Rivojlanishi tarixidan


  yili  SHayx  Zayniddinga  atab  solingan  yodgorlik  Arxeologik  tekshirishlarga  ko'ra,  yodgorlik  yonida  joy-lashgan  chillaxona  XII  —  XIII



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/96
Sana09.08.2021
Hajmi1,33 Mb.
#143581
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   96
Bog'liq
urbanizatsiya majmua

1214  yili  SHayx  Zayniddinga  atab  solingan  yodgorlik  Arxeologik 
tekshirishlarga  ko'ra,  yodgorlik  yonida  joy-lashgan  chillaxona  XII  —  XIII 
asrlarga, maqbara o'rnida bo'lgan xonakoh, XIV asrga oid. Maqbara devorlari asosi 
XVI  asrda  qurilgan,  tepasi  va  peshtoqi  XIX  asr  oxiri  va  XX  asr  boshlaridata'mir 
qilingan.  YOdgorlik  peshtoq  —  gumbazli  cho'zinchoq  maqbara  —  xonakohlar 
tipiga  mansub.  CHortoq  xonakohning  to'rt  tomonida  eshiklar  ochilgan.  Tashqi 
gumbaz  baland  asosga  o'rnatilgan.  YOg'och  darvozaga  ustaning  nomi  — 
«Mirshaxob  Abdumo'min o'gli» o'yib  yozilgan. Darvoza tepasidagi deraza o'rnida 
yog'och panjara saqlanib qolgan. XIII — XIV asrlarda maqbara atrofida qabriston 
vujudga kelgan. 
SHayx Xovand Tohur maqbarasi 
Bu  nodir  maqbara  Navoiy  shoh  ko'chasida  joylashgan  me'moriy 
yodgorliklardan  biri.  Maqbara  shayx  Umar  Bog'istoniyning  o'g'li  —  SHayx 
Xovand  Taxurga  atab  solingan.  XV  asrda  yashagan  nufuzli  ruhoniy  Xo'ja  Axror 
SHayx Xovond Tahurning avlodi bo'lgan. Mavjud  yodgorlik XV asrga oid ko'hna 
maqbara  poydevori  ustiga  XVIII  —  XIX  asrlarda  qurilgan;  bunda 
Movarounnahrda  XIV  asr  oxiridan  rivojlangan  ikki  xonali  bo'ylama  maqbara  — 
kompleks  tarxlari  saqlab  qolingan.  G'arbdan  sharqqa  yo'nalgan  o'q  bo'ylab  bino 
yuzasidan  sal  chiqib  turuvchi  kichik  peshtoq,  ziyoratxona,  so'ng  go'rxona 


joylashgan.  Xonalar  gumbazlar  bilan  yopilgan;  go'rxona  gumbazi  qo'shqavat 
bo'lib, 12 qirrali asosga o'rnatilgan; ziyoratxona  me'morchiligi o'ziga xos xonakoh 
bo'lib, sakkiz ravoqdan iborat. Darchalardagi koshinkor panjaralar saqlanib qolgan. 
Maqbara yupqa chorsi pishiq g'ishtdan terilgan. 
Qaldirg'ochbiy maqbarasi 
BO' maqbara XV asrning 1- yarmida qurilgan me'morchilik yodgorligi bo'lib, 
SHayx  Xovandi  Taxur  maqbarasidan  shimolroqda.  Maqbarani  kim  qurganligi  va 
unga  kim  dafn  qilinganligi  noma'lum.  Rivoyatga  ko'ra,  bu  erga  Qaldirg'ochbiy 
ismli  nufuzli  a'yon,  boshqa  bir  rivoyatda  Qaldirg'ochbibi  ismli  kifchoq  malikasi 
dafn  etilgan.  Maqbaraga  janubiy  tomondagi  peshtoqsiz  taxmonsimon  ravoqdan 
kiriladi. Xona chortoq bo'lib, tort tomonidagi taxmonlar orasida kichik hujralar  va 
g'ishtdan  ishlangan  aylanma  zina  joylashgan.  Beshta  ravoq  gajaklari  pastak,  bu 
uslub Toshkent maqbaralariga xos. Maqbara devorlari to'rtburchak pishiq g'ishtdan 
terilgan. Maqbaraning 12 qirrali tashqi gumbazi 1970 yilita'mir qilingan. 
Kaffoli SHoshiy maqbarasi 
Bu  me'moriy  obyda  Zarqaynar  ko'chasida  Hazrati  Imom  (Xastimom)  nomi 
bilan  mashhur  bo'lgan  imom  Abu  Bakir  Muxdmmad  ibn  Ali  ibn  Ismoil  al-Kaffol 
ash-SHoshiyga  atab  qurilgan.  Dastlabki  maqbara  saqlanmagan.  Kaffol  SHoshiy 
maqbarasi  me'mor  G'ulom  Husayn  tomonidan  1541  —  1542  yillarda  qurilgan. 
eshik  tepasidagi  kitoba  va  gumbazning  pastki  qismidagi  yozuvlar  saqlangan. 
Maqbara  tarxi  chortoq  bo'lib,  o'rtadagi  katta  xona  qo'sh  qavat  gumbaz  bilan 
yopilgan.  Maqbara  burchaklarida  ikki  va  uch  qavatli  sakkiz  yoqli  va  to'rtburchak 
hujralar  bor.  Katta  xonaning  uch  tomoni  peshtoqli  Maqbaraning  janubiy 
tomonidan  qadimgi  qabrli  hovliga  chiqiladi.  Maqbaraning  tashqi  tomonlari 
bezaksiz. Maqbara 1960 yilda ta'mirlangan. 
Статья V. Hazrat imom kompleksi 
O'z  davrining  o'qimishli  kishilaridan  biri  bo'lgan  imom,  Abu  Bakr 
Muhdmmad  ibn  Ali  ibn  Ismoil  al-Kaffol  al-SHoshiy  (904  —976)ning  qabri  asos 
qilinib  bunyod  etilgan  obida.  Qabr  va  uning  atrofida  vujudga  kelgan  qabriston 
hamda me'morchilik yodgorliklari kompleksi (Kaykovus bog'i bilan birga) Hazrati 
imom  nomi  bilan  ataladi.  Dastlab,  XVI  asrning  30-  yillarida  ikkita  maqbara 
qurilgan, 
kattasi 
Toshkentning 
shayboniylar 
sulolasidan 
bo'lgan 
Xoni 
Suyunchxo'jaxon  maqbarasi,  deb  taxmin  qilinadi.  XVI  asrning  50-  yillarida  bu 
binolar Barakxon madrasasi me'morchilik yodgorliklari tarkibiga qo'shilgan. O'sha 
davrda Hazrati imom qabri ustida Kaffol SHoshiy maqbarasi buntyod etilgan. XVI 
asr  oxirlarida  uning  qarshisida  «Qo'sh»  uslubida  Kaffol  SHoshiyning'  avlodi, 
Boboxoji  maqbarasi  qurilgan  (bu  bino  1939  yili  buzib  tashlangan).  XVI  asrda 
Xastimom  kompleksida  sayrg'oh  bog'  bo'lgan  (asriy  chynorlar,  qayrag'och  va 
boshqa  daraxtlar,  hovuz  va  ayvonlar  mavjud  edi),  xalq  sayillari  o'tkazilgan.  XIX 
asr  o'rtalarida  Barakxon  madrasasi  ro'parasida  Namozgoh,  (tillashayx),  Mo'yi 
muborak  madrasasi,  Jome  masjidi  (saqlanmagan)  qurilgan.  XX  asr  boshlarida  6 
ustunli 12 gumbazli Tillashayx masjidi qayta qurilgan. Hazrati imom kompleksida 
Movarounnahr musulmonlari idorasi joylashgan. 
SHunday qilib, biz Toshkent shahri va vohasidagi toponimlarni ilmiy asosda, 
tarixiy  hujjatlar,  manbalarga  suyanib,  turli-tuman  nomlarning  bir  guruhininggina 
tarixini  o'rganib  chiqishga  muvaffaq  bo'ldik.  Agar  sizlar  ham  o'z  jonajon 
maktabingiz,  kolxoz,  sovxozingiz,  qishloq  va  rayoningiz  hududidagi  nomlarning 
kelib  chiqishi  bilan  qiziqsangiz  mana  shunday  toponimik  ma'lumotlarga  ega 
bo'lasiz.  Bu  esa  jonajon  o'lka  tarixini  o'rganishda,  uni  sevishda,  olgan  bilimla-
ringizni  chuqurlashtirish  va  rivojlantirishda,  ijodiy  izlanishingizda  sizga  yaqindan 
yordam beradi. 
3. 
Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari toponimikasini o'rganish 



Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish