Rivojlanishi tarixidan



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/96
Sana09.08.2021
Hajmi1,33 Mb.
#143581
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   96
Bog'liq
urbanizatsiya majmua

Tim  va  toqlar  (XVI  asr).  Buxoroda  eng  yirik  savdo  inshootlaridan  to'rttasi: 
Toqi  zargaron,  Toqi  telpakfurushon,  Toqi  sarrofon  va  Abdullaxon  timi  saqlanib 
qolgan.  Toqlar  shahristonning  Labihovuz  maydonidan  Registon  maydonigacha 
boradigan  asosiy  savdo  ko'chasidagi  chorrahalarda  qurilgan.  Muntazam  sakkiz 
burchakli  ichki  xonaga  mahobatli  gumbaz  yopilgan.  16  darchali  bu  gumbazning 
meridianal  qovurg'alari  bor.  Toqi  zargaronda  o'ttizdan  ortiq  zargarlik  do'koni  va 
ustaxonalar  bo'lgan.  Bu  erda  har  xil  zeb-ziynat  buyumlari  yasab  sotilgan.  Toqi 
telpakfurushon  ko'chalar  chorrahasiga  qurilgan.  U  oltiburchak  shaklida  bo'lib, 


markaziy gumbazda darchalari bor. Toqi telpakfurushon ilgari Toqi kitobfurushon 
deb  atalgan,  chunki  bu  erda  kitoblar  sotilgan.  Toqi  sarrofon  ikki  ko'cha 
chorrahasida bo'lib, ulardan biri Registon tomonga qarab ketgan. U shuning uchun 
Toqi  sarrofon  deb  atalganki,  unda  ko'pincha  sarroflar  o'tirib,  chet  el  pullarini 
almashtirganlar  va  pul  maydalaganlar.  Buxoronning  Abdullaxon  timi  va  toqlari 
qadimiy  shaxar  qurilishining  obod,  yirik  ko'chalarida  saqlanib  qolgan 
elementlarigina,  xolos.  O'rta  Osiyo  va  SHarq  mamlakatlaridagi  birorta  shaharda 
bunchalik mahobatli (ulug'vor) me'morchilik inshootlari yo'q, desa bo'ladi. 
Devonbegi  xonaqosining  old  tomoni  Labihoiul  suvida  oynadek  aks  etib 
turadi. SHuning uchui bu yodgorlikni Labihovuz deb ham ataydilar. 
SHarq  tomonda,  masjid  ro'parasida  Nodir  devonbegi  madrasasi  (1622  yil) 
qad  ko'targan.  U  karvonsaroy  sifatida  qurila  boshlagan  bo'lsada,  keyin  qurilish 
davomida  madrasaga  aylantirilgan.  SHuning  uchun  uning  rejasi  oddiy  va 
madrasalar rejasiga o'xshamaydi. 
Ko'kaldosh madrasasi (1578 yil) — Labihovuz maydonida joylashgan binolar 
jumlasiga kiradi. Bu yodgorlik Abdullaxon hukmronlik qilgan davrda (1557 1558) 
qurilgan  bo'lib,  O'rta  Osiyodagi  eng  katta  madrasalardan  biri  hisoblanadi. 
Madrasaning  160  xujrasi  bor.  Madrasaning  eshigi  alohida  e'tiborga  sazovordir. 
eshik  tabaqalari  yog'och  pilakchalardan  yig'ilib,  elim  va  mixsiz  cho'p  pona  bilan 
biriktirilgan,  taxta  pilakchalarga  nozik  va  mayda  o'ymakor  gul  solingan. 
Madrasalarning devori odatda yaxlit bo'ladi. Bu madrasaning esa ochiq ayvonchali 
boloxonalari  bo'lgan  va  ular  durustgina  bezatilgan.  Hozir  bu  erda  viloyat  davlat 
arxivi joylashgan. 
SHaharning  g'arbiy  qismida,  shahar  madaniyat  va  istirohat  bog'i 
darvozasining  chap  tomonida  bir-biriga  ro'para  turgan  ikkita  katta  madrasa  bor. 
Ular  Qo'sh  madrasa  nomi  bilan  mashhur  Qo'sh  madrasa  Buxorodagi  xdshamatli 
me'morchilik  komplekslaridan  biridir.  SHarqiy  tomondagi  Madori  xon  madrasasi 
(1566)  g'arbiy tomondagi Abdullaxon  madrasasidan 22 yil  ilgari qurilgan. Madori 
xon  madrasasining  hajmi  kichikroq,  bezaklari  soddaroqdir.  Abdullaxon  madrasasi 
kattaroq,  ayniqsa  uning  sal  qiyshaygan  baland  old  peshtoqi  serhashamdir.  Hovli 
to'rt peshtoqdan iborat. Uning eshik tabaqalari Ko'kaldosh madrasasining eshigi ga 
o'xshatib  taxta  pilakchalaridan  yasalgan.  SHaharning  sharqiy  qismida,  vokzalga 
yaqin joyda ikki maqbara: Sayfuddin Boharziy va Buyonqulixon maqbalari bor. 
Sayfuddin Boharziy maqbarasi din aqidalari to'g'risida asarlar yozgan va 1262 
yilda vafot etgan shayxning nomi bilan bog'liqdir. Bu yodgorlik ikki binodan, ya'ni 
ziyoratxona  va  go'rxonadan  iborat.  Ilgari  ikkinchi  xonada  badiiy  o'ymakorlik  va 
sirli  bezaklarning  noyob  namunasi  bo'lgan  yog'och  sag'ana  bo'lgan  (XIV  asr). 
Maqbaraning  ichiga  baland  minoralar  gumbazidagi  darchalardan  yorug'lik  tushib 
turadi. 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish