Rivojlanishi tarixidan



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/96
Sana09.08.2021
Hajmi1,33 Mb.
#143581
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   96
Bog'liq
urbanizatsiya majmua

Usha 
vaqtda 
nashr 
qilingan 
«Turkiston 
viloyatining 
gazeti», 
«Turkestanskie vedomosti» va boshqa gazeta sahifalaridagi mahalliy tarchxchi va 
havaskorlar  tomonidpn  yozilgan  yodnomalar,  yodgorliklar  haqidagi  kichik-kichik 
xabarlar va maqolalar, arxeologik kollektsiyalar rus sharqshunoslarining mahalliy 
tarixchilikka  samarali  ta'sir  ko'rsatganligini  va  erli  xalq  orasida  ham  tarixga 
qiziqish  avj  olganligini  ko'rsatadi.  Rus  sharqshunosligi  bu  tuyg'u  va  intilishlarni 
qizg'in  qarshi  olib,  qo'llab-quvvatlaganligi  Turkiston  tarixchiligining  rivojlanishi 
uchun yangi sahifa ochib berdi. 
Sattorxon  Abdug'afforov  ham  rus  sharqshunosligining  bevosita  ta'siri  ostida 


tarixchilar  qatoridan  o'rin  olgan.  U  1876  yili  Peterburgda  chaqirilgan  III  xalqaro 
sharqshunoslar  s'ezdiga  A.  Kun,  Jo'rabek,  toshkentlik  Muhammadqulov,  Abdulla 
Niyozov  va  Buxorolik  Musajon  Saidjonovlar  bilan  birga  Turkiston  vakili  bo'lib 
qatnashadi.  U  Turkistonga  ruslarning  kelishi  bilan  o'lkaga  rus  fani  ham  kirib 
kelganligini  ta'kidlab,  bu  orqali  Turkiston  dunyo  fanidan  yanada  ko'proq 
bahramand  bo'lishiga  ishonch  bildirdi.  O'  o'zining  bu  nutqi  bilan  s'ezd 
qatnashchilarining  diqqatiga  sazovor  bo'ldi.  Rus  tilini  qunt  bilan  o'rgangan 
Sattorxon rus tilida  «Rossiyaning  istilosiga qadar Qo'qon  xonligining  ichki ahvoli 
haqida  qisqacha  ocherk»  nomli  asarini  yozib,  «Turkestanskie  vedomosti» 
gazetasining  1892  yil  26,  36-  sonida  va  1893  yil  61-  sonida  bostirdi.  Asarda 
Qo'qon xonligining ma'muriy bo'linishi, boshqaruv idoralari, shahar va qishloqdagi 
amaldorlar,  ularning  huquqlari,  hokim  va  beklarning  mehnatkash  xalqqa  nisbatan 
tutgan  siyosati,  gunohkorlarga  beriladigan  jazolar,  qo'shinning  tuzilishi, 
shuningdek,  sinfiy  kurashlar,  ya'ni  Xo'jand  va  o'ratepada  xonlikka  qarshi 
ko'tarilgan  qo'zg'olonlar,  Toshkent  hokimi  Mirzaahmadga  qarshi  xalq  qo'zg'oloni 
va uning qo'zg'olonchilar talabiga rozi bo'lishi, Qo'qon xonligining chor Rossiyasi 
tarafidan  bosib  olinishi  kabi  masalalar  yoritilgan.  Mahalliy  o'zbek  tarixchisining 
rus tilida shunday bir tarixiy asar bilan maydonga chiqishi rus sharqshunosligining 
bevosita  katta  ta'sirini  ko'rsatadi.  Bu  asar  rus  sharqshunosligi  uchun  ham  katta 
axamiyatga ega edi. 
Rus sharqshunoslari, jumladan, N. I. Veselovskiy rahbarligida Akrom polvon 
Asqarov  kabi  xavaskor  tarixchi  va  arxeologlar  etishib  chiqdi.  Akrom  Asqarov 
Toshkentning  Rossiya  tomonidan  bosib  olinganiga  qadar  Qo'qon  qo'shinida 
nog'orachi  edi.  Toshkent  bosib  olingach,  u  1870  yillarda  Toshkentda  tashkil 
qilingan  ko'rgazmalarda  faol  qatnashdi.  SHarqshunoslar  ta'sirida  Turkistondagi 
yodgorliklarga qiziqib qoladi. O'zining havaskorligi va qizyquvchanligi bilan bora-
bora  Turkistondagi  fan  ahliga  tanila  boshlaydi.  Akrom  Asqarov  1884  yilda 
arxeologiyaga oid qazish ishlari o'tkazish maqsadida Turkistonga kelgan professor 
N.  I.  Veselovskiyga  yoqib  qoladi,  yordam  chi  sifatida  u  bilan  birga  Buxoroda, 
Farg'ona vodiysida va boshqa joylarda o'tkazilgan arxeologiyaga oid tadqiqotlarda 
qatnashadi,  tez  fursatda  arxeologiya  bilimini  o'zlashtirib  oladi.  SHuning  uchun 
xdm  u  N.  I.  Veselovskiyning  «tez  fursatda  arxeologiyaga  oid  ishlarni  o'zlashtirib 
oldi»  degan  yuksak  bahosiga  sazovor  bo'lib  arxeologiya  sohasida  mahdlliy  xalq 
orasidan  etishib  chiqqan  birdan-bir  fan  arbobi  amaliyotchi  bilimdon  sifatida 
tanildi.  Akrom  Asqarov  N.  I.  Veselovskiydan  Turkistondagi  arxeologiyaga  oid 
yodgorliklarning  qaysi  biri  muhim  va  qaysi  biri  ustida  ish  olib  borish  zarurligini 
so'raganda, u unga ma'lum ko'rsatmalar berib turdi. N. I. Veselovskiy Turkistondan 
ketgandan keyin Akrom Asqarov bir necha yil mustaqil ravishda arxeologiyaga oid 
tadqiqot ishlari olib bordi. Uning faoliyati xdqida mahalliy va markaziy matbuotda 
hech  narsa  yozilmagan  bo'lsa-da,  ammo  uning  to'plagan  boy  va  qimmatli 
arxeologiyaga  oid  ashyolar  to'plami  o'sha  yillar  davomida  nihoyatda  samarali  va 
keng  ko'lamda  ish  olib  borilganidan  dalolat  beradi.  Akrom  Asqarov  1891  yilda 
vafot  etgach,  uning  boy  arxeologiyaga  oid  ashyolar  to'plami  juda  ehdiyotlik  bilan 
Peterburgga olib ketilib, hozir ham Davlat ermitajida saqlanmoqda. 
«Turksstanskie  vedomosti»  gazetasining  1892  yil  31-  sonida  bosilgan 
professor  evarnitskiyning  «Akrom  Asqarovning  arxeologiyaga  oid  ashyolar 
to'plami»  nomli  maqolasida  berilgan  ma'lumotga  ko'ra,  ashyolar  to'plamida  17 
dona oltin pul, 1370 dona kumush pul, 13 274 dona mis pul, neolit davriga oid tosh 
bolg'a,  jezdan  yasalgan  sulug',  jez  oyna,  jez  iskana,  jez  ketmonlar  (motiga),  turli 
joylarda  to'plangan  sopoldan  yasalgan  odam  hdykallari,  bir  bo'lak  nefrit,  isirg'a, 
krest  (but),  baldoq,  tumor,  mis,  sopol  idish  va  shunga  o'xshash  garixiy  buyumlar 
bo'lgan.  Akrom  Asqarovning  fan  uchun  qimmatli  bo'lgan  bu  ashyolar  to'plamiga 
professor  N.  I.  Veselovskiy  ham  katta  baho  bergan  edi.  Rossiya  arxeologiya 


jamiyati  1887  yilda  uning  arxeologiya  sohasidagi  xizmatlarini  taqdirlab,  uni 
kumush  medal’  bilan  mukofotladi.  O'zi  to'plagan  tarixiy  buyumlarning  tarixning 
qaysi  davriga  oid  ekanligini  idrok  qila  olmagan  bo'lsa-  da,  oddiy  bir  o'zbekning 
«o'sha vaqtda tarixiy nodir buyumlarning fan uchun katta ahamiyatga ega ekanini 
tushungani  holda,  fan  uchun  to  umrining  oxirigacha  tinmay  xizmat  qilishi  rus 
sharqshunosligi  faoliyatining  samarasi  bo'lib,  bu  rus  sharqshunosligi  uchun  ham, 
mahalliy tarixchilik uchun ham yangilik va foydali ish edi. 
O'rta  Osiyo,  shu  jumladan  Qo'qon  xonligi,  Namangan  va  Toshkentda 
yashagan,  o'zbek  xalqining  tarixi,  tilini  va  urf-odatlarini  o'rganishda  Vladimir 
Petrovich Nalivkinning (1852— 1918) ham qo'shgan hissasi kattadir. 
Uning  ilmiy  faoliyati  O'rta  Osiyo  xalqlari  tarixi,  tilini  va  etnografiyasini 
o'rganishdan  boshlandi.  U  rafiqasi  M.  V.  Nalivkina  bilan  xdmkorlikda  «Farg'ona 
mahalliy  aholisi  ayollarining  turmushi  haqida  ocherk»  degan  kitob  yozdi.  V.  P. 
Nalivkin  rus  olimlari  ichida  birinchi  bo'lib,  mahalliy  tillarni  urganib,  mahalliy 
tarixchilar  qo'lyozma  asarlarini  o'rgangan  va  shular  asosida  «Qo'qon  xonligining 
qisqacha tarixi»  va  «Ruscha-sartcha  va sartcha-ruscha  lug'at»  hamda  «Intihob  ut-
tavorix  mamlakati  Rusiya»  («Rossiyaning  qisqacha  tarixi»)  kitoblarini  va  40  dan 
ortiq  ilmiy  agarlar,  maqolalar  yozgan.  Mahalliy  xalq  tilini  juda  mukammal 
bilganligi  sababli  uni  erli  xalqlar  Jahongir  to'ra  deb  ataganlar,  u  ham  bir  necha 
asarini Jahongir to'ra nomi bilan chop etgan. 
Uning  1885  yilda  Jahongir  to'ra  nomi  bilan  yozilgan'  «Intihob  ut-tavorix 
mamlakati  Rusiya»  nomli  asari  buning  yorqin  dalilidir.  Muallifning  «Bu  faqir... 
zaboni nochor va suxoni ojiz birlan tavorix kitoblari tahriridagi voqealarni intihob 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish