Rivojlanishi tarixidan



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/96
Sana09.08.2021
Hajmi1,33 Mb.
#143581
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   96
Bog'liq
urbanizatsiya majmua

Ohangaron  daryosi  —  Sirdaryoning  o'ng  irmog'i.  Mo'g'ullar  kelmasdan 
oldingi  manbalarda  Iloq  daryosi  deb  atalgan.  Daryo  vodiysida  temirchilik 
rivojlangani uchun daryoni Ohangaron, ya'ni «Temirchylar daryosi» deb ataganlar. 


To'ytepa  —  bu  nomning  negizida  to'y  ma'nosi  yotishi  munozara  qilinishi 
mumkin.  Turgan  gapki,  bu  nomning  to'y  (svad’ba),  to'yko'l  so'zlariga  dahli  yo'q 
Dori o't  va kulollar  ishlatadigan sopol  idishlar  yasash  uchun  ishlatadigan  loy  ham 
to'y  deyiladi.  Sopol  yasaydigan  tuproqni  «gil»  deb  izoxlashga  bir  qadar  asos  bor. 
Ammo Mahmud Koshg'ariyning asarida boshqacha izoh beriladi: 
«To'y — askarlarning turar joyi. Xon to'yixon askargohi». SHunga asoslanib, 
To'ytepa  —  «qal'atepa»,  «qo'rg'ontepa»,  «lashkartepa»  ma'nosida  bo'lishi  ham 
ehtimol. 
Toshkent shahrida bir qator qadimgi me'morchilik obidalari mavjud. Bulardan 
biri — Abdulqosim shayx madrasasidir. Bu  madrasa Abdulqosim eshon, Qoraxon 
eshon,  Ma'dixon  qozi  madrasasi  ham  deb  atalgan..  O'rta  Osiyo  me'morchiligi 
asosida XIX asrda o'sha davr an'analari bilan qurilgan tarixiy  yodgorlikdir. O'ziga 
tutashgan  masjid  va  hammom  bilan  birga  qadimgi  Beshyog'och  dahasidagi 
mahalla  guzarini  tashkil  qilgan.  Dastlab  madrasa  bir  qavatli  bo'lgan.  1864  yili 
hovli  qismida  ikkinchi  qavati  qurilgan.  Binoni  bezashda  asosiy  e'tibor  bosh 
fasadga  qaratilgan.  U  chorsi  pishiq  g'ishtdan  ikki  qavatli  qilib,  sharqqa  qaratib 
qurilgan.  Bosh  fasadni  bezash  maqsadida  uning  ikki  yoniga  bir  xil  ravoqlar 
ishlangan.  Bosh  fasadning  o'rta  qismida  madrasa  devori  sirtidan  1,82  m.  bo'rttirib 
chiqarib, balandligi 16 m. li peshtoq ishlangan. Uning ikki yonida guldasta minora 
qad  ko'tarib,  ularning  tepa  qismida  XVI  —  XVII  asrga  xos  mezana  bor. 
Peshtoqning old  va  yon tomonlari to daxana asosigacha  va devorning kungurador 
qismi  chorsi  pishiq  g'ishtdan  tekis  qilib  ishlab  chiqilgan,  uning  yuqori  qismi  esa 
sharafa  hamda  kitoba  bilan  bezatilgan.  Ko'kaldosh  madrasasi  singari  bunda  ham 
darvozadan kiraverishdagi chap tom onda darsxona, o'ngda masjid, to'rida xonaqoh 
«Mo'yi  muborak»  —  deb  ataladi.  Bu  bino  madrasadan  ilgari  1820  yili  qurilgan. 
Darsxona  va  masjid  tomlari  o'zaro  kesishadigan  ravoqlar  ustiga  gumbaz  qilib 
qurilgan.  Hovlining  tarxi  —  chorsi  28X22  m.  Kompleksga  kirgan  masjid 
keyinchalik  buzilib  ketgan.  Madrasa  1983  yili  ta'mir  qilingan.  Uning  binosidan 
qadimgi yodgorliklarni targ'ib qilish uyi sifatida foydalaniladi. 
Anbar bibi maqbarasi 
Bu maqbara Zangiota qabristonida joylashgan bo'lib XIV asr oxiri — XV asr 
boshlarida  qurilgan  noyob  me'morchilik  yodgorligidir.  Rivoyatlarga  qaraganda 
Zangiotaning  xotini  Anbar  bibi  (Qambar  ona)  qabri  ustiga  qurilgan.  Zangiota 
maqbarasining  janubi-g'arbida  joylashgan.  Anbar  bibi  maqbarasi  peshtoq, 
ziyoratxona  hamda  go'rxonadan  iborat.  Ziyoratxona  va  Go'rxonaning  usti  qo'sh 
gumbazli.  Go'rxonaga  oq  marmardan  qabr  toshi  qo'yilgan.  Uning  tevarak  sirtiga 
arabiy  xatlar  va  nafis  girix  naqshlar  o'yilgan.  Maqbara  dastlab  2  xonali  bo'lgan, 
keyinchalik uning oldiga peshtoq qurilib, koshinlar bilan bezatilgan. 
Baroqxon madrasasi (XVI asr) 
Bu  yodgorlik  Zarqaynar  ko'chasida  qurilgan  bo'lib,  bir  necha  imoratlardan 
iborat.  Dastlab  binoning  sharqiy  burchagidagi  mo''jaz  maqbara  (kimga  mansub 
ekanligi  noma'lum)  qurilgan.  SO'ng  1530  yili  shayboniylar  sulolasining 
Toshkentdagi  hokimi  Suyunchxo'jaxon  (1525  yili  vafet  etgan)  maqbarasi  qad 
ko'targan.  Bu  maqbara  hovli  to'ridagi  peshtoqli  xonaqoxdan  iborat.  Qo'shqavat 
gumbazi  bo'lgan.  Tashqi  —  ko'k  gumbaz  (moviy  rang  koshin  bilan  qoplanganligi 
uchun  shunday  atalgan)  1868  yilgi  zilzila  natij  asida  buzilib  ketgan.  Baroqxon 
madrasasi  memorial  kompleksining  3-  bosqichini  XVI  asr  o'rtalarida  Baroqxon 
qurdirgan. 
Jome' masjidi 
Bu  bino  Uyg'ur  ko'chasi  Haqiqat  tor  ko'chasi  22-  uyda  joylashgan.  Bu 
arxitektura  yodgorligi  XV  —  XIX  asrlarda  bunyod  etilgan.  Jome  masjidini  1451 
yilda  Xo'ja  Axror  Vale  qurdirgan.  CHorsuda  shakllashgan  Registon  ansambli 
tarkibiga  kirgan.  Unda  juma  va  hayit  nomozlari,  hutbalar  o'qilgan.  SHarq 


tomonidagi  bezaksiz  darvozadan  kirilgan.  Hovlining  ikki  yoni  bir  qavatli,  old 
tomoni  rovoqsimon  ayvonlardan  iborat,  XVIII  asrda  hovli  atrofidagi  ayvonlar 
buzilib  ketgan,  keyin  hujralarga  aylantirilib,  qayta  tiklangan,  1886  —  88  yillarda 
asosiy bino (xonakoh) ham qayta tiklangan. 
Zangiota kompleksi 
Toshkentdan 16 km janubda XIV asr oxiri va XX asr boshlarigacha qurilgan 
bu noyob kompleks o'z nomi bilan  mashhur. So'fiylik targ'ibotchisi shayx Oyxo'ja 
ibn  Tojxo'ja  sharafiga  shunday  atalgan.  Bu  maqbarani  Amir  Temur  qurdirganligi 
haqida bir qator rivoyat va afsonalar bor. 
XVI  asrning  60-  yillarida  qurilgan  yodgorlikdir.  SHaharning  eng  yirik 
qadimiy  inshootlaridan  biri  bo'lib,  uni  Toshkent  xonlaridan  birining  vaziri 
Ko'kaldosh  qurdirgan.  Madrasa  o'rta  asr  shahristonining  janubiy  chekkasida 
qurilgan.  Hozirgi  ko'cha  o'rni  esa  xandak  bo'lgan.  Binoni  qurishda  an'anaviy 
kompozitsiyaga  rioya  qilingan:  chorsi  hovlisi  keng,  xujralar  va  ochiq  ayvonlar 
bilan  o'ralgan.  Hovlining  P  —  simon  yo'llari  hujra  (darsxona)  larni  masjid  bilan 
ulaydi.  Hujralar  soni  38  ta  bo'lgan.  Madrasa  dastlab  uch  qavatli  bo'lgan.  Bosh 
fasadi  janubga  qaragan.  Darvozadan  kiraverishda  chapda  masjid,  o'ngda 
darsxonalar  joylashgan.  Masjid  va  darsxonalarning  usti  o'zaro  kesishgan  ravoqlar 
ustiga  o'rnatilgan  gumbazlardan  iborat.  Miyonsaroy  (vestibyul’)  etti  gumbazli. 
Me'morlar  madrasani  bezashda  asosan  binoning  old  tomoniga  e'tibor  berishgan. 
Sirkor  parchin  va  girix  naqshlar  bilan  bezatilgan  hashamatli  peshtoqning  ikki 
yoniga ikki qavatli ravoq ishlangan. Ikkinchi qavatdagi hujralar faqat peshtoq ikki 
yonidagina saqlangan. Old tomonining chekka burchaklari baland guldastalar bilan 
tugallangan.  Guldastalar  ustida  minorachalar  bo'lgan.  XVIII  asr  oxirida  madrasa 
qarovsiz  holga  kelib  qolgan  va  karvonsaroy  sifatida  foydalanilgan.  Ko'kaldosh 
madrasasining  1866  va  1886  yilgi  zilzilalardan  zararlangan  peshtog'i  qayta 
tiklangan.  1946  yilgi  zilziladan  ham  qattiq  shikastlangan.  Madrasa  so'nggi  marta 
1930—1960  yillarda  butunlay  qayta  ta'mirlangan.  Minoralarning  balandligi  2- 
qavat  bilan  deyarli  baravarlashtirilgan.  Zamonlar  o'tib  bir  necha  bor  ta'mirlanishi 
natijasida  madrasaning  tashqi  ko'rinishi  o'zgarib  ketgan.  Madrasaning  old 
tomoniga an'anaviy usulda, zinapoya ishlangan. Ko'kaldosh  madrasasi 1991 yildan 
Movarounnahr musulmonlari Diniy idorasi tasarrufida bo'lib ta'mirlash ishlari olib 
borilmoqda. 
SHayx Zayniddin bobo maqbarasi 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish