Rivojlanishi tarixidan


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/96
Sana09.08.2021
Hajmi1,33 Mb.
#143581
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   96
Bog'liq
urbanizatsiya majmua

Foydalanilgan adabiyotlar. 
1. 
Karimov  I.A.  Vatan  sajdagox  kabi  muqaddasdir.  Toshkent  «O'zbekiston 
1996 
 
 
2. 
Arsixovskiy A B.«Arxeololgiya asoslari» Toshkent «O'qituvchi» 1970yil. 
3. 
Nabiev A. «Tarixiy o'lkashunoslik» Toshkent «O'qituvchi» !996 yil. 
4. 
Sa'diev A. «XIX asrda Turkistonda tarix fani» Toshkent 1960 yil 
5. 
G'ulomov YA.G. «O'zbekistonda arxeologiya» Toshkent 1956 yil. 
 
 
 
 
 


2-MAVZU: O‘ZBEKISTONNING TARIXIY GEOGRAFIK O‘RNI VA 
TABIIY IQLIM SHAROITLARI 
REJA: 
1. Oʻzbekistonning geografik joylashuvi. 
2. Aholi va maʼmuriy- xududiy boʻlinishi. 
3. Oʻzbekistonning iqlim-sharoitlari. 
4. Asosiy foydali tabiiy boyliklari. 
 
 
Oʻzbekiston  Turkistonning Markaziy  qismida  joylashgan  uning  hududining 
asosiy qismi Amudaryo bilan Sirdaryo orasida boʻlib, moʻtadil va subtropik iqlim 
mintaqasida  joylashgan.  Oʻzbekistonning  eng  shimoliy  nuqtasi  bilan  eng  baland 
janubiy  nuqtalari orasidagi  masofa 925 km, eng  gʻarbiy  nuqtasi bilan eng sharqiy 
nuqtasi  orasidagi  masofa  esa  1400  km.  Maydoni  jihatidan  Oʻzbekiston  Avstriya, 
Buyuk  Britaniya,  Belgiya,  Daniya,  Shveytsariya  davlatlari  hududini  qoʻshib 
hisoblaganda ham ulardan yiriklik qiladi. 
Oʻzbekiston janubida Tojikston bilan, sharqda Qirgʻizston bilan, shimoliy va 
shimoliy-gʻarbda 
Qozgʻiston  bilan  janubiy  gʻarbda  Turmaniston  bilan 
chegaradosh. Janubda Surxon-Sherobod vodiysida Afgʻoniston bilan chegaradosh. 
Bu  yerda  Afgʻoniston  bilan  Oʻzbekiston  chegarasi  Amudaryo  orqali  oʻtadi. 
Oʻzbekistonning  geografik  oʻrniga  koʻra  juda  qulay.  Chunki,  uning  hududi 
Turkistonning  markazidagi  tabiyiy  sharoiti  qulay  va  tabiiy  boyliklarga  serob 
boʻlgan yerlarni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekistonning koʻp qismi tekisliklardan iborat 
boʻlishi  hamda  serunum  vohalarining  Chirchiq,  Ohangaran,  Fargʻona,  Zarafshon, 
Qashqadaryo, 
Surxandaryo, 
Quyi 
Amudaryoning 
mavjudligi 
jumhuriyat 
iqtisodiyotining  rivojlanishida  qulay  sharoit  yaratib  berdi.  Oʻzbekiston  hududi 
janub-sharqdan  gʻarbga  qarab  choʻzilib,  oʻsha  tomonga  qarab  pasayib  boradi. 
Jumhuriyatimiz yer usti tuzilish jihatidan Tojikiston va Qirgʻizstondan keskin farq 
qiladi. 
Oʻzbekiston hududining koʻp qismi (71%), (78%) dehqonchilik uchun qulay 
vodiylar,  tekisliklar  va  togʻ  oldi  tekisliklaridan  iborat.  Tekislik  yerlarimiz  koʻp 
boʻlishi  va  bu  joylardan  Amudaryo,  Sirdaryo,  Zarafshon,  Chirchiq,  Qashqadaryo, 
Surxandaryo  va  boshqa  daryolarning  oqib  oʻtishi  iqlimning  qulayligi  sugʻorma 
dehqonchilikning  va  ayniqsa  paxtachilikning  juda  qadimdan  rivojlanishiga  imkon 
bergan.  Oʻzbekistonning  tabiiy  sharoiti  xilma-xil  boʻlib,  yozda  ham  qor  va  muz 
bilan qoplangan balandligi 4688 (4643) ga yoruvchi Hazrati Sulton choʻqqisi bilan 
birga  dengiz  sathidan  12  m  past  turuvchi  Ming  buloq  botigʻi  mavjud. 
Oʻzbekistonning tekislik qismi  Turon tekisligining bir qismi boʻlib,  uning  gʻarbiy 
va  shimoliy  gʻarb  chekkasini  Ustyurt  plotosi  egallab  yotadi.  Orol  dengizining 
janubiy sharqiy qismida Qizilqum choʻli boshlangan. Yer yuzining tuzilishi xilma-
xildir.  Bu  yerga  past  togʻlar  Bukontogʻ,  Tomdi  togʻ,  Ovmirza  togʻ,  Kultuq  togʻ, 
Yetimtogʻ,  uning  gʻarbiy  qismida  Sulton  Uvays  togʻi  qumli  va  tekisliklar  orasida 
qad  koʻtarib  turadi.  Tomdi  togʻning  okean  sathidagi  eng  baland  qismi  922  m 
yotadi.  Qoʻshni  respublikalar  Fargʻona  botigʻining  cheka  qismlari  Qirgʻizston  va 
Tojikiston hududida joylashgan. Botiqning shimolida Chotqol sharqda Fargʻona va 


janubda  Oloy  Turkiston  togʻ  tizimlari  joylashgan.  Zarafshon  togʻ  tizmasining 
janubida  Hisor  togʻ  tizmasining  janubiy-gʻarbiy  tarmoqlari  (Yakkabogʻ, 
Surxontogʻ, Kuxitang va boshqalar) uchraydi. 
Oʻzbekiston aholisi koʻp millatliligi bilan ajralib turadi. Uning tarkibini 130 
dan  ortiq  millat  va  elatlar  vakillari  tashkil  etadi.  Aholi  zichligiga  koʻra  2-oʻrinni 
Toshkent  iqtisodiy  nohiyasi  egallaydi,  -  bu  yerda  har  1  km  ga  275  kishi  tugʻri 
keladi.  Aholi  zichligi  koʻp  jihatdan  vohani  qadimdan  xoʻjalik  mintaqalaridan 
boʻlib  kelganligi  va  zich  muhimi,  Oʻrta  Osiyoning  yirik  shahri-Toshkentning  shu 
yerda  joylashganligi  bilan  izohlanadi.  Quyi  Amudaryo  iqtisodiy  nohiyasining 
qadimgi  dehqonchilik  vohalaridan  biri  boʻlgan  Xorazm  viloyati  Oʻzbekistonning 
aholisi  ancha  zid  viloyatlaridan  hisoblanadi.  Unda  aholi  har  1  km  kv  ga  169,5 
kishidan  toʻgʻri  keladi.  Zarafshon,  Surxandaryo  va  Qashqadaryo  mintaqalarida 
aholining oʻrtacha zichligi 1 km.kv ga 60-65 kishini tashkil qildi. Bu mintaqalarda 
keyingi  yillarda  yangi  yerlarni  oʻzlashtirish  va  sanoatni  rivojlantirish  ortib 
bormoqda. Masalan: Qashqadaryoda 1959  -1981 yillar orasida aholi zichligi 1 km 
kv  ga  17,9  kishidan  59,1  kishiga  (3,3  barovar),  Surxandaryoda  esa  20,3  kishidan 
64,2  kishiga  13,2  barobar)  koʻpaydi.  Buxoro  viloyati  va  Qoraqalpogʻiston 
Respublikasi  Oʻzbekiston  aholisi  eng  siyrak  yashaydigan  mintaqalar.  Ularda 
aholining  oʻrtacha  zichligi  1  km  kv  ga  12,0  kishi  va  7,7  kishini  tashkil  qiladi. 
Buning  asosiy  sababi  hududning  kata  qismini  egallab  turgan  Qizilqum  choʻli  va 
Ustyurt  platosining  iqtisodiy  jihatdan  ancha  kam  oʻzlashtirilganligidir.  1960 
yilgacha  Mirzachoʻl  iqtisodiy  nohiyasi  aholi  siyrak  joy  lashgan  mintaqalar 
jumlasiga kirardi. 
Keyingi  yillarda  Sirdaryo  va  Jizzax  viloyatlarini  birlashtirgan  bu  iqtisodiy 
mohiyatdagi  keng  dashtlarning  deyarli  tamoman  oʻzlashtirilganligi  sababli  unda 
aholi zichligi tabora oshib bormoqda. 1991 yil (koʻrsatkichlaridagi) maʼlumotlariga 
koʻra,  bu  iqtisodiy  nohiyada  aholining  oʻrtacha  zichligi  1  km.kv  ga  52  kishidan 
ziyod  toʻgʻri  keladi.  Oʻzbekiston  Respublikasining  maydoni  447,4  kv  km,  xorijiy 
davlatlar  bilan  taqqoslaydigan  boʻlsak,  uning  maydoni  Buyuk  Britaniyadan  2 
barovar,  Shveytsariyadan  11,  Belgiyadan  14,  Armanstondan  15  barobar  katta. 
Oʻzbekistonning  chegarasining  koʻp  qismi  tekislikdan  oʻtganligi sababli  transport 
va iqtisodiy alohalarni rivojlantirish keng imkoniyat beradi. 
Respublikamiz  maydonining  kattaligi  jihatidan  Oʻrta  Osiyo  davlatlari  va 
Qozogʻiston  Respublikasi  orasida  uchinchi  oʻrinda  tursa,  aholi  soni  jihatidan  u 
yuqorida  sanab  utilgan  davlatlar  oʻrtasida  eng  oldingi  oʻrinda  turadi.  Oʻzbekiston 
aholisi  2002  yil  boshida  25,2  millionga  teng  boʻlgan.  Uning  aholisi  Saudiya 
Arabiston  aholisidan  2  barobar,  Shveytsariya  aholisidan  3,  Mugʻilston  aholisidan 
10 baravor koʻp. 
Oʻzbekiston  respublikasi  1924  yilda  sobiq  SSSR  tarixidagi  ittifoqdosh 
respublika tarzida tashkil topgan. 1991  y 31 avgustda esa  mustaqil  respublika deb 
eʻlon  qilingan.  Poytaxti  Toshkent  shahri,  unda  2  mln.  30000  dan  ziyod  aholi 
yashaydi. Oʻzbekiston aholisining asosiy 75% ni oʻzbeklar tashkil qiladi. 
Undan  tashqari  rus,  tatar,  tojik,  qozoq,  qoraqalpoq,  koreys,  yaxudiy,  uygʻur 
va boshqa xalqlar yashaydi(130 dan ortiq millatlar). 
Oʻzbekiston respublikasining maʼmuriy-hududiy boʻlaklari soni: 


1. Viloyatlar-12 ta va bitta Qoraqalpogʻiston respublikasidan iborat. 
2. Tumanlar- 18 ta 
3. Shu jumladan qishloq tumanlari-163 ta 
4. Shahar tumanlari- 18 ta 
5. Shaharlar jami-12 ta 
6. Respublikaga buysunuvchi shaharlar- 1 ta. 
1.  Andijon  viloyati.  Markazi  Andijon  (307,4  ming  kishi  yashaydi). 
Viloyatning tuzilgan vaqti 1941 y, 6  mart, Hududi 4,24 ming kv.km. Aholisi 1993 
yil 2 mln. va 14 tumandan iborat. 
2. Buxoro viloyati. Markazi Buxoro (237,6 ming kishi yashaydi) 1938 y. 15 
yanvarda  tuzildi.  Yer  maydoni  40,32  ming  kv.km.  Aholisi  1315,2  kishi.  11 
tumandan iborat. 
3. Jizzax viloyati. Markazi Jizzax (122,7 ming kishi) 1973 y 29 dekabr. Yer 
maydoni 20,49 ming kv.km. Aholisi 1315,2 kishi. 11 tuman. 
4.  Navoiy  viloyati.  Markazi  Navoiy  shahri.  (112,7  ming  kishi,  1982y  20 
aprel maydoni 110,99 ming kv.km. Aholi 734 ming 8 tuman. 
5. Namangan viloyati. Namangan shahri. (354 ming) 1941 y 6 mart. 
6. Samarqand viloyati. Aholi 2431,3 ming. 16 tuman (363,4 ming). 
7. Sirdaryo viloyati. 626 ming. 9 tuman (53,4 ming) 
8. Surxandaryo viloyati. 1635,8 ming 14 tuman, Termez (106,0). 
9. Toshkent viloyati 2239,8 ming 15 tuman 
10. Fargʻona viloyati 2444,5 ming 15 tuman (182,0) 
11. Xorazm viloyati 1198,4 . 10 tuman (136,9) 
12.  Qashqadaryo.  Qarshi  (190  ming)  1943  y  20  yanvar  er  maydoni  28,57 
ming kv.km. Aholi 1917,9 ming 14 tuman 
1960  y  25  yanvarda  Qashqadaryo  viloyati  tugatilib  hududi  Surxandaryo 
viloyatiga berilgan edi. 1969 y esa 7 fevralda u yana qayta tashkil topti. 
13.  Qoraqalpogʻsiton  respublikasi.  Nukus  shahri.  188,9  ming  suveren 
demokratik  respublika  deb  eʼlon  qilingan  vaqti  1992  yil  9  yanvar.  Yer  maydoni 
166,59  ming  kv.km.  Aholi  1396,7.  15  tuman.  Oʻzbekiston  okean  dengizlardan 
uzoqda Yevro Osiyo  materigining  ichki  qismida joylashganligi  tufayli kontinental 
iqlimga  ega  boʻlib,  osmoni  nihoyatda  ochiq,  seroftob,  uzoq  davom  yetadigan 
jazirama  issiq  va  quruq  yoz  bilan,  shu  geografik  kenglik  uchun  birmuncha  sovuq 
qish  bilan  tavsiflanadi.  Oʻzbekistonda  iqlimning  barcha  unsurlarining  yillik 
oʻzgarishi  orasida  katta  tafovutlar  mavjud  boʻlib,  ular  eng  avvalo  iqlim  hosil 
qiluvchi omillarning xususiyatlariga bogʻliq. 
Oʻzbekiston  iqlimi  uning  geografik  oʻrni  va  u  bilan  bogʻliq  holda  quyosh 
radiatsiyasi, atmosfera sirkulyatsiyasi, relefi, yer yuzasining holati, iqlimga kishilar 
xoʻjaligi faoliyatining (antrop) taʼsiri natijasida tashkil topadi. 
Maʼlumki, Oʻzbekiston choʻl zonasida asosan subtropik kenglikda, okeanlar 
ichkarida  joylashgan.  Bu  esa  uning  iqlimindagi  baʼzi  xususiyatlarni,  chunonchi, 
quyoshning  ifqori  baland  turib  uzoq  vaqt,  eritib  va  isitib  turishini  nom  bulutli 
boʻlishganligini shakllanishida muhim oʻrin tutadi. Oʻzbekistonning togʻli qismida 
quyoshning  nur sochib turishi  davri tekislikka nisbatan 600-700 soat kam boʻladi, 
togʻlarning  2000  metr  balandlik  qismida  quyosh  yiliga  2300-25  soat  nur  sochib 


turadi. 
Buning  asosiy  sabablari  togʻ  yonbagʻri  boʻylab  koʻtarilgan  sari  bulutli 
kunlarning  ortib  borishi  togʻ  yonbagʻrining  quyoshga  nisbatan  holatidir. 
Oʻzbekiston  iqlimining  vujudga  kelishida  atmosfera  sirkulyatsiyasining  (havo 
massalarining  almashib  turishi)  ham  ahamiyati  kattadir.  Jumxuriyat  hududiga  yil 
boʻyi uchta quyidagi asosiy havo massalari tasir etib turadi. 
Arktika  moʻtadil  (qutbiy)  va  tropik.  Oʻzbekiston  hududida  atmosfera 
sirkulyatsiyasining oʻzgarib turish xususiyati haqida yaxshi tasavvurga ega boʻlish 
maqsadida yilding issiq (yoz) va sovuq (qish) fasliga boʻlib tavsif beramiz. Qishda 
Oʻzbekiston  hududi  koʻproq  arktika  va  moʻtadil  (qutbiy)  havo  massalari  tasirida 
boʻlib,  ular  shimoliy  gʻarbdan,  shimoldan  kirib  keladi.  Maʼlumki,  Turkiston, 
jumladan  Oʻzbekiston  qishda  Sibir  antisiklonidan  vujudga  kelgan  yuqori  bosim 
barometrik  oʻqdan  yani  shimoli  sharqdan  Oʻzbekiston  hududiga  havo  massalari 
kirib  keladi.  Baʼzi,  issiq  tropik  havo  massasi  Eron-Afgʻoniston  tomonidan  kirib 
keladi.  Natijada  Turkistonning  janubiy  qismida  moʻtadil  mintaqa  sovuq  havosini 
Eron  va  Afgʻonistondan  kirib  kelgan  iliq  toropik  havosidan  ajjratib  turuvchi  qutb 
fronti  vujudga  keladi.    Yilning  issiq  faslida  Oʻzbekistonda  havo  sirkulyatsiyasi 
qish faslidan keskin farqlanadi. Chunki may oyidan boshlab Turon tekisligi havosi 
tezda  qizib  ketishi  oqibatida  past  bosimli  markaz-termin  repressiyasi  vujudga 
keladi.  Oʻta  qizib  mahalliy  kontinental  Turon  tropik  havosi  shakllanadigan  va  bu 
davrda Oʻzbekistonda-harorat koʻtarilib, Termizda 50 gradusga yetishi kuzatilgan. 
Bunday ob-havo (termin depressiyali kunlar) yoz davrining 15% ni tashkil qiladi. 
Oʻzbekiston  iqlimiga  yana  uning  yer  usti  holati,  yani  qor  qoplash,  tuproqli 
oʻsimliklari  ham  tavsif  etadi.  Chunki,  qor  qoplashning  quyosh  radiatsiyasini 
qaytarish  qobiliyati  juda  kata  boʻldi.  Oʻzbekiston  havosining  nomligi  va  bulutligi 
eng  avvalo  havo  massalariga  xususiyati  hamda  almashinib  turishiga  havoning 
haroratiga,  yer  usti  holatiga  va  yogʻin  bilan  bugʻlanishining  nisbatiga  bogʻliq. 
Havoning  nisbiy  namligi  yil  boʻyi  oʻzgarib,  yozda  kamayib,  qishda  esa 
haroratining 
pastligi, 
yogʻingarchilikning 
ortishi 
tufayli 
koʻpayadi. 
Jumxuriyatimizda  qishda  havoning  nisbiy  namligi  tekislik  qismida  shimoldan 
janubga qarab 70-80% atrofida oʻzgarsa, togʻlarda balandlashgan sari kamayib 55-
59% va undan pastga tushishi mumkin. Toshkentda 79%, Termizda 79% ni tashkil 
etsa, mutloq balandligi 1438  metr boʻlgan. Chimyonda 59%  ga  mutloq balandligi 
1545  m  boʻlgan  Shaharlarda  55%  ga  tushib  qoladi.    Oʻzbekistonda  yorugʻlik  va 
issiqlik  yetarli  boʻlsa,  aksincha,  yogʻin  miqdori  juda  kam  holda  hudud  boʻyicha 
nihoyatda  notekis  taqsimlangan.  Eng  kam  yogʻin  tushadigan  joylar  quyi 
Amudaryo, Qizilqumning gʻarbi va Fargʻona vodiysining gʻarb qismi hisoblanadi. 
Oʻzbekistonning  togʻoldi  va  togʻlari  tomon  yillik  yogʻin  miqdori  ortib  boradi. 
Chunki, 
yuqoriga 
koʻtarilgan 
sari 
haroratning 
pasayishi 
oqibatida 
kondensatsiyalanish  jaryoni  sodir  boʻlib,  yogʻin  vujudga  keladi.  Buning  ustiga 
yogʻinlarni  asosan  gʻarbiy  havo  massalarining  olib  kelganligi  tufayli  jumxuriyat 
togʻlarining  gʻarbiy,  janubiy-gʻarbiy  yonbagʻirlariga  yogʻin  shimoliy  va  sharqiy 
yonbagʻirlarga  nisbatan  koʻp  tushadi.  Havo  bosimi  va  shimolning  Oʻzbekiston 
hududi  uning  yer  usti  tuzilishiga,  quyoshning  isitishiga  bogʻliq  holda  hudud  va 
fasllar  boʻyicha  bir  xil  joylashgan  emas.  Oʻzbekiston  hududiga  yozda  iyul  oyida 


havo  bosimining  oʻzgarishi  uning  janubiy-sharqdan  shimoliy  gʻarbiga  qarab 
oʻzgarib  ortib  boradi.  Agar  Surxon  Sherobod  vodiysida  1001  mb  boʻlsa,  Qarshi 
yoʻlida 1003 Mb, Quyi zarafshon  va  Fargʻona  vodiysida 1004 Mb, Qizilqumning 
markazida 1006 mb, Shimoli-gʻarbda esa 1008 Mb ni tashkil etadi. Oʻzbekistonda 
shimoldan  janubga  borgan  sari  harorat  koʻtarilib,  fasllarni  boshlanish  muddati 
oʻzgarib boradi, oradagi tafovut 20-25 kungacha etadi. 
Shu sababli mahalliy iqlimshunoslar Oʻzbekistonni iqlimini 2 issiq va sovuq 
davrga  boʻladi.  Oʻrtacha  sutkalik  harorati  50  dan  oshgan  kunlar  issiq  davrga 
akchinsa 50 dan pasaygan kunlar sovuq davrga kiritiladi. Iqlim resurslariga issiqlik 
resursi geliorusurs, shamol energiyasi va davolanishdagi ahamiyati kiradi. 
Oʻzbekiston  xoʻjaligi,  xususan  qishloq  xoʻjaligi  uchun  zarur  boʻlgan  eng 
muhim omillaridan biri bu issiqlik resursidir. Chunki qishloq xoʻjalik ekinlarining 
pishib  etilishi,  mevalarning  shirin  boʻlishi  uchun  malum  darajada  issiqlik  talab 
etiladi. Bu jihatdan qaraganda Oʻzbekiston juda qulay issiqlikning resursiga ega. 
Oʻzbekistonga  yoʻl  yaylovlarini  suv  bilan  taminlashda  kichik  maydonlarni 
sugʻorishda  shamol  energiyasi  asosida  ishlovchi  nasoslar  erdamida  yer  osti 
suvlaridan foydalanishi  mumkin. Oʻzbekiston hududida foydali qazilmalarning bir 
qancha turlari borligi aniqlandi. Eqilgi energetik boyliklari. Bu  foydali  qozilmalar 
guruhiga  neft,  gaz  va  koʻmir  kiradi.  Neft  va  gaz  ionlari  Fargʻona  botigʻida  Suh, 
Alamushuk,  Povontosh,  Chimyon,  Shoʻrsu  va  boshqa  joylashgan,  Oʻzbekiston 
hududida Mendeleyev davriy sistemasidagi deyarli barcha elementlar mavjud. Mis, 
kumush,  oltin,  qurgʻoshin,  Rux,  volfram,  tabiiy  gaz  va  boshqa  ayrim  yer  osti 
boyliklari  zaxiralari  boʻyicha  respublika  jahonda  oldingi  oʻrinlardan  birini 
egallaydi. 
Xisof  tizmasining  jonubiy  gʻarbiy  tarmoqlaridagi  Odamtosh,  Gumbulti, 
Pachkamar,  Qizil  bayroq  Omon  ota  kabi  konlari  topilgan.  Neft  Sherobod  Surxon 
botigʻidagi  palegon  ohak  toshlari  qatlamlarida  havodog,  Uchqizil,  Koʻkayti  va 
boshqa  joylarda  olinmoqda.  Gazning  juda  katta  zakirasi  Buxoroda  Gazlida 
Qashqadaryoda  topilgan.  Oʻzbekistonda  koʻmirning  4  koni  bor.  Oxangaron, 
Shorgʻun,  Boysun,  Quqitosh  kabi  konlari  maʼlum.  Angren  koʻmir  koni- 
Oʻzbekistondagi  zaxirasi  boy  boʻlgan  konlardan  hisoblanadi.  Rudali  foydali 
qazilmalar,  Oʻzbekiston  hududida  qora-metallar  (temir,  titan,  morganets,  xrom). 
Nodir  metallar  (volfrom,  molibdan,  qolay)  vismut,  simob,  Surma  va  boshqalar 
topilgan.  Kimyoviy  xom  ashyolardan  Oʻzbekiston  hududida  osh  va  kaliy  tuzlari 
mavjud.  Respublika  hududida  Boybichakan,  Koʻjankon,  Tyubegatong,  Oqtosh, 
Loymimkon  va  boshqalar  bor.  Bulardan  tashqari  respublikamiz  hududida  koʻplab 
foydali  qazilmalarai  topib  aniqlangan.  Mana  shundan  koʻrinib  turibdiki 
respublikamiz foydali qazilmalarga boy ekanligi. 
Respublika  oltin  zaxirasi  asosan  Novaiy,  Toshkent,  Samarqand,  Jizzax  va 
Namangan  viloyatlari  kiradi.  Bundan  boshqa  ayrim  hududlarida  Olmaliqda  mis 
konlari ishga tushiriIgan.  
 
 



Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish