjima qilishning muqobil 

yo‘llarini  topish  singari  vazifalarni  qo‘yadi.  Iqtisodiyotga  bog‘liq  bo‘lgan 

qonunlar,  shartnoma  matnlari  va  shu  kabi  matnlar  tarjimasi  tarjimondan  katta 

mahorat, alohida tayyorgarlikni talab qiladi.  

O‘zbek  tilida  sohaga  oid  terminlar  va  ularning  tarjimasiga  doir  tadqiqot 

ishlari  mavjud  bo’lib,  xususan  Zaynutdinov  Z.  F.  “O‘zbek  tilidan  xitoy  tiliga 

siyosiy  matnlar  tarjimasi  va  uning  o‘ziga  xosliklari”

7

 nomli  dissertatsiyasida 



terminlarning  tarjima  masalalariga  to‘xtalib  o‘tgan  hamda  siyosiy  terminlar  va 

siyosiy matnlar, ularning lisoniy xususiyatlari, siyosiy matnlarda qo‘llaniladigan 

turg‘un  birikmalar,  tarjimada  so‘z  tanlash  muammosi,  vositali  tarjima 

muammolari, siyosiy sintagmalar kabilarni tahlil qilgan.  

Nosirova S. A. “Hozirgi zamon xitoy tili diplomatik terminlarining leksik-

semantik  va  struktur  tahlili”

8

 nomli  tadqiqotida  xitoy  tilidagi  diplomatik 



terminlarning  leksik-semantik  xususiyatlari,  abbreviaturalar  va  qolipli 

                                                           

7

 Zaynutdinov Z. F. O’zbek tilidan xitoy tiliga siyosiy matnlar tarjimasi va uning o’ziga xosliklari.-Т., 2013. 



8

 Nosirova S. A. Hozirgi zamon xitoy tili diplomatik terminlarining leksik-semantik va struktur tahlili.-Т., 2008. 




10 

birikmalar,  diplomatik  terminlarning  statistik  tahlili,  hosil  bo‘lish  usullari, 

o‘zlashmalar kabilar tahlil ostiga olingan.  

Ingliz  tarjimashunosi  Olteanu  A.R.  o‘zining  “Errors  and  difficulties  in 

translating  economic  texts”

9

 deb  nomlangan    tadqiqot  ishi  iqtisodiy  matnlar 



tarjimasining  muammolari  va  murakkabliklariga  bag‘ishlangan  bo‘lib,  unda 

avvalo  tarjima  konsepsiyasi  tarjima  ilmining  turli  yondashuvlari  asosida 

o‘rganilgan.  Iqtisodiy  matn  tarjimasining  murakkabliklari  tahlil  etilib,  iqtisodiy 

matnlar ustida analiz amalga oshirilgan. 

Valerija M., Suchanova J. “The comparative analysis of English economic 

and  business  terms  and  their  lithuanian  translation  equivalents”

10

 nomli 


maqolasida  iqtisodiy  terminlar  tarjimasi,  ularning  ekvivalentini  topish 

muammosi,  terminlarni  struktur  va  semantik  jihatdan  tahlil  etish  kabilarni 

yoritganlar.  

Rus  tilshunos  va  tarjimashunos  olimlari  tomonidan  iqtisodiy  matnlar  va 

ularning  tarjimasi  masalasiga  doir  ko‘plab  izlanishlar  amalga  oshirilgan. 

Шулюкина  Т.  С.  “К  вопросу  перевода  экономических  терминов  (на 

материале  английского  и  русского  языков)”

11

.  Ushbu  tadqiqot  ishida 



iqtisodiy terminlarning o‘ziga xos xususiyatlari, iqtisodiy terminlar tarjimasining 

muqobilligi,  terminlarning  ekvivalentini  topish  muammolari,  kognitiv  model 

kabilarni  o‘rganib  chiqqan  va  tahlilga  tortgan.  Tadqiqotchi  terminlarni  “bir 

tarjimali” 

(“однопереводные 

термины”) 

va 

“ko‘p 


tarjimali” 

(“разнопереводные  термины”)  turlarga  bo‘lgan.  Iqtisodiyotga  oid  matnlarni 

esa  “ommaviy  iqtisodiy  matnlar”  (“популярно-экономические  тексты”)  va 

“tor 


ixtisoslikdagi 

iqtisodiy 

matnlar” 

(“узкоспециализированные 

экономические  тексты”)  kabilarga  ajratib  tahlil  etgan  ma’qul  deb  hisoblaydi. 

Haqiqatdan ham tadqiqotchi ta’kidlaganidek, terminlarni tarjima qilishda aynan 

ekvivalentini  tanlagan  ma’qul  deb  hisoblaymiz.  Shuning  bilan  birga  matnni 

                                                           

9

 Olteanu A.R. Errors and difficulties in translating economic texts.-L., 2012. 



10

 Valerija  M.,  Suchanova  J.  The  comparative  analysis  of  English  economic  and  business  terms  and  their 

lithuanian translation equivalents.-V., 2001. 

11

 Шулюкина Т. С. К вопросу перевода экономических терминов.- М., 2011. 




11 

iqtisodiyotning  aynan  qaysi  sohasiga  tegishli  ekanligiga  ko‘ra  leksik  birliklarni 

tanlash tarjimaning yanada tushunarli bo‘lishida muhim ahamiyatga ega. 

Похолкова  Е.А.  “Современная  экономическая  терминология  в 

Республике  Корея:  лингвистический  анализ”

12

 nomli  tadqiqot  ishida  avvalo 



terminologiya  umumiy  hodisa  sifatida  o‘rganilgan.  Keyingi  boblarda  koreys 

tilida  terminologiyaning  o‘rni  zamonaviy  iqtisodiy  terminologiya  va  uning 

genetik analizi, uning xususiyatlari, iqtisodiy terminologiyada  o‘zlashmalarning 

o‘rni,  formal-strukturaviy,  leksik-semantik  tahlili  kabilarni  amalga  oshirgan. 

Похолкова Е.А. bundan tashqari  o‘z ilmiy ishini davom ettirgan holda koreys 

tilidagi  iqtisodiy  terminlar  bilan  bog‘liq  o‘nlab  maqolalarini  chop  ettirgan. 

Uning  tadqiqot  ishlari  bevosita  tilshunoslik  doirasida  bo‘lib,  bizning  ilmiy 

ishimizda nazariy manba bo‘lib xizmat qiladi.    

Лесникова  Ж.В.

13

 “Способы  перевода  терминов  с  английского  языка 



на  русский  (на  материале  экономических  текстов)”  nomli  ishida  umuman 

terminologiya,  terminlarning  xususiyati  va  tilshunoslikdagi  o‘rni,  terminlarni 

tarjima qilish masalalari, vositali va vositasiz tarjima kabilar tahlil ostiga olingan. 

Tahlil rus va ingliz tilidagi iqtisodiy terminlar tarjimasiga bag‘ishlangan. 

Садовская  М.  В.

14

 “Лингвопрагматическое  описание  экономических 



текстов”da maxsus matn tushunchasi, iqtisodiy matnga tasnif berilgan. 2-bobda 

korxona  hisobotlari  asosida  hisobotning  lingvistik  tahlili  berilgan.  Bu  ish 

tadqiqotimizda matnlarni tahlil qilishda nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. 

Кинчина  Е.  В.

15

 “Когнитивные  аспекты  перевода  экономических 



терминов:  На  материале  английского  и  русского  языков”.  Bunda  kognitiv 

tilshunoslik terminologik muammolarning aspekti sifatida o‘rganilgan. Iqtisodiy 

terminlar  tarjimasining  o‘ziga  xos  xususiyatlari  tahlil  qilingan.  Tadqiqot  ishi 

                                                           

12

 Похолкова  Е.А.  Современная  экономическая  терминология  в  Республике  Корея:  лингвистический 



анализ.-М., 2007.  

13

 Лесникова Ж.В. Способы перевода терминов с английского языка.-М., 2010. 



14

 Садовская  М. В. Лингвопрагматическое описание экономических текстов.-М., 2010. 

15

 Кинчина Е. В. Когнитивные аспекты перевода экономических терминов.-К., 1999. 




12 

ingliz  va  rus  tilidagi  manba  asosida  bo‘lganligi  sababli  unda  ingliz  tilidan  rus 

tiliga o‘zlashgan terminlar ishning asosiy negizi sifatida ko‘rilgan.   

Каплина А.С.

16

 “Межкультурные  особенности  экономического  текста 



и  трудности  его  перевода”.  Bu  tadqiqotda  iqtisodiy  matnning  xususiyatlari, 

matnlarning  ekvivalentligi  va  adekvatligi  ustida  izlanishlar  olib  borilgan. 

Tadqiqotchining fikricha, iqtisodiy matnlarning asosiy maqsadi kognitiv axborot 

yetkazish  bo’lib,  buning  uchun  turli  iqtisodiy  terminlardan,  qisqartmalardan 

foydalaniladi.  Ba’zi  elementlarni  tarjima  qilishda  adekvatlikka  erishish  uchun 

transformatsiyalardan foydalanish kerakligini qayd etadi. 

Стрелецкая  И.В  “Языковые  особенности  перевода  экономических 

текстов  с  английского  языка  на  русский”

17

 nomli  tadqiqot  ishida  iqtisodiy 



diskursga  alohida  bob  ajratilib,  chuqur  tahlil  ostiga  olingan.  Unda  diskurs 

tushunchasi,  iqtisodiy  diskurs  va  iqtisodiy  diskursning  o‘ziga  xos  xususiyatlari 

o‘rganilgan.  Qolgan  boblarda  iqtisodiy  matnlar  leksik  birlik,  grammatik  birlik 

hamda  stilistik  –  uslubiy  birliklarga  bo‘linib  tadqiq  qilingan.  Leksik  birliklarni 

tahlil qilishda terminlar va maxsus leksika tarjimasi, umumiste’moldagi leksika 

tarjimasi,  abbreviaturalar,  akronim

18

lar  va  korxona-tashkilot  nomlari  kabilar 



ko‘rib  chiqilgan.  Uslubiy  birliklarda  esa  frazeologizmlar  va  klishelar, 

metaforalar tarjimasi tadqiq qilingan.  

Довбыш  О.В.

19

ning  “Английская  финансовая  терминология  и 



проблемы  ее  перевода  на  русский  язык  (На  материале  годовых 

финансовых отчетов зарубежных компаний)”da moliyaviy hisobot terminlar 

sistemasi  o‘ziga  xos  matn  janri  sifatida  o‘rganilgan.  Tadqiqotga  korxonaning 

yillik moliyaviy hisoboti manba bo‘lib xizmat qilgan.  

                                                           

16

 Каплина А.С. Межкультурные особенности экономического текста и трудности его перевода.-М., 2012. 



17

 Стрелецкая  И.В.  Языковые  особенности  перевода  экономических  текстов  с  английского  языка  на 

русский. - М., 2012. 

18

 



Акро́ним

 

(grekcha άκρος  -yuqori, so'nggi + όνυμος - nom)  - abbreviaturalarming bir turi bo'lib, boshlang'ich 



tovushlardan yasaladi. https://ru.wikipedia.org/wiki.

 

19



Довбыш О.В. Английская финансовая терминология и проблемы ее перевода на русский язык.-М., 2003. 


13 

Sherba  L.V.o‘z  tadqiqotlarida  terminlarga  to‘xtalib,  bir  necha  so‘zlardan 

iborat  bo‘lgan  terminlarni  struktur  va  semantik  yagonalikka  ega  bo‘lgan  so‘z 

birikmasi deb izohlagan (Sherba, 1974). Bu so‘z birikmalarining bir tushunchani 

atash  uchun  xizmat  qilishi  yagona  nominativ  terminologik  birlik  sifatida 

ta’riflashga asos bo‘ladi

20

.  


Xulosa  qilib  aytadigan  bo‘lsak,  chet  tillarida  iqtisodiy  matn  tarjimasi  va 

iqtisodiy  terminlar  tarjimasiga  bag‘ishlangan  tadqiqot  ishlari  mavjud.  Lekin 

o‘zbek tilida bunday ishlarga duch kelmadik. 


Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish