I unlisi. I unlisining quyidagi talaffuz holatlari mavjud: a) i tovushi tilak, bir, tish, dil
kabi so‘zlarda qisqa; b) ilmiy, adabiy, lirika, idealist, radiy kabi so‘zlarning urg‘u bo‘g‘inida
cho‘ziq; v) qish, qir, g‘isht, xirmon, g‘ilof kabi so‘zlarda ruscha o‘ tovushiga moyil qattiq;
g) arab-fors va rus tilidan o‘zlashgan bir bo‘g‘inli so‘zlarning qo‘sh undosh oralig‘ida qisqa
i tovushi qo‘shib talaffuz etiladi: aql, bahs, litr, metr, vazn, gips, mehr kabi.
U unlisi. Bu unli quyidagi talaffuz xususiyatlariga ega: a) ufq, umr, ukrop, ustoz kabi
so‘zning boshida; masul, mashum kabi belgisidan keyin kelsa, u unlisi aniq aytiladi; b) kul,
kun, xum, xulosa, xumor, g‘urbat kabi so‘zlarda qisqa; v) suv, mazmun, mafkura, maftun,
mamur, tikuv, to‘quv, quvvat kabi hamda tundra, manufaktura kabi ruscha-internatsional
so‘zlarning urg‘uli bo‘g‘inida cho‘ziq aytiladi; g) uzum, uzuk, tutun, butun, turmush, chuqur
kabi so‘zlarning ikkinchi bo‘g‘inidagi hamda sovun, qovun, dovul, omuxta kabi so‘zlardagi
u unlisi qisqa i tarzida talaffuz qilinadi. Ayrim holatlarda bu unli parallel tarzda ham u, ham
i tarzida aytiladi.
O‘ unlisi. O‘ unlisi quyidagicha talaffuz qilinadi: a) so‘lim, po‘choq, to‘plam, no‘noq
kabi so‘zlarda qisqa; b) mo‘l, zo‘r kabi bir bo‘g‘inli so‘zlarda, ro‘baro‘, shuxro‘y, gulro‘
kabi so‘zlarning oxirgi bo‘g‘inida, mo‘tabar, mo‘tadil kabi so‘zlar belgisidan oldin cho‘ziq
aytiladi;
E unlisi. Bu unli quyidagicha talaffuz xususiyatlariga ega: a) erta, ekin, meva, tekin
kabi so‘zlarda keng aytiladi; b) ketmon, mergan, tepki, sezgir kabi ikki undosh o‘rtasida bir
4
oz qisqa; v) etti, elkan, etmish kabi so‘zlarning boshidagi e y Q e tarzida; g) adres, attestat,
delegatsiya, fazelin, ruscha-internatsional so‘zlarda i ga moyil talaffuz etiladi: adris, attistat,
deligatsiya, vazilin kabi; d) elon, etibor, etiqod, etiroz kabi so‘zlarda belgisidan oldin
cho‘ziq talaffuz qilinadi.
A unlisi. A unlisi quyidagi talaffuz holatlariga ega:
A) aql, asr, askar, atlas kabi, qand, qarz, xat, g‘am kabi hamda surat, halg‘a, bilaks
kabi belgisidan keyin kelganda, aniq zarb bilan aytiladi; b) alo, mano, tana, tazim kabi
ayirish belgisidan oldin kelgan a cho‘ziq; v) manfaat, taassurot, taajjub, taassuf kabi,
mudofaa, matbaa kabi yonma-yon kelgan a unlisidan biri talaffuzda tushib qoladi; g)
mubolag‘a, muzokara, muhokama, munosabat kabi so‘zlarning uchinchi bo‘g‘inidagi a
unlisi i ga moyil aytiladi; d) shavkat, shavla, gavda, davlat, mavsum kabi so‘zlarning
birinchi bo‘g‘inidagi a unlisi o ga moyil talaffuz qilinadi.
O unlisi. O unlisi quyidagicha talaffuz xususiyatlariga ega: a) ona, ov, osh, anor,
bola, bodom, inson, tog‘, qor kabi so‘zlarda aniq zarb bilan aytiladi; b) avzo, zebo, sabo,
fido, xato kabi so‘zlarning oxirida; zotan, notiq, volida, voriya kabi so‘zlarning urg‘uli
bo‘g‘inida kelgan o unlisi cho‘ziq talaffuz qilinadi; v) opera, nota, rol, tok kabi ruscha-
internatsional so‘zlarda o‘ tarzida; botanika, gastronom, kolxoz, kompot kabi hamda
televizor, ekvator, novator kabi ruscha-internatsional so‘zlarning urg‘usiz bo‘g‘inida kelgan
o unlisi a, i tovushlariga moyil talaffuz qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |