-gi (-ki), -qi (-g‘i, -g‘u). Bu qo‘shimchalar fe’l negizlariga qo‘shilib narsa qurol oti
va mavhum otlar yasashda ishlatiladi: supurgi, chalg‘i, cholg‘u, suzgi, yoqilg‘i; kulgi, turtki,
sezgi. Shuningdek, bu qo‘shimcha yordamida tepki, kuydirgi kabi kasallik otlari ham
yasalgan.
-m (-im, -um). Bu qo‘shimcha fe’llarga qo‘shilib, asosan, quyidagi ma’nolarni
ifodalovchi otlarni hosil qilishda ishlatiladi: narsa-buyum oti: kiyim; harakat-holat nomi:
aldam, chidam; natija nomi: to‘plam, bitim, bosim, tizim, tuzum; o‘lchov birligi nomi:
tishlam, to‘g‘ram, ho‘plam, damlam, cho‘qim.
Do'stlaringiz bilan baham: |