ko'rgazmalari tashkil qildi, qishл.oq xo'jalik xodimlarini s'ezdlarini uyushtirdi.
(1900 yilda Toshkentda qishloq xo'jalik muzeyi ochildi, kontrol urug'chilik
stantsiyasi va boshqa yordamchi muassasalar tashkil etdi.
O'lkada hammasi bo'lib 15 ga yaqin ilmiy jamiyat ish olib bordi (faol ish olib
borib, fanda iz qoldirgan ilmiy jamiyatlar nazarda tutiladi). Ular geologiya,
geografiya, zoologiya, botanika, iqtisodiyot (qishloq xo'jaligi, sanoat), tarih
sharqshunoslik, arxeologiya, etnografiya, antropologiya, ilmiy tibbiyot va shu kabi
bilim tarmoqlari va yordamchi ilmiy fanlar sohasida tadqiqot ishlarini olib
borganlar.
Mustamlaka Turkiston sharoitida ilmiy jamiyatlarning faoliyati mahalliy aholi
o'rtasiga yoyilmadi. Ilmiy tibbiyot jamiyatlari bundan bir qadar mustasnodir.
O'lkada Farg'ona tibbiyot jamiyati (1892—1910 yillar), Turkiston shifokorlar
jamiyati,(1899 — 1909 yillar), Turkiston tibbiyot jamiyati (1900—1908 yillar),
Turkiston o'lka tibbiyot, tabiatshunoslar va shifokorlar jamiyati (1913 — 1922
yillar) ish olib bordi.)Bu jamiyatlar maxsus tibbiyot kutubxonalari barpo etdi,
shifokorlik ishlarini tashkil etish va yaxshilash masalasini, kishilarning sog'lig'i va
hayotiga zararli bo'lgan o'rta asrchilik qoldiqlariga qarshi kurash olib borish
masalalarini o'rtaga qo'yib, ularni muhokama qildi.
Toshkentda, Andijonda va o'lkaning boshqa shaharlarida (garchi mablag'
yo'qligidan juda oz miqdorda bo'lsada) yangi tibbiyot markazlari, erkak va ayollar
uchun ambulatoriyalar, kasalxonalar ochilganligi, ularda tekinga yoki juda arzon
narx
bilan
mahalliy
aholiga
tibbiyot
xizmati
ko'rsatilganligi
tibbiyot
jamiyatlarining xizmatidir. SHu tibbiy muassasalar o'n minglarcha betoblarga
xizmat ko'rsatdi, bularning ko'pchiligi umrida birinchi marta jur'at etib malakali
tibbiy yordam so'rab murojaat qilgan edi. Ilmiy jamiyatlar huzurida faol
o'lkashunoslar, mahalliy muxbirlar paydo bo'ldi. Masalan, o'tgan asrning 80-90-
yillaridayoq Turkistonda ko'proq rus tadqiqotchilari, kollektsiyachilari va ilmiy
jamiyatlarning ta'siri ostida osori atiqa xavaskorlari, qadimgi yodgorliklarni
to'playdigan xavaskorlar etishib chiqdi. Bular orasida samarqandlik Mirzo
Buxoriy, Mirzo Abdulalarning nomi alohida ajralib turadi. Mirzo Buxoriy juda
ko'p arxeologik-numizmatik kollektsiyalar to'plagan bo'lib, bularning bir qismi
ermitaj kollektsiyalariga kirgan. Ajoyib san'atkor-xattot Mirzo Barot Mullo
Qosimov Samarqand va uning atroflaridagi ko'pdan-Ko'p qadimgi zamon
yodgorliklari suratini chizgan. Ulug'bek madrasasining g'oyat aniq eskizini
tayyorlagan edi.
A.L.Kunning Iskandarko'l ilmiy safarida qatnashgan Mirzo Abdullo
Abdurahmon fanga qadimgi toshlarga va qabr toshlariga yozilgan xatlar qayd
qilingan ajoyib kundalik daftar qoldirib ketgan.
Buxoroda qadimgi gilamlar, qo'lyozmalar, nodir sopol idishlar to'plagan
Muxdmmad Vafo tez orada mashhur bo'lib ketdi. Havaskor geograflardan
Olimxo'ja YUnusov, Mirza Hakim va boshqalar Rus geografiya jamiyati Turkiston
bo'limining xodimlari bo'lib ishlashardi (Bular haqida batafsilroq ma'lumot keyingi
bandlarda beriladi).
Turkiston o'lkasida tug'ilib o'sgan kishilardan ancha-munchalari foydali
qazilmalar topish va ularni tavsiflash, qadimgi zamon yodgorliklarini qidirib topish
va shu kabi ishlarda qatnashdilar.
XX asr boshlarida ham Turkistondagi ilmiy jamiyatlar o'z faoliyatini davom
ettirdi. Rus geografiya jamiyatining Turkiston bo'limi o'lkani tabiiy-tarixiy jihatdan
o'rganish, uning o'simlik va hayvonot dunyosini, iqlimini tadqiq etish borasida
kattagina ishlar qildi. Jamiyat bo'limi tomonidan, olib borilgan ishlar orasida
L.S.Bergning (1876—1950) tadqiqotlari katta o'rin tutadi. U 1899—1903 yillar
ichida O'rta Osiyoning eng katta suv havzalari — Orol dengizi bilan Balxash
ko'lini tadqiq qilib chiqdi. 1908 yilda L. S. Bergning «Orol dengizi» degan
monografiyasi bosildi. Unda bu katta ko'lni xdr taraflama o'rganish natijalari bayon
qilingan va ulardan xulosalar chiqarilgan. L.S.Berg asarida suv rejimi o'zgarishi va
dengiz sathi o'zgarib turishi munosabati bilan Amudaryo va Orolbo'yi sohillariga
aholi joylashtirilishiga oid boy tarixiy ma'lumsuglar berilgan.
Jamiyat bo'limi Turkiston muzliklarini o'rganish sohasida katta ishlar olib
bordi. G.B.Leonov Talas Olatovi muzliklarini, N.L.Korjenevskiy Seldara va
qorasel muzliklarini tadqiq qildi (bulardan birinchisiga Fedchenko nomi,
ikkinchisiga Mushketov nomi berilgan), V. G. Gorodetskiy Zailiy Olatov
muzliklarini tadqiq qildi.
V.F.Oshanin o'lka hayvonot dunyosini tadqiq qylishni davom ettirdi; N. A.
Zarudniy Turkiston parrandalarini o'rgandi; B. A. Fedchenko va uning onasi O. A.
Fedchenko o'lkaning o'simlik dunyosini tadqiq qildi. Bu ishlar natijasida jamiyat
bo'limining asarlarida o'simlik va hayvonot dunyosining 80 xil yangi urug', tur va
kichik turlarini ta'riflovchi ma'lumotlar e'don qilindi.)
A.
A. Fedchenkoning 1915 yilda e'lon qilingan «Turkiston o'simliklari»
degan asarida O'rta Osiyoda ma'lum bo'lgan 5030 dan ko'proq o'simlik xillari
ko'rsatib o'tilgan.
Turkistonda bo'lgan zilzilalarni B. YA. Korolenko, G. B. Leonov va
boshqalar o'rgangan. (SHarqshunoslik jamiyati Toshkent bo'limining faoliyati
(1901 — 1913) ham diqqatga sazovordir. Bu bo'lim tashabbusi bilan o'lkada tub
joy aholining rus tilini o'rganishi uchun bepul kechki kurslar tashkil qilingan. Bu
kurslarda hunarmand-kosiblar va shahar aholisining quyi tabaqasidan bo'lgan
boshqa kishilar o'qigan)
1906
yilda jamiyat bo'limi S
l
M. Solov’yovning «Boshlang'ich o'qish
uchun rus solnomasi»ni nashr qildi, buni o'zbek tiliga N. S. Likoshin tarjima
qilgandi. Bu asar 2700 nusxada bo'lib, rus-tuzem maktablariga bepul tarqatildi.
Bunda, albatta, umumiy ta'lim maqsadigina emas, shu bilan birga, siyosiy
maqsadlar ham ko'zda tutilgan edi. Toshkentda sharqshunoslik o'quv yurti ochish
yo'lida qilingan xdrakatlardan natija chiqmadi.
1907
yilda bibliograf I. V. Dmitrovskiy rahbarligi ostida «Turkiston
to'plami»ni tuzish ishlari yangidan boshlandi. 1917 yilga qadar to'plam jildlarining
soni 394 ga etkazilgan edi (hozir to'plam Alisher Navoiy nomli O'zbekiston Davlat
xalq kutubxonasida saqlanadi
1
). YUqorida ko'rsatib o'tilganidek, bu to'plam juda
hdm qimmatli va nodir yodgorlik hisoblanadi.
Unda 1952 yilda Mosqvadagi Davlat xalq kutubxonasida «Turkiston
to'plami»ning yana 29 jildi topildi.
O'rta Osiyo va unga qo'shni bo'lgan SHarq mamlakatlarining tarixi,
arxeologiyasi, etnografiyasi, adabiyoti, iqtisodiyoti, madaniyat tarixi va boshqa
masalalariga oid keng ma'lumotlar bor.
O'rta Osiyo tarixi va arxeologiyasi XX asr boshidan chuqurroq tekshirila
boshlandi. Bunda birinchi va rahbarlik o'rnida, shubhasiz, g'oyat bilimdon olim,
mashhur sharqshunos akademik V. V. Bartol’d (1869-1930) turgan edi. U sharq
tillarini yaxshi bilganidan xamisha uning ilmiy faoliyati markazida turgan.
O'rta Osiyo tarixinigina emas, shu bilan birga, butun «musulmonlar SHarqi»
tarixiga ham oid juda ko'p birinchi manbalarni puxta o'rganish imkoniyatiga ega
bo'ldi.
Uning «Turkiston Mo'g'ullar xuruji davrida»"(1898 — 1900 yillar) singari
asarlari puxta to'plangan, tadqiq qilingan, asl nusxali ma'lumotlarga boyligi
jihatidan O'rta Osiyoning o'tmishini o'rganishda fanga qo'shilgan g'oyat katta
hissadir. V. V. Bartol’dning «Ulug'bek va uning zamoni», «Turkistonning
sug'orish tarixiga doir» nomli asarlari va boshqa ko'p kitob, maqola, tadqiqot va
mulohazalari g'oyat qimmatli va o'z axamiyatini yo'qotmagan asarlardir. V. V.
Bartol’dda katta tashkilotchilik qobiliyati ham bor edi. Darhaqiqat, O'rta
Osiyoning tarixi va arxeologiyasini o'rganish sohasidagi biron kattaroq tadbir V.
V. Bartol’d ishtirokisiz bo'lmagan.
Polkovnik A. G. Serebrennikov to'plagan O'rta Osiyoni zabt etish tarixiga oid
70 ta kattakatta jilddan iborat ma'lumotlar O'rta Osiyoning 1839 yildan 1876
yilgacha o'tgan davr tarixini o'rganishda malum darajada qiziqarli manbadir. Bular
Peterburg, Moskva, Orenburg, Tiflis va Omsk arxiv ma'lumotlari asosida tanlab
olingan. Bulardan faqat 14 jildi nashr qilingan, xolos.
Mahalliy arxeologlardan V. L. Vyatkinning (1869 — 1932) ishlari diqqatga
sazovordir. Bu olim 1908 yilda Samarqanddagi mashhur Ulug'bek rasadxonasining
qoldiqlarini ochdi, Samarqand yodgorliklarini o'rganish va saqlash bilan
shug'ullandi, qadimgi Afrosiyob qo'rg'oni va uning atroflarini tadqiq qildi.
V V. Bartol’d o'zining 1894 yilda bosilib chiqqan «Turkistonda arxeologik
tadqiqotlar masalasiga doir» kitobida o'lkani jiddiy ravishda o'rganish hali
oldimizda turibdi, bu ishda bosh rolni mahalliy ilmiy kuchlar o'ynamog'i lozim,
degan edi. Uning taklifi bilan 1895 yili oktyabr’ oyida Turkiston arxeologiya
xavaskorlari to'garagi va uning nizomi tasdiqlandi. Nizomda jumladan shunday
deyilgan edi:
1.
Turkiston o'lkasidagi qadimgi yodgorliklarni o'rganish;
a)
ularni ta'riflab, o'lkaning arxeologik xaritasida aks ettirish;
b)
arxeologik yodgorliklarni saqlash;
v) hudud egalarining ruxsaty bilan undagi arxeologik yodgorliklarni qazish;
g) arxeologik materiallarni nashrga tayyorlash.
2.
To'garak faxriy va xdqiqiy a'zolardan hamda hamkor (xodim)lardan
tuziladi.
3.
To'garakning hdqiqiy va hamkorlik a'zoligiga mahalliy arxeologiya
masalalari bilan qiziquvchi, unga a'zolik badallarini to'lab turuvchi har bir kishy
saylana oladi. Saylanuvchilarning unvoniga, kelib chiqishiga, millatiga va jinsiga
qaralmaydi.
4.
Haqiqiy a'zolar o'z ichidan bir yil muddatga boshqarma saylaydi.
Boshqarma rais, kotib va xazinachidan iborat bo'ladi.
5.
Boshqarma to'garakdagi ishlarni olib boradi, qaysi yodgorlikni
qazish, tadqiq qilish kerakligini aniqlaydi, mahalliy idoralar va Rossiya
arxeologiya komissiyasi bilan aloqa ishlarini olib boradi va hokazo.
6.
To'garakning umumiy majlislariga har bir qiziquvchi kishi qatnasha
oladi.
7.
To'garakning bo'limlarini boshqa shaharlarda ham ochish mumkin.
8.
To'garak mablag'i xdqiqiy a'zolar, hamkorlar to'laydigan badallardan
hamda arxeologiya havaskorlari tomonidan beriladigan hadyalardan tashkil topadi.
To'garakka Turkiston general-gubernatori baron B. A. Vrevskiy faxriy rais
qilib saylangandi. To'garakning 108 a'zosi bo'lib, bular ichida V. V. Bartol’d, D.
M. Levshin, N. S. Likoshin, K. V. Aristov, V. F. Oshanin va boshqa mashhur
kishilar hdm bor edi. To'garakda ilg'or kayfiyatdagi rus ziyolilarining ta'siri kuchli
edi. Ular O'rta Osiyo tarixi va qadimgi yodgorliklarga hurmat bilan qarab, jiddiy
ilmiy-tekshirish ishlarini jonlantirib yuborgan edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |