O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/180
Sana08.08.2021
Hajmi1,21 Mb.
#142594
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   180
Bog'liq
etnologiya asoslari

 
3-asosiy savol: 
Xo‘jaligi va ijtimoiy tashkilotlar. 
 
3-asosiy savolning bayoni: 
An‘anaviy  xo‘jalik  turlari  neolit  davridayoq  shakllana  boshlab  XIX    asrga  kelganda  3  ta 
xo‘jalik  madaniy  tiplari:  O‘troq  dexqonchilik  (tojiklar,  o‘zbeklar,  turkmanlar  va  qisman 
qoraqalpoq va qirg
‘izlar). Ko‘chmanchi chorvachilik-qozoq, qirg‘izlar va qisman turkmanlar 
va  o‘zbeklar.  Yarim  o‘troq  aralash  dexqonchilik-chorvachilik  shakllangan.  Qoraqalpoq, 
qisman o‘zbeklar, turkman, qozoq va qirg‘izlar ushbu kompleks xo‘jalikni olib borishgan. 
Neolit  d
avrida  shakllangan  dexqonchilik  qadimdan  sun‘iy  sug‘orishga  asoslangan  edi. 
Uning  eng  shimoliy  xududlarga  tarqalishi  uchun  minglab  yillar  kerak  bo‘lgan.  Sun‘iy 
sug‘orish  inshoatlari  qurilishi,  ularni  tartibda  saqlab  turish  nixoyat  katta  mehnat  talab 
qilgan. 


- 63 - 
 
Ko‘chmanchi chorvachilik bilan cho‘l-dasht zonalarida yashovchi aholi miloddan avvalgi II-I 
ming  yillikning  chegarasida  shug‘ullana  boshlagan.  O‘ning  3  ta  turi:  «meridional», 
«vertikal» va «statsionar» o‘troq turlari rivojlangan. 
O‘rta Osiyoning tog‘li xududlarida yaylov chorvachiligi yaxshi rivojlangan. 
O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlari xo‘jaligining ajralmas qismlaridan biri xunarmandchilik 
va  turli  kasb 
—korlar  xam  bo‘lgan.  Xususan  ko‘chmanchi  chorvadorlar  xo‘jalikda  zarur 
jundan, teridan qilinadigan 
ashyolarni o‘zlari tayyorlashadi. 
Turli  xo‘jalik  faoliyati  bilan  mashg‘ul  axoli  qadimdan  iqtisodiy  —  savdo  munosabatlarida 
bo‘lib, bu voqelik axoli turmushining barcha soxalarida o‘z ta‘sirini qoddirgan. 
Ijtimoiy tashkilotlar. 
Xo‘jalikning  turli  xilda  bo‘lishi  O‘rta  Osiyo  va  Qozog‘iston  xalqlarining  ijtimoiy 
munosabatlariga  xam  o‘z  ta‘sirini  ko‘rsatib  uning  xilma-xil  bo‘lishini  ta‘minlaydi.  Xususan 
o‘troq dehqonchilik axolisi miloddan avvalgi III ming yillikda (jez davrida) vujudga kelgan. 
Toifaviy  munosabatlar  shakllanib  miloddan  avvalgi  1  ming  yillikda  dastlabki  davlatlar 
shakillangan.  Ko‘chmanchi  chorvadorlarning  doimiy  yurishlari  va  xududga  kelib 
joylashuvlari  natijasida  o‘ziga  xos  ijtimoiy  munosabatlar  vujudga  keladi.  Natijada  toifaviy 
jamiyatning  shak
llanishi  xam  xududning  turli  qismida  turlicha  davrda  bo‘lgan.  Umuman 
tadqiqotchilar  voxalar  aholisi  ijtimoiy  munosabatlarini  patriarxal-feodal  tip  sifatida 
ko‘rsatishadi.  O‘z  navbatida  ko‘chmanchilar  jamiyatidagi  tabaqalanish  xam  kuchayib, 
minglab  chorva  molli  boylar  bilan  bir  qatorda  20-
30  bosh  molli  axoli  ko‘pchilikni  tashkil 
qilgan.  Jamoada  kambag‘al,  batrak,  cho‘ponlar,  xizmatchilar  guruxi  xam  shakllangan. 
Qozoqlardagi «oqsuyak» xon, sultonlar yoki «qorasuyak», qolgan axoli ushbu jarayonning 
yakuni deyi
sh mumkin. Qirg‘izlarda oliy toifa manak, turkmanlarda -ig deb atalgan. 
Chorvadorlar xayotiga katta ta‘sir qiladigan narsalardan biri ―udumdlar‖ tartibi bo‘lib, mulkiy 
tabaqalanish  davrida  vujudga  kelgan  udumlardan  kambag‘allarni  (xatto  qarindoshlari 
bo‘lsa xam) o‘z foydalariga ishlatish uchun foydalanilgan. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish