Salimova Nigina Baxtiyorovna



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/37
Sana12.08.2021
Hajmi1,34 Mb.
#146182
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
Bog'liq
iqtisodiyotga oid matnlar tarjimasining oziga xosliklari koreys va ozbek tilidagi matnlar asosida

 

1-bob bo‘yicha xulosalar: 

1.  Iqtisodiy  matnlar  tarjimasi  masalasi  rus  mutaxassislari  tomonidan  chuqur 

o‘rganilgan:  Похолкова  Е.А.  Современная  экономическая  терминология  в 

Республике  Корея:  лингвистический  анализ.  Bu  tadqiqot  ishida  avvalo 

terminologiya  umumiy  hodisa  sifatida  o‘rganilgan.  Садовская  М.  В. 

“Лингвопрагматическое  описание  экономических  текстов”.  Bu  tadqiqot 

ishida maxsus matn tushunchasi, iqtisodiy matn tushunchasiga tasnif berilgan. 2-

bobda  korxona  hisobotlari  asosida  hisobotning  lingvistik  tahlili  berilgan. 

Кинчина Е. В. “Когнитивные аспекты перевода экономических терминов: 

На  материале  английского  и русского  языков”.  Bunda kognitiv tilshunoslik 

terminologik  muammolarning  aspekti  sifatida  o‘rganilgan.  Каплина  А.С. 

“Межкультурные  особенности  экономического  текста  и  трудности  его 

                                                           

48

 Ким В.Н., Ким Т.С. Cоциально-политическая терминология.–Т., 2009. C. 14. 



49

 Гринев С. В. Введение в терминоведение.-М., 1993. 




28 

перевода”.  Bu  tadqiqotda  iqtisodiy  matnning  xususiyatlari,  matnlarning 

ekvivalentligi  va  adekvatligi  ustida  izlanishlar  olib  borilgan.  “Языковые 

особенности  перевода  экономических  текстов  с  английского  языка  на 

русский”. Tadqiqot ishida iqtisodiy diskursga alohida bob ajratilib, chuqur tahlil 

ostiga olingan. 

2.  Iqtisodiy  diskurs  –  ma’lum  bir  iqtisodiy  fikrlar  jarayonida  yuzaga  keladigan 

diskurs  tipidir.  Iqtisodiy  diskursning  aspektlari  tovar,  pul,  foyda,  bozor, 

investitsiya,  iqtisodiyot,  iqtisodiy  faoliyat  kabi  bazaviy  tushunchalardan  iborat. 

Iqtisodiy  diskurs  qarashlar  umumiyligi  va  verballashgan  terminologiyasi  bilan 

ajralib  turadi.  Iqtisodiy  diskursni  quyidagi  belgilariga  ko‘ra  turlarga  ajratish 

mumkin: sug‘urta qatlamidagi diskurs, bank diskursi (institutsionallik belgisiga 

ko‘ra); korxona rahbarining og‘zaki nutqida hosil bo‘luvchi diskurs (shaxsiy va 

institutsional  diskursning  taqqoslanish  belgisiga  ko‘ra);  iqtisodiy  mavzudagi 

gazeta  va  jurnal  diskursi,  iqtisodiyotga  oid  dissertatsiyalar,  ilmiy  maqolalar 

(janriy belgisiga ko‘ra). 

3.  Zamonaviy  iqtisodiy  diskurs  tushunchasi  quyidagi  xususiyatlarga  egadir: 

strukturasining  murakkabligi  va  bir  jinsli  emasligi;  muloqot  qatnashchilarining 

turlichaligi (olimlar, mutaxassislar va nomutaxassislar); tuli muloqot vaziyatlar. 

4.  Termin  –  fan-texnikaning  ma’lum  sohasiga  tegishli  bo‘lgan  va  shu  soha 

mutaxassislari  tomonidan  qo‘llaniladigan,  obyekt  yoki  tushunchaning 

maxsusligini 

ifodalovchi 

hissiy-neytral 

so‘z 

(so‘z 


birikmasi)dir. 

“Terminologiya”  –  terminlar  haqidagi  ta’limot  va  terminlar  majmui  degan 

ma’nolarni anglatadi. Atama termin so‘ziga nisbatan tor tushunchani ifodalaydi. 

Atamashunoslik  (terminovedeniye)ning  kelib  chiqishi  avstriyalik  olim  Oygena 

Vyuster  va  Dmitriy  Semyonovich  Lottelarning  sharafli  nomlari  bilan  bog‘liq 

bo‘lib, ular ilk tadqiqot ishlarini 1930-yilda nashr etganlar. 

5.Terminlarning  ifoda  plani  so‘zga  (hujayra,  to‘qima)  yoki  turg‘un  birikmaga 

teng  bo‘ladi.  Nomenlar  –  yagona  narsalarning  nomlanishidir.  Shu  bilan  birga 

yakka  tartibda  ishlab  chiqiladigan  ommaviy  mahsulotlarni  ham  nomlashga 

xizmat  qiladi.  Predterminlar  –  ijtimoiy  leksemalar  bo‘lib,  yangi  shakllangan 




29 

tushunchalarni  nomlashda  termin  sifatida  qo‘llaniladi.  Predterminlarga  misol 

qilib quyidagilarni keltirish mumkin. Professionalizmlar – bir muncha murakkab 

bo‘lib, uni mutaxasislar turlicha ta’riflashadi: 

  terminlar bilan tenglashtiriladi; 

  nomenativ bo‘lmagan maxsus leksika birligi; 

  og‘zaki nutqda ishlatiladigan norasmiy uslubga tegishli kasbga oid so‘zlar 

bo‘lib, emotsional-ekspressiv konnotatsiyaga ega. 

6.Terminoid  –  maxsus  leksema  bo’lib,  yetarli  darajada  shakllanmagan  va 

tushunarli  bo‘lmagan,  aniq  chegaraga  ega  bo‘lmagan  tushunchalarga  ta’rif 

berish uchun qo‘llaniladi. Prototerminlar – ilm-fan paydo bo‘lishidan oldin (eng 

qadimgi  30-40ming  yil  oldin)  mavjud  bo‘lgan  maxsus  leksemalar  bo‘lib,  ular 

tushunchalarni anglatmay, balki maxsus tasavvurlarni anglatadi.  


Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish