Ozbek tili



Download 269,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/100
Sana12.08.2021
Hajmi269,47 Kb.
#146153
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Bog'liq
Ozbek tili



 

Til va terminologiya. 

Har  bir  xalqning  asriy  tajribasini  o‘zida  mujassam  qilgan  ona  tilidagi  lisoniy 

boyliklarni  asrab  qolish,  ularni  ilmiy  tahlil  qilish,  keyingi  avlodlarga  etkazish  hozirgi  fan 

oldida, xususan, tilshunoslik oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtayi 

nazardan  qaraganda  birinchi  Prezidentimiz  I.A.Karimov  aytganidek,  “Xalqning  milliy 

madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo‘lmish o‘zbek tili”

!

da mavjud bo‘lgan 



so‘z  va  iboralami,  atamalar  va  leksik  boyliklarni  o‘rganish  hamda  lisoniy  meros  sifatida 

ilmiy tahlilini olib borish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biridir. 

Ma’lumki,  terminologiya  masalalari  ilmiy-texnik  ishlab  chiqarish,  kasb-hunar,  har 

xil  tarmoqlar  leksikasi,  ijtimoiy  hayotning  barcha  jabhalariga  tegishli  so‘z  va  iboralarni 

qamrab oladi, bu tushunchalar tarixi xalq hayoti, uning  moddiy va  ma’naviy jihatlari bilan 

bog‘liq  hamda  ularning  barchasini  tadqiq  qilish,  tilning  mulkiga  aylantirish  hozirgi  davr 

tilshunosligi oldida turgan, kechiktirib bo‘lmas tadqiqot yo‘nalishlaridan biridir. 

Turkiy  tillar  materiallari  asosida  uning  terminologik  tizimini  o‘rganish  o‘tgan 

asrning 50-yillaridan boshlandi. Bu davrgacha qator turkiy tillarda har xil sohalar bo‘yicha 

terminlar  yuzaga  keldi,  darsliklar  nashr  qilindi,  rus  tilidan  ilmiy-texnik  adabiyotlarning, 

turli-tuman  o‘quv  qo‘llanmalarning  tarjima  qilinishi  sohalar  terminologiyasining 

shakllanishiga  ijobiy  ta’sirini  o‘tkazdi  va  50-yillargacha  shakllanib  ulgurgan,  katta  lisoniy 

materiallarni  o‘zida  jamlagan  tarmoqlar  terminlarini  o‘rganish,  ularni  tartibga  solish 

tilshunoslik  fani  oldiga  qator  vazifalarni  qo‘ydi.  Shu  tariqa  milliy  turkiy  tillarda 

terminologiya  masalalarini  tadqiq  qiluvchi  dastlabki  ilmiy  ishlar  maydonga  keldi.  Bunday 

ilmiy  ishlarning  ilk  namunalariga  A.Ishayevning  Qoraqalpog‘istondagi  o‘zbek  shevalari” 

(1977),  N.A.Baskakovning  “Sovremennoe  sostoyanie  terminologii  v  yazikax  narodov 

SSSR” (1959), N.K.Dmitrievning “Grammaticheskaya terminologiya v uchebnikax rodnogo 

yazika” (1955), F.S.Faseyevning “Tatar telende terminologiya” (1969), B.U.Oruzbaevaning 

“Slovoobrazovanie  v  kirgizskom  yazwke”  (1964),  R.A.Urekenovaning  “Obrazovanie 

terminov  v  kazaxskom  yazwke”  (1980),  M.SH.Gasimovning“Osnovw  terminologii 

azerbaydjanskogo yazwka” 

(1972), “Azerbajchan dili terminolokijasinin asaslari” (1973). 

O‘zbek tili tarmoqlar terminologiyasi bo‘yicha yuzaga kelgan dastlabki tadqiqot 1955- 

yilda himoya qilingan N.Mamatovning “O‘zbek paxtachilik terminologiyasi” nomli ishidir. 

Ishda paxtachilik bilan bog‘liq atamalar taraqqiyoti, ularning tasnifi, atamalarning so‘z, so‘z 

birikmalaridan  farqli  jihatlari,  atamaning  ta’rifi,  O‘zbekistonda  paxtachilikning  rivojlanish 

tarixi  va  u  bilan  bog‘liq  holda  yangi  atamalarning  paydo  bo‘lishi,  o‘zbek  paxtachiligi 

atamashunosligining boyishida ichki va tashqi manbalarning hal qiluvchi mavqei atroflicha 

tahlil etilgan. 

O‘zbek tilshunosligida ham terminlarni o‘rganish borasida yangi qadamlar qo‘yildi, 

ya’ni  ilmiy  terminologiyaga  oid,  kasb-hunarga  oid,  o‘zbek  tili  leksikasiga  oid  tadqiqotlar, 

shuningdek, entsiklopediya, izohli lug‘atlar birin- ketin maydonga keldi. 

Alohida  qayd  etish  lozimki,  1989-  yil  oktabrda  o'zbek  tili  davlat  tili  haqida  qonunga 

ega  bo'ldi.  Shuningdek,  yana  bir  olamshumul  voqeani  qayd  etib  o'tish  o'rinlidir.  1991-yili 

31-avgust  kuni  O'zbekiston  Respublikasi  sobiq  ittifoq  respublikalari  ichida  birinchilardan 

bo'lib  o'z  mustaqilligini  e'lon  qildi.  Bu  muhim  dalillar  tilda  qadimdan  qaror  topib  kelgan 

lisoniy  informatsiya  almashish  jarayonini  yanada  keng  miqiyosda  rivojlantirishdan  iborat 

muhim  vazifani  ko'ndalang  qildi.  Pirovardida,  hayotning  barcha  jabhalarini  qamrab  olgan 

sohalar  bo'yicha  yuzaga  kelayotgan  lisoniy  materiallarni  o'zbek  tili  qonun-qoidalari  va 

talablari  doirasida  qayta  ko’rib  chiqish  lozimligini  taqozo  qildi.  Ayniqsa,  bu  jarayonda 

ijtimoiy-siyosiy  hujjatlar  va  adabiyotlarni  mukammal  yaratish  masalalari  muhim  rolni 

o'ynaydi. Zero,  O'zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi qonunining  7-moddasida 



 

“Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o'zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari 



va normalariga rioya etiladi. 

Davlat  o'zbek  tilining  boyitilishi  va  takomillashtirilishini  ta'minlaydi,  shu  jumladan,  uni 

hamma  e'tirof  qilgan  ilmiy-texnikaviy  va  ijtimoiy-siyosiy  atamalarni  joriy  qilish  hisobiga 

ta'minlaydi 




 


Download 269,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish