Rivojlanishi tarixidan


-MAVZU: ARXEOLOGIK VA ME’MORIY YODGORLIKLARNING



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/96
Sana09.08.2021
Hajmi1,33 Mb.
#143581
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   96
Bog'liq
urbanizatsiya majmua

3-MAVZU: ARXEOLOGIK VA ME’MORIY YODGORLIKLARNING 
O‘LKASHUNOSLIKDA TUTGAN  O‘RNI 
REJA: 
1. Oʻzbekistonda arxeologiyaning rivojlanishi  
I.I. Ibtidoiy jamoa davri 
I.II. Quldorlik jamiyati 
I.III Feodalizm davri 
2. Arxeologik materiallarini toʻplash  
 
1.  «Arxeologiya»  soʻzi  yunon  tilidan  olingan  boʻlib,  «arxayos»-qadimgi, 
«logos»- fan, yaʼni qadimgi fan manosini bildiradi. Arxeologiya oʻlkashunoslik va 
tarix  fanlarning  asosiy  manbalaridan  biridir.  Biz  bilamizki  uzoq  tarixiy 
traqqiyotning  eng  keyingi  5-6  ming  yillik  yillaridan  boshlabgina  yozma  asarlar 
boʻlib, avval esa yozma tarix boʻlmagan. Yozuv paydo boʻlganda ham avval ishlab 
chiqarish,  xalq  mashaqitini  toʻla-toʻkis  bera  olmagan.  Arxeologiya  esa  qadimgi 
shahar va qishloqlarni qazib koʻrish orqali roʻzgʻor asboblari, eʼtiqod yodgorliklari 
albatta  topilgan,  ular  oʻsha  davr  turmushini  aniq  yaratadi.  Bundan  yodgorlik 
buyumlarini  tekshiruvchi  fan  arxeologiya  boʻlib,  u  tarixchilikning  muhim  bir 
tarmogʻini tashkil etadi. 
Oʻrta  Osiyoda  tarixchilik  uzoq  davrni  oʻz  ichiga  oladi.  Narshaxiyning 
«Buxoro  tarixi»,  Balaminning  «Tarix  tabari  tarjimosi»  hozir  ham  foydalaniladi. 
Lekin, arxeologiya juda yosh  fandir. Rossiyada  u  fan XVIII asrlarning oʻrtalarida 
poyda  boʻlib,  XIX  asrda  taraqqiy  qildi.  Rus  sharqshunoslari  N.I.Veselovskiy, 
V.V.Grigorev, LKallaur, V.V.Bartold, V.L.Vyatkin oʻzbek arxeologlaridan Akram 
Palvon  Asqarov  va  boshqalar  arxeologik  yodgorliklarni  toʻplab,  tarixshunoslik 
nuqtai nazaridan oʻrganish ishida tashabbuschi boʻldilar. Hozir Toshkentdagi tarix 
muzeyi,  sanat  muzeyi,  tibbiyot  muzeylaridagi  boy  arxeologik  kolleksiyalarning 
katta qismi XIX asrda yigʻilganlar. 
Samarqandda  istiqomat  qiluvchi  V.L.Vyatkin  qadimgi  yer  vositalarini 
oʻrganish  asosida  Mirzo  Ulugʻbek  rasadxonaning  oʻrnini  aniqladi.  1908-1909 
yillari  rasadxonaning  sakkizdan  bir  qismi  topildi.  Chor  Rossiya  davrida 
Oʻzbekistonda,  Oʻrta  Osiyoda  ibtidoiy  jamoa  davri,  boʻlganilagiga  shubha  bilan 
qaralgan  edi.  Ikkinchidan  Oʻrta  Osiyoga  aholi  Eron  va  Shimoliy  Hindiston 
tomonidan  koʻchib  kelgan  deb  taxmin  qilinar  edi.  Quldorlik  davri  ham  goʻyo 
boʻlmagan eng qadimgi zamonlardan tortib, soʻnggi Buxoro amirlari zamonigacha 
Oʻrta  Osiyo  xalqlarining  hayotida  oʻzgarish  boʻlmagan  deb  oʻqtirar  edi.  Lekin 
Oʻzbekiston  tarixini  davrlashtirish  masalasida  Moskva,  Leningrad,  Sankt-
Peterburg  va  Oʻzbekiston  arxeologlari  A.Yu.Yakubovskiy,  V.G.Grigorev, 
S.P.Tolstov, M.E.Masson, Ya.Gʻ.Gʻulomov va boshqalar ish olib bordilar. 
1923-1933 yillari Namangan viloyatining Uchqurgʻon tumani Norin daryosi 
boʻyida  elektrostantsiya  qurish  tayorgarligi  munosabati  bilan  Sankt-Peterburg 
arxeologiyasidan B.A.Latinin Fargʻona vodiysining shimoliy rayonlarida: 1934 yil 
Sankt-Peterburg  arxeolog  G.V.Grigorev  Yangiyoʻl  tumanida  oʻsha  yili  prof. 
A.Yu.Yakubovskiy  boshliq  Sankt-Peterburg  va  Oʻzbekiston  arxeologlaridan 
Buxoro  viloyatining sharqiy qismida, M.S.Masson boshliq arxeologlar Oxangaron 


vodiysida jiddiy arxeologik qidiruv oʻtkazdi. 
1936-1937 yillarda Termiz shahrida qozish ishlari olib bordi  va S.P.Tolstov 
boshchiligida Xorazmda, V.A.Shishkin boshchiligida  Buxoro  viloyatining  gʻarbiy 
qismida  Yangi  tekshirish  boshlandi.  Bu  ekspeditsiyalar  1939-40  yaillarda 
Oʻzbekistonda  sugʻorish  sohasida  xalq  qurilishlari  boshlanishi  munosabati  bilan 
arxeologiya kuzatishlari oʻtkazildi. 
2.  Ibtidoiy  jamoa  davri  odamlar  urugʻ,  aymoq  va  oila  Odam  toshdan  qurol 
yasab,  uni  takomillashtirib,  oʻzlari  ham  rivojlanib  borganlar.  Ishlab  chiqarish 
jihatidan  bu  davo  paleolit  (qadimgi  tosh)  davri  deb  atagan.  U  qurollar  taraqqiyoti 
bosqichi  jihatidan  shell,  ashel  va  muste  deb  boʻlinishdi.  Bu  vaqtlari  yashagan 
pitekontrop  Yava  orolida  topilgan.  (Maymun  odam),  sinantrop  (xitoy  odami), 
geydelberg  neandertal  tipidagi  odamlar  tuzilishi  jihatidan  odam  bilan  maymun 
oʻrtasidagi holatda boʻlganlar. 
1955  yil  kuzda  Toshkentdan  15  km.  Gʻarbda  Shoin  koʻprik  degan  joyda 
Qoraqamish  boʻyida  qadimgi  qatlamdan  ashel,  muste  tosh  qurollari  topildi. 
Fargʻona,  Qayroqqum  400-500  ming  avvalgi  odamlardan  darak  beradi.  Musteda 
suyakdan asbob yasagan bu vaqtda urugʻ  tartibiga koʻcha boshladi. 
1938  yillar  Surxandaryo  Teshiktoshdan  Okladnikov  neandertal  8-9  yosh 
bola  bosh  suyagini  topdi.  U  100-120  yil  avval  yashagan.  1946  yili  Samarqand 
viloyati  Urgut  tumanidagi  Omonqutoʻn  gʻorida  tosh  qurollar  topildi.  1954  yil 
Qayraqqum  choʻlida  muste  esdalik  topildi.  Navoiy  shahridagi  Uchtut  qishlogʻi 
yaqinidagi  Voush  togʻi  janubida,  lofayrom  soy,  Palman  qishlogʻi,  Xujokair 
soyining  oʻng  sohilida  topildi,  ibtidoiy  odamlar  unda  yashagan.  A.P.Okladnikov 
Davlat  mukofoti  laureyati  unvonini  oldi.  Bular  Oʻrta  Osiyo  neandertal  bosqich 
oʻtganlarini isbotladi.  
a)  Olovdan  foydalanish  kengayib  atrofdagi  aholi  bilan  maʼlum  darajada  bir 
guruh  kishilar  oʻrtasida  qon-qorindoshlik  munosabati  boshlandi.  Urugʻ  tepasida 
ona  turdi.  Bola  ona  urugʻligining  bolasi  hisoblandi.  40  ming  yil  avval  soʻnggi 
paleolit  boshlanadi.  Kromonyon  hozirgi  koʻrinishdagi  odamlar  paydo  boʻlgan. 
Uning  esdaliklari  Shoimkoʻpirik,  Boysun  togʻidagi  Machay  gʻori,  «Amir  Temur» 
gʻorida  topilgan.  Samarqand  makoni  yaxshi  oʻrganildi.  U  1939  yili  Samarqand 
Davlat  universiteti  D.N.Lev  boshchiligida  ekspeditsiya  olib  borildi.  Unda 
odamlarning  2  pastki  jogʻi  topildi.  Toshkentdagi  Boʻzsuv  1,  Boʻzsuv  II  makoni 
Oxangaron  tumanidagi  Koʻlbuloqdan  ham  soʻnggi  paleolit  esdaliklari  topildi. 
Mezolit  oʻrta  tosh  davri.  Oʻq  yoy  oʻylab  topildi,  hayvonlar  qoʻlga  oʻrgatiladi. 
Surxandaryo viloyati Zarautsoydan toshga qizil kesak boʻyoq bilan solingan surʼat 
topildi.  Unda  chodir  yopilib,  oʻziga  dum  bogʻlagan  oʻq-yoy  koʻtargan  ovchilar 
yovvoyi  hayvonlar  bilan  tasvirlangan.  Unda  hayvonni  unutmaslik  uchun  ishlagan 
boʻlishi  mumkin deydi arxeolog  Artsixovskiy  A.V. Arxeologiya asoslari  (T.1970. 
272 bet). Machay  gʻorida  mezolit qatlam  40 sm.  Fargʻonada Obishir, Toshkentda 
Qoʻshilish degan joydan mezolit esdaliklar topildi. 
b)  Neolit  davriga  oʻtish  asosan  toshni  silliqlash  va  teshish  usullarini  rasm 
qilishdan  boshlaydi.  Sopol  idishlar  1  marta  yasaladi.  Bu  davrning  yirik  esdaligi 
Qoraqalpogʻistondagi  Kaltaminor  chaylasidir  uni  1937  yilda  S.P.Tolstov  ochdi. 
Milloddan avval 300-400 yil ilgari solingan Yonbosh qalʼada 1940 yili qazish ishi 


olib  borildi.  Unda  100-120  odamlik  katta  chayla  qurgʻonligi  S.P.  Tolstov 
tomonidan  aniqlandi.  Qumni  oʻyib  ishlagan  20  dan  ortiq  oʻchoq  boʻlgan.  Asosiy 
kasblari baliqchilik va ovchilik boʻlgan.  
v)  Turkmanstonda  Kopet-togʻ  etaklaridagi  soylar  yoqasida  Anov,  Kaxxa, 
Chacha,  Namozgoh  kabi  tepalar  metall  yangi  tarqalgan  zamonda  paydo  boʻlgan 
eng qadimgi oʻtroq dehqon aholi yashagan qishloqlar xarobasidan iboratdir. Bu xil 
hali  oʻrnashmagan  dehqon  va  chorvadorlar  madaniyati  1-marta  Xorazmda  oʻsha 
Kaltaminor  chaylasi  yaqinlarida  aniqlangani  uchun,  Tozabogʻyob  madaniyati  deb 
atalgan.  Zarafshon  daryosi  qurib  qolgan  bir  tarmogʻi  bilan  Moxandaryoda 
akademik  Ya.Gʻ.Gʻulomov  1950  yili  tekshirdi.  Qorakoʻl  shaharchasidan  15  km 
shimoli  gʻarbda  Zamonbobo  koʻli  boʻyida  oʻsha  davr  qabristoni  topildi.  Ushbu 
hududdan  41  ta  mozor  ochildi.  Ota  urugʻi  boshlangan  va  er  oʻlsa  xotinni  oʻldirib 
qoʻshib  koʻmilgan.  Jez  qurol  jez  oynalar  topildi.  Boʻyoqli  sopollar  uchradi. 
Namangan  viloyati  Chust  shaharchasi  yonida  «Buvona  mozor»  degan  joyda 
shundav  qishloq  topilgan  boʻlib,  bu  madaniyat  egalari  oʻtroq  dehqonchilik  bilan 
shugʻullanishgan.  Shunday  yana  qishloq  Andijon  vilovati  Oyim  tumanidagi 
Dalvarzin  tepasida  ham  topilgan.  Qishloqlar  devorlar  bilan  oʻralgan,  paxsa  yoki 
xom gʻishtdan qurilgan uylarda yashagan. Masalan, Chust qishlogʻi 1,5 metrgacha 
keladigan  tashqi  devor  qoldiqalari  qazib  ochildi.  Dalvarzintepada  200  metr 
masofada eni 4,6  metr sharqiy qismida  hatto 80  metr  masofada eni 4  metrlik tosh 
yoʻl qazib ochildi. Dalvarzindan 900 ga yaqin tosh oʻroq, jez oʻroqlar dehqonchilik 
rivojlanganini  koʻrsatadi.  Metall  buyumlar  paydo  boʻlishi  bilan  ota  urugʻi 
kuchaydi, bola urugʻiga oʻtdi. Dehqonchilik bronza davrida vujudga kelgan. Oʻsha 
davrda  toshqin suvlarni  maʼlum  tartibga  solib  ularni kanal  holatiga  keltirilganligi 
maʼlum boʻldi. 
II. Miloddan avval I  minginchi  yillarda temirni olovda eritish  yoʻlini  topib, 
ishlata  boshlagan.  Arxeologlarning  aniqlashicha  Qoraqum  ichlarida  2500-2600 
yillar  ilgari  kata  qalalar  bino  qilingan.  2100  yil  burun  kelib  ketgan  Xitoy  sayyoxi 
Chjan  Syanning  maʼlumotlariga  koʻra  «Dovon»  deb  yuritilgan  Fargʻonada  70  ga 
yaqin katta va kichik qalʼalar. 300-000 ga yaqin aholi boʻlib, beda uzum etishtirib 
yilqichilik yaxshi rivojlangan. 
Oʻrta  Osiyoda  quldorlik  davrlarning  yuqori  tarqqiyoti  Parfiya,  Gretsiya, 
Baqtiya  hamda  Kushon  kabi  mahalliy  imperiyalar  zamoniga  toʻgʻri  keladi. 
Zaroastrizm  dini  Eronda  emas  Oʻrta  Osiyoda  boʻlganini  arxeologlar  isbotladi. 
Ya.G.Gulomov  1936  vili  Xorazmda  Mangʻit  tumanidagi  Qubbotogʻ  ustida 
zardushtiylar  qabrini  qazigan.  60  metrlik  tor  bino  xarobasida  odam  suyaklari 
chiqdi. 
Bino-naus 
deb 
ataladi. 
Suyaklar 
Ossuriylarda 
saqlangan. 
Qoraqalpogʻistondagi  yonboshqalʼadan  olovga  topinadigan  ibodotxona  topildi. 
/Otashkada/  Zardusht  dini  vatani  va  «Avesto»  kitobi  maydonga  kelgan  joy  Oʻrta 
Osiyo ekanligi isbotlandi. 
1933 
yil 
Termiz  tumanida 
Ayritom 
degan  jovda 
Budda  dini 
ibodatxonasining  xarobasi  topildi.  Budda  haykalining  topilishi  Kushonlar  davrida 
Hindiston bilan oʻzaro munosabatlar kuchaytirilganini isbotlaydi. Buddizm Davlat 
dini darajasiga koʻtarildi. 
III.  Sugʻorish  maydonining  kuchayishi  suvni  bland  yerlarga  koʻtaradigan 


charxpalaklarning suv tegirmonlarning kashf qilinishi paxta ekinlarining tarqalishi 
va  hokazalar.  Yangi  feodal  munosabatlariga  olib  keldi.  III  asrda  asosan  hayot 
aloqida  vohalarga  qishloqlarga  kuchaydi.  Yer  zadogonlari  bilan  «dehqonlar» 
qullardan drujina «chokarlar» qilib qishloq aholisini oʻziga ishlatadi.  Lekin siljish 
rivojlanishlar  boʻlgan.  Masalan,  Xorazmda,  Tuproq  qalʼani  /IV  asr/  qazishda 
«podsholar  zali»  deb  atalgan  zal  topildi.  Prof.S.P.Tolstov  «Bu  zalda  Xorazmda 
Afrigʻiy  xonodoniga  mansub  podsholarning  haykali  ota-bobolar  ruhiga  sigʻinishi 
tariqasida aks ettirilgan»-deb baholaydi. Bu saroydan Xorazm shohlarining yozma 
hisob-kitob  arxivi  topilgan.  Qadimgi  Xorazm  yozuvi  taxtaga  charmga  yozilgan. 
1934  vili  Samarqand  yaqinidagi  Mugʻtepadan  Panjikent  hokimi  Divashtichning 
VIII  asrdagi  arxivi  topilgan  edi.  Sugʻdcha  va  arabcha  xatlar  asosida  sugʻd 
yozuvlarining xususiyatlari aniqlandi. 
Surxondaryo  vilovati  «Bolalik  tepa»da  zal  devorlari  odamsuratlari  bilan 
bezatilgan  ibodatxona  topildi.  U  V  asr  oxirlariga  doir.  1937-1956  yillari 
Buxorodan  40  km  «gʻarbdagi  Varaxsha  shahri  xarobalari  tekshirildi.  Unda  VII-
VIII  asrlarda  Buxoro  hukmdarlari  solgan  Rachfandun  saroylarning  xorobasi 
topildi.  Unda  3  zal  va  1  ayvon  ochilgan.  Zalning  birida  oq  fil  minggan  kishilar, 
filga hujum qiluvchi yiritqich afsonoviy hayvonlar, 2 zalda Rum qoʻshinlari qanotli 
tuya ustiga oltin taxt qoʻyilgan va boshqa devorda tasvirlar bor. Bular ilk feodalizm 
vaqtida  tasviriy  sanʼat  rivojlanishini  koʻrsatadi.  Ulugʻbek  rasadxonasi  1  marta 
1908  yili  topilsa,  yer  ostidagi  sekstant  qismi  kovlangan  edi.  Lekin  yer  ustidagi 
binosi  qanday  boʻlgani  nomalum  edi.  1948  yili  V.A.Shishkin  uni  aniqladi.  3 
qavatli  bino  Arxitektor  Nilson  rasadxonasining  tashqi  koʻrinishini  taxminiy 
ravishda  tiklab  koʻrsatadi.  Demak  Oʻrta  Osiyo  xalqlari  tarixi  paleolit,  mezolit, 
neolit,  eneolit,  bronza,  temir  davrlarini  oʻtganliklarini  arxeologiya  topilmalari 
dalillaydi. 
2.  Oʻlkashunoslikni  oʻrganish  uchun  oʻqituvchi  oʻlka  va  oʻlkashunoslik 
nima,  uni  qaysi  ilmiy  va  ommaviy  adabiyotlardan  oʻquv  oʻrganish  mumkin oʻlka 
muzey ekspozitsiyalarida, arxiv hujjatlarida oʻz oʻlkasiga oid qanday  maʼlumotlar 
bor  va  nihoyat,  oʻlkashunoslikning  birnchi  manbai  boʻlgan  arxeologiya  haqida 
batafsil  maʼlumotga  ega  boʻlishi  lozim.  Oʻquvchilarning  arxeologiyaga  oid  ilmiy 
safarlar  tarkibida  ishtirok  etishi  juda  katta  taʼlim-tarbiyaviy  ahamiyatga  egadir. 
Talaba  va  oʻquvchilarni arxeologiyaga  oid  ishlarga  jalb  qilishdan  avval  ularni  bu 
ishga  puxta  tayyorlash  zarur.  Qanday  yodgorliklar  arxeologiyaga  oid  yodgorlik 
sanaladi,  arxeologiyaga  oid  yodgorliklarni  qidirish  turlari  va  uslublari  nimalardan 
iborat  kabi  savollarga  javob  beradi,  mutaxassis-arxeologlar  bilan  uchrashuv 
oʻtkaziladi,  arxeologiya  haqida  oʻqigan  adabiyotlar  tahlil  qilinadi,  muzey 
ekspozitsiyalari  namoyish  qilingan  materiallar  bilan  adabiyotda  aks  ettirilgan 
arxeologiyaga oid materiallar taqqoslanadi. Oʻquvchilar tomonidan oʻrganiladigan 
obʼekt  qaytadan  koʻrsatiladi  va  yoʻnalishlari  chiziladi.  Natijada  talaba  va 
oʻquvchilar  arxeologiyaga  oid  yodgorliklarni  oʻrganishdan  asosiy  maqsadlari  va 
vazifalari  nimalardan  iborat  ekanligini  bilib  oladilar.  Tadqiqot  ishlarini  qayerdan 
boshlash 
va  qanday  oʻrganishni 
esa  oʻlkashunoslik  toʻgaraklaridagi 
mashgʻulotlarda muxokama qiladilar. 
Toʻgarak mashgʻulotlarida: 


1. Tarixiy moddiy yodgorliklarning jami va geografik sharoiti; 
2.  Yodgorliklarning  nomi  va  turlari,  qoʻrgʻon,  shaharga,  makon  va  boshqalar.              
3.   Yodgorliklarning umumiy tarifi uning hajmi saqlanish holati va boshqalar;  
4.  Yodgorliklarni  kvadratlarga  boʻlib,  oʻsha  joylardan  yaʼni  yer  ustidan  topilgan 
topilmalarni daftarga batafsil qayd qilish va tosh qurollar, sopol siniqlari rasmlarni 
daftarga tushirish ishlari muhokama qilinadi. 
Bulardan tashqari yana: 
 A)  mahalliy  aholi  shu  yodgorlik  haqida  nimalardan  bilishi,  bu  haqida 
afsonalar borligini aniqlang, boʻlsa soʻzlab berishlari iltimos qilinadi va ular yozib, 
olinadi.  
B)  agar  yodgorlik  oʻsha  mahalliy  xalqlarning  avlod-ajdodlariga  tegishli 
boʻlsa,  u  holda  biror  madaniy  qatlami  qolganmi,  uning  chuqurligi  eni  va  boʻyi, 
qidirish jaryonida topilgan topilmalar yon daftarga yozib boriladi. 
V) topilgan maʼlumotlarning davri aniqlanadi.  
G)  topilmalar  yangimi,  yoki  oldingi  topilmalarni  toʻldirish  uchun  xizmat 
qilishini  aniqlash  (bu  yodgorlik  arxeologiyaga  oid  kartaning  qaysi  nuqtada 
joylashgan).  Agar  yangi  boʻlsa,  viloyat  muzeyi  yoki  tarixiy  obidalarni  saqlash  va 
muhofaza qilish qoʻmitasiga xabar qilish vazifalari ham yuklatiladi. 
Arxeologiyaga 
oid 
yodgorliklar 
haqidagi 
adabiyotlardan, 
muzey 
ekspozitsiyalaridan  oʻrganilgan  maʼlumotlarni  boshqa  manbalar  bilan  yani 
toponimik  yozma  manbalar,  arxiv  hujjatlari  bilan  solishtirish  yangi  arxeologiyaga 
oid  yodgorliklarni  qidirib  topishga  imkon  berish.  Oʻrganish  manbai  qilib  olingan 
rayonning,  ovul,  qishloq,  shaharchalarning  toponimikasi  oʻrganilib  ularning 
maʼnolarini  yangilatuvchi  lugʻat  tuzilsa,  keyin  u  nomlar  arxeologiyaga  oid 
kartalarga  tushirilsa  oʻsha  joy  tarixini  oʻrganish  juda  qulay  boʻladi.  Bu  lugʻat 
«Oʻzbekiston  xalqlari  tarixi»dagi  madaniyatga  tegishli  mavzulardagi  qishloq, 
shaharlarga  qoʻshimcha  qilib,  oʻz  oʻlkasidagi  joy  nomlari  keltirilsa,  maqsadga 
muvofiq boʻladi. Arxeologiyaga oid yangi yodgorliklarni qidirib topishda qadimgi 
aholi  yashagan  shahar  va  qishloqlar  haqidagi  yirik  asarlar  ham  qimmatli  manba 
boʻla oladi. 
Yerning  ustidami,  yoki  ostidami  birgina  arxeologiyaga  oid  topilmalarning 
topilishi  oʻsha  yer  yoki  unga  yaqin  boʻlgan  biror  joyda  yodgorlik  borligini 
bildiradi.  Yoʻq  boʻlib  ketgan  hayvonlar  turlarining  saqlanib  qolgan  suyaklarning 
topilishi  shu  hayvonlar  gavdaning  tuzilishini  oʻrganish  uchun  naqadar  ahamiyatli 
boʻlsa,  mehnat  vositalarining  qoldiqlari  ham  yoʻq  oʻlib  ketgan  ijtimoiy-iqtisodiy 
maʼlumotlari oʻrganish shu qadar ahamiyatlidir.  
Oʻqituvchi  rahbarligida  oʻtkazilgan  turli  xildagi  ilmiy  safar  va  ekskursiya 
hamda  sayoxatlar  natijasida  topilgan  arxeologiyaga  oid  topilmalar  maktabga 
qoʻyilgach  umumlashtiriladi,  oʻlkashunoslik  toʻgaragida  oʻrganiladi,  uning 
materiallaridan  maktabda  koʻrgazmalar  takshil  qilinadi  va  maktab  oʻlkashunoslik 
muzeyi  fondiga  ekspozitsiya  sifatida  oʻtkaziladi.  Oʻquv  jarayonida  esa  unumli 
daliliy maʼlumotlar sifatida foydalaniladi. 
 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish