Uzbekiston Respublikasi Oliy va urta maxsus ta'lim vazirligi



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/72
Sana11.08.2021
Hajmi0,52 Mb.
#145261
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   72
Bog'liq
Тубан усимликлар 2017

Sinov savollari 

 

1. 



Pirofita suvo„tlarining hujayralarini tuzilishi. 


23 

 

2. 



Pirofita suvo„tlarining ko„payishi.   

3. 


Pirofita suvo„tlarining  muhum vakillari.  

 

 



QUNG‘IR SUVO‘TLARI BO‘LIMI - PHAEOPYCOPHYTA 

 

    Qo„ng„ir suvo„tlarining xromatoforlarida xlorofil "a" va "s", beta karotin 

hamda ko„p miqdorda qo„ng„ir rang beruvchi ksantofillar, ayniqsa fukoksantin 

bo„lishi bilan boshqa suvo„tlaridan ajralib turadi. Zaxira ozuqa modda sifatida 

hujayrada  laminarin  polisaxaridi,  olti  atomli  mannit  spirti  va  moy  to„planadi. 

Monad  hujayralari  (zoospralari  va  gametalari)  noksimon  shaklda  bo„lib,  yon 

tomonida,  odatda,  ikkitadan  har  xil  uzunlikdagi  va  har  xil  tuzilishga  ega 

bo„lgan  xivchinlari  bo„ladi.  Ularning  biri  sillik  (akronemali),  ikkinchisi  esa 

ikki  qator  tukli  (mastigonemali  yoki  plevronemali)  ko„rinishda  bo„ladi. 

Ayrim  vakillaridan  tashqari  qo„ng„ir  suvo„tlarining  hammasi  dengiz  va 

okeanlardagi sho„r suvlarda hayot kechiradi. Ayniqsa ular shimoliy va janubiy 

yarimsharlarning  sovuq  suvlarida  keng  tarqalgan.  Tallomining  morfologik 

differensiasiyasi  bo„yicha  ular  barcha  suvo„tlariga  nisbatan  murakkabroq 

tuzilishga ega. Jumladan, ularning ichida bir hujayrali, kolonial, shoxlanmagan 

yoki  oddiy  shoxlangan  ipsimon  vakillari  uchramaydi.  Eng  oddiy  tuzilgan 

qo„ng„ir  suvo„tlari  har  xil  ipsimon  (geterotrixial),  aksariyat  ko„pchiligi  esa 

plastinkasimon  tuzilgan.  Tallomining  hujayralari  kuchli  shilimshiqlangan 

qobiqli  bo„lib,  bir  yadroli,  hujayra  shirasiga  boy  bo„lgan  bir  yoki  birnecha 

vakuolali  va  har  xil  shakldagi  hujayra  qobig„iga  yaqin  joylashgan 

xromatoforlarga  ega.  Ko„payishi  vegitativ,  jinssiz  va  jinsiy.  Vegetativ 

ko„payish tallomining mexanik ravishda bo„laklarga bo`linishi natijasida, yoki 

ayrim  vakillarida  (masalan,  Sfasillariyada)  maxsus  uzilib  tushuvchi  kurtaklar 

hosil qilib amalga oshadi. Qo„ng„ir suvo„tlarining jinssiz ko„payishi sistematik 

guruhlariga qarab har xil bo„lishi mumkin. Ko`pchilik vakillarida zoosporalar 

vositasida  amalga  oshib,  ular  diploid  o„simliklarda  yuzaga  keluvchi  bir 

uyachali  zoosporangiyalarda  hosil  bo„ladi.  Diktiotalar  (Dictiotales)  tartibiga 

mansub  vakillarning  bir  uyachali  sporangiyalarida  to„rttadan  aplonosporalar 

(tetrosporalar)  yuzaga  keladi.  Zoosporalar  va  tetrosporalar  hosil  bo„lishidan 

oldin  reduksion  bo„linadi  va  ulardan  jinsiy  bo„g„in  -  gaploid  gametofit  o„sib 

chiqadi.  Lekin  ayrim  ko„ng`ir  suvo`tlarida  (masalan,  Diktiotada)  ham  bir 

uyachali,  ham  ko„p  uyachali  zoosporangiyalar  yuzaga  kelib,  ko„p  uyachali 

zoosporangiyada  hosil  bo„lgan  zoosporalar  reduksion  bulinmaydi  va  diploid 

zoosporadan yana diploid sporofit o„sib chiqadi.  

    Jinsiy  kupayish  qo„ng„ir  suvo„tlarining  nisbatan  primitiv  tuzilgan 

vakillarida  izogamiya  yo„li  bilan  amalga  oshib,  gametalar  ko„p  uyachali 

gametangiyalarda  hosil  bo„ladi.  Qo„ng`ir  suvo„tlarining  bir  qator  vakillarida 

esa  jinsiy  ko„payish  geterogamiya  usulida  amalga  oshib,  ular  ham  ko„p 

uyachali  gametangiylarda  yuzaga  keladi.  Lekin  ayrim  gametangiylarda 

maydaroq, ayrimlarida  esa  yirikroq gametalar hosil bo„ladi. Nisbatan  yuksak 



24 

 

tuzilgan  qo„ng„ir  suvo„tlarida  jinsiy  ko„payish  oogamiya  usulida  amalga 



oshadi.  Odatda  oogoniy  va  anteridiylarida  bittadan  gametalar  hosil  bo„ladi. 

Lekin  Fukus  (Fucus)  turkumiga  mansub  turlarining  har  bir  anteridiysida  64 

tadan  spermatozoid,  oogoniylarida  esa  8  ta  tuxum  hujayra  yuzaga  keladi. 

Qung„ir  suvo`tlarining  ayrim  vakillarida  ko„payish  a‟zolarining  yig„ilgan 

to„plamlari  vujudga  kelib,  ular  soruslar  deb  ataladi.  Masalan,  Diktiotada 

oogoniy  va  anteridiylar  sorusi,  Laminariyada  esa  zoosporangiylar  sorusi 

vujudga  keladi.  Shuningdek  ayrim  vakillarining  tallomi  ustida  maxsus 

shoxlangan  nasl  shoxchalari  yuzaga  kelib,  ularni  retseptakullar  deb  ataladi. 

Retseptakullar jinsiy a‟zolarning hosil bo„luvchi o„rni bo„lib, ular kupinchalik 

noksimon  chuqurchada  (skafidiyada)  tuxum  hujayra  va  spermatozoidlarni 

vujudga keltiradi (mas. Fukusda).  

    Qo„ng„ir suvo„tlarining ko„pchilik vakillarida jinssiz va jinsiy bo„g„inlar 

gallanib  turadi.  Gallanish  izomorf  (gametofit  va  sporofit  bir  xil  tuzilishga  va 

kattalikka  ega)  yoki  geteromorf  (gametofit  va  sporolfit  har  xil)  bo„lishi 

mumkin. Ushbu bo„limga mansub suvutlarida nasllarning gallanishi sistematik 

gyruhlapga  bo„linishi  uchun  asos  qilib  olingan.  Izomorf  gallanishga    ega 

bo„lgan  vakillar  izogeneratalar,  geteromorf  gallanib  gallanuvchilari 

geterogeneratalar, faqat jinsiy ko„payish xususiyatiga ega bo„lgan vakillari esa 

siklosporalar sinfiga biriktirilgan.  

 

 




Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish