Ulug'bek madrasasi (1417 yil). Bu madrasa Temurning nabirasi: buyuk
astronom Ulug'bek qurdirgan uch madrasa-ning eng avvalgisidir. To'g'ri
to'rtburchak shaklida qurilgan bu binoning hovlisi va bezatilgan baland peshtoqi
bor. Madrasaning old tomoni ikki qavat qilib qurilgan, kiraverishdagi
miyonxonaning bir tomonida darsxona, ikkinchi tomonida masjid, ikkinchi
qavatida kutubxona bo'lgan.
Madrasaning ustki qismini Ismoil ibn Tohir Isfahoniy qurgan. 1585 yilda bu
bino qayta tiklangan. Keyingi yillarda ham u tez-tez ta'mir qylinib turgan.
Naqshlarning tarkibida yulduzsimon elementlar ko'pchilikni tashkil etadi. Buni
astronom Ulug'bekning kasbi-koriga bog'lash mumkin.
Ulug'bek madrasasi darvoza tavaqalariga «Bilim olish har bir muslim va