38
shishalanishi bilan tushuntiriladi. Bunda dastlabki xomashyo
sifatida termoplastik polimerlar asosidagi granulalangan kom-
pozitsiya ishlatiladi, biroq ekstruziyalash va kalandrlash usul-
lari uchun quruq aralashtirilgan kukunsimon kompozitsiya
yoki valslangan suyuqlanmadan foydalanish mumkin.
Qayta ishlash umumiy diffuziyon-adgeziv
jarayonlarni
(rotatsion shakllash, changlash va boshq.) o‘z ichiga oladi. Ayni
paytda buyumlar kukunsimon massalar va plastmassalarni
harorat ta’sirida suyultirish va qotirish yo‘li bilan tayyorlanadi.
Mustaqil guruhlarga eritmalardan buyumlar olish (plyonkalar
quyish, tolalar shakllash, shpredinellash kabi) texnologik
jarayonlari birlashtirilgan. Polimer kompozitsiyalarni ko‘piklash,
shuningdek, polimerlar yoki suyuq formopolimerlarni ma’lum
shaklda polimerlash guruhga birlashtirilgan.
Monomer initsiator yoki katalizator bilan aralashtiriladi va
suyuq holatda shaklga quyiladi, natijada kimyoviy reaksiyaga
kirisib, polimer hosil bo‘ladi. Shaklda
monomerlarni polimer-
lash usulida list holatidagi materiallar (organik shisha list),
shuningdek, turli konfiguratsiyadagi buyumlar olinadi (ma-
salan, kaprolandlar). Oriyentatsiya, pnevmovakuum shakllash
va shtamplash usullarida yuqori elastik holatdagi list va plyonka
materiallar qayta ishlanadi. Ular kalandrlash yoki ekstruziya
usullari bilan olinadi. Bu usullar uchun polimerlarning cho‘-
zilishdagi deformatsiyasi, rekristallanishi va oriyentatsiyasi
xosdir.
Turli xil usullar bilan olingan buyumlarga qo‘shimcha
ishlov beriladi.
Termoreaktiv materialni qayta
ishlash usullari ham shunga
o‘xshash sinflarga bo‘lingan. Bunda buyumlarni pressmaterial-
39
lardan yoki ayrim komponentlardan (suyuq polimerlar, to‘ldi-
ruvchilar, armirlovchi materiallar) tayyorlash mumkin.
Barcha usullarda buyumlarni shakllash (kompozitsiyaga
zarur konfiguratsiya berish) qovushqoq-oquvchan holatda
bo‘lgan pressmaterialning siljib oqishi hisobiga amalga oshadi,
so‘ngra bog‘lovchi material yordamida qotirilib suyuqlanmay-
digan va erimaydigan holatga o‘tadi.
Bu jarayonlar umumiy
ftzik-kimyoviy qonuniyatlarni o‘z ichiga olgani uchun bir
guruhga birlashtirilgan.
Suyuq bog‘lovchilar shimdirilgan, so‘ngra qotirilib armirla-
nadigan materiallarga ma’lum konfiguratsiya berib olinadigan
ko‘piradigan termoreaktiv kompozitsiyalardan buyumlar tay-
yor lash maqsadida qo‘llaniladigan
qayta ishlash usullarining
o‘ziga xos tomoni shundaki, bunda g‘ovak hosil bo‘lishi va
qotish kimyoviy reaksiyasi bir vaqtda sodir bo‘ladi.
Plastmassalarni buyumlarga va yarimtayyor mahsulotlarga
aylantirishda quyidagilarga ahamiyat berish kerak:
– plastmassa yoki kompozitsion materiallarni ekspluatatsiya
sharoitiga bog‘liq xususiyatlariga ko‘ra tayyorlash;
– ularni shaklni oson qabul qiladigan holatga o‘tkazish;
– plastmassalarga buyum yoki yarim mahsulot shaklini
berish usullari va tegishli rejimlarni yaxshi bilish;
– buyum yoki yarim mahsulotga tugallangan shakl berish.
Sanoatda ishlab chiqariladigan polietilen bir-biridan zichligi,
molekular massasi va kristallik darajasi bilan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: